• Ammo sayyoramizda organizmlar
  • “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/106
    Sana20.02.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #159199
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106
    Bog'liq
    11-savol-javob 093806

    “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi 
    13 
    tashkil etadi? 
    Fotoperiodizm deb nimaga aytiladi? 
    Fotoperiodizm - kun uzunligining mavsumiy o‘zgarishlariga nisbatan 
    tirik organizmlarning javob reaksiyalari hisoblanadi. Fotoperiodizm 
    yorug‘likning intensivligiga emas, balki sutkaning yorug‘ va qorong‘i 
    vaqtlarining almashinish davriyligiga bog‘liq. Fotoperiodizm tirik 
    organizmlardagi morfologik, fiziologik, biokimyoviy jarayonlarning 
    kun uzunligiga bog‘liq ravishda ritmik o‘zgarishlaridir. 
    Kun uzunligiga nisbatan javob 
    reaksiyasiga ko‘ra o‘simliklar qanday 
    ekologik guruhlarga ajratiladi? 
    1. Uzun kun o‘simliklar
    2. Qisqa kun o‘simliklar 
    3. Neytral o‘simliklar 
    Uzun kun o‘simliklariga xos 
    belgilarni ayting. 
    Mo‘tadil iqlimli mintaqalarning o‘simliklari bo‘lib, yilning uzun kunli 
    (13 soat va undan uzoq) davrlarida – yoz oylarida gullaydi. Agar kun 
    qisqa bo‘lsa va yorug‘lik yetishmasa, bu o‘simliklar o‘sishda davom 
    etadi, lekin gullamaydi. O‘simliklarning aynan shu xususiyati ularni 
    ekish vaqtini belgilaydi. 
    Uzun kun o’simliklariga misollar 
    ayting. 
    Kartoshka, sabzi, piyoz, karam, rediska, sholg‘om 
    Qisqa kun o‘simliklariga xos 
    belgilarni ayting. 
    Tropik va subtropik mintaqalarda o‘sadi. Ular qisqa kun (12 soatdan 
    kam) sharoitida, bahor va kuz oylarida gullaydi, rivojlanadi. 
    Qisqa kun o‘simliklariga misollar 
    ayting. 
    Qalampir, baqlajon, pomidor, bodring, g‘o‘za, qulupnay, xrizantema, 
    kartoshkagul, shoyigul 
    Neytral o‘simliklariga xos belgilarni 
    ayting. 
    Gullashi kun uzunligiga bog‘liq emas 
    Neytral o‘simliklariga misollar 
    ayting. 
    No‘xat, qoqio‘t 
    Biologik soatlar organizmdagi qanday 
    jarayonlarga ta’sir ko’rsatadi? 
    Biologik soatlar organizmlardagi mavsumiy o‘zgarishlarni va boshqa 
    biologik jarayonlarni boshqaruvchi mexanizm bo‘lib, organizmlarning 
    nafaqat sutkalik bioritmlarni, hatto hujayra darajasidagi jarayonlarni, 
    masalan, hujayralarning bo‘linishini ham boshqaradi. 
    Harorat tirik organizmlardagi qanday 
    jarayonlarga ta’sir ko’rsatuvchi 
    ekologik omil? 
    Hayvon va o‘simliklar hayotida moddalar almashinuvi, biokimyoviy 
    va fiziologik jarayonlarning sodir bo‘lishi va tezligiga ta’sir qiladi. 
    Tirik organizmlarning Yer shari bo‘ylab tarqalishida, ularning xulq-
    atvori, xatti- harakatlarining namoyon bo‘lishida harorat katta ro’l 
    o‘ynaydi. 
    Harorat sutka davomida yil fasllari bilan bog‘liq holda mavsumiy 
    hamda geografik zonallik jihatdan o‘zgaruvchan omildir. 
    Tirik organizmlarning yashashi, rivojlanishi, nasl qoldirishiga bevosita 
    va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. 
    Organizmlarning chidamlilik 
    chegarasidan haroratning oshishi 
    qanday ta’sirga ega? 
    Tirik organizm uchun haroratning chidamlilik chegarasi oqsillar, 
    hayotiy muhim fermentlar faoliyatining buzilishiga – denaturatsiyasiga 
    sabab bo’ladi. 
    Hujayra nobud bo’lishida harorat 
    qanday ta’sirga ega? 
    Harorat 0°C dan pasayganda suvning muzlashi tufayli muz kristallari 
    hosil bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida hujayra membranasining 
    shikastlanishiga hamda hujayraning nobud bo‘lishiga olib keladi. 
    Turli organizmlar normal hayot 
    kechirishi mumkin bo‘lgan harorat 
    o‘rtacha qancha gradusga teng? 
    0°C dan +50°C gacha hisoblanadi. Ammo sayyoramizda organizmlar 

    Download 2,21 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish