• “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi
  • Ularga qushlar va sutemizuvchilar kiradi.
  • hayot faoliyati katta harorat diapozonida kechadi




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/106
    Sana20.02.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #159199
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   106
    Bog'liq
    11-savol-javob 093806

    hayot faoliyati katta harorat diapozonida kechadi. 
    Quruqlikda eng minimal harorat 
    nechaga, maksimal harorat nechaga 
    teng? 
    –70°C minimal; +55°C maksimal 
    Dengizda eng minimal harorat 
    nechaga, maksimal harorat nechaga 
    teng? 
    +3°C minimal; +35°C maksimal 
    Chuchuk suvda qishda va yozda 
    qancha gradusga teng bo’ladi? 
    Qishda +5°C dan +7°C gacha, Yoz oylarida +20°C dan +35°C gacha 
    Geotermal (yunoncha «geo» – yer, 
    «terme» – issiq) suv manbalarida 
    necha gradusga teng bo’ladi? 
    +25°C dan +90°C gacha. 
    Issiq suvlarga bardoshli bo’lgan 
    organizmlar qaysilar? 
    Ayrim bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlar


    “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi 
    14 
    Qaysi organizmlar qizib yotgan 
    tuproqqa bardoshli? 
    Yopishqoq lishayniklar sporalari, cho‘l o‘simliklarining urug‘lari, 
    vegetativ organlari qizib yotgan tuproqqa bardoshlidir 
    O‘ta sovuq haroratga chidamli 
    bo’lgan organizmlarga misollar 
    ayting. 
    Ayrim suvo‘tlar, chuvalchanglar, molluskalar, qisqichbaqasimonlar, 
    baliqlar, kurakoyoqli sutemizuvchilarning hayotiy faoliyati 0°C dan 
    +2°C da kechadi 
    Termoregulatsiya jarayoni usullariga 
    hamda harorat omiliga moslanish 
    darajasiga ko‘ra organizmlar qanday 
    guruhlarga bo’linadi? 
    Poykiloterm (sovuqqonli) va Gomoyoterm (issiqqonli) organizmlarga 
    ajratiladi. 
    Poykiloterm organizmlar uchun xos 
    bo’lgan belgilargni ayting. 
    Poykiloterm organizmlar (yunoncha «poykilos» – o‘zgaruvchan, 
    «therme» – issiqlik) – tana harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liq 
    ravishda o‘zgaruvchi organizmlardir Ular tana haroratini doimiy 
    holatda saqlay olmaydi. 
    Poykiloterm organizmlar uchun 
    harorat ortishi qanday ahamiyatga 
    ega? 
    Atrof-muhit haroratining ko‘tarilishi, bu organizmlarda boradigan 
    fiziologik jarayonlar – moddalar almashinuvi, nafas olish, qon aylanish 
    tezlashishiga sabab bo‘ladi, organizmning o‘sish, rivojlanish va 
    ko‘payish sur’ati ortadi. 
    Poykiloterm organizmlar uchun 
    harorat pastlashi qanday ahamiyatga 
    ega? 
    Haroratning pasayishi organizmlarda moddalar almashinuvining 
    sustlashishi, ayrim turlarning karaxt holga kelishi, uyquga ketishi, ba’zi 
    hollarda nobud bo‘lishiga olib keladi. 
    Gomoyoterm organizmlar uchun xos 
    bo’lgan belgilargni ayting. 
    Gomoyoterm organizmlar (yunoncha «gomoyos» – o‘xshash, bir xil, 
    «therme» – issiqlik) – tana haroratini tashqi muhit haroratiga bog‘liq 
    bo‘lmagan holda nisbatan doimiy holatda saqlashga moslashgan 
    organizmlardir. Ularga qushlar va sutemizuvchilar kiradi. 
    Issiqlikka bo‘lgan talabiga ko‘ra 
    o‘simliklar qanday ekologik 
    guruhlarga ajratiladi? 
    1. Issiqsevar o‘simliklar 
    2. Sovuqqa chidamli o‘simliklar 
    Issiqsevar o‘simliklar qayerda o’sadi? 
    Tropik, subtropik iqlim mintaqalarida hamda mo‘tadil iqlim 
    mintaqalarining quyosh yaxshi isitadigan joylarida o‘sadi 
    Sovuqqa chidamli o‘simliklar qayerda 
    o’sadi? 
    Yer sharining sovuq va mo‘tadil iqlim mintaqalarida tarqalgan. 
    Evolutsiya jarayonida o‘simliklarda 
    haroratga nisbatan qanday 
    moslanishlar paydo bo’lgan? 
    1) Biokimyoviy; 2) Fiziologik; 3) Morfologik adaptatsiyalar -
    moslanishlar paydo bo‘lgan. 
    O’simliklarda biokimyoviy 
    moslanishlar qanday bo’ladi? 
    Yuqori harorat ta’sirida issiqsevar o‘simliklar hujayralari 
    sitoplazmasida ayrim moddalarning (organik kislota, tuz) 
    konsentratsiyasi ortadi. Bu moddalar sitoplazmaning ivib qolishiga 
    to‘sqinlik qiladi, zaharli toksinlarni neytrallaydi. Sovuqqa chidamli 
    o‘simliklar hujayralari shirasi tarkibida sovuq haroratda suv kamayishi 
    hisobiga shakar miqdori ortadi, bu esa o‘simliklarni muzlashdan 
    himoya qiladi. 
    O’simliklarda fiziologik moslanishlar 
    qanday bo’ladi? 
    Issiq haroratda o‘simliklarni qizib ketishdan himoya qiluvchi samarali 
    vosita – barg og‘izchalari orqali transpiratsiya – suv bug‘latish 
    hisoblanadi. Cho‘l o‘simliklarining ko‘pchiligi qisqa hayot sikliga ega. 
    Ularning vegetatsiya davri bahorga to‘g‘ri keladi, yozda esa bu 
    o‘simliklar tinim davriga o‘tadi 
    Efemerlar deb nimaga aytiladi? 
    Urug‘i tinim davrini o‘tadigan bir yillik o‘simliklar efemerlar deyiladi. 
    Efemeroidlar deb nimaga aytiladi? 
    Piyozboshi, tugunagi, ildizpoyasi tinim davrini o‘tadigan ko‘p yillik 
    o‘simliklar esa efemeroidlar deyiladi 
    Qaysi o’simliklar suv tanqis bo‘lgan 
    haddan tashqari issiq va sovuq 
    davrlarida tanasidagi suv miqdorining 
    kamayishi natijasida uzoq muddat 
    anabioz (hayotiy jarayonlarning 
    vaqtinchalik to‘xtashi) holatiga 
    o‘tadi? 
    Yo‘sinlar va lishayniklar 
    O’simliklarda morfologik 
    moslanishlar qanday bo’ladi? 
    Yer yuzining tropik va subtropik iqlim mintaqalarida o‘sadigan 
    o‘simliklar yuqori haroratning ta’sirini kamaytiruvchi bir qator 
    moslanishlarga ega. Barglarning rangi och tusda bo‘lishi, sirti 
    tukchalar yoki mum bilan qoplanganligi buning yaqqol misolidir. 



    Download 2,21 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   106




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    hayot faoliyati katta harorat diapozonida kechadi

    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish