• Bularga dasht, cho‘l, yarim cho‘l, savanna, baland tog‘ o‘simliklari kiradi.
  • “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/106
    Sana20.02.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #159199
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106
    Bog'liq
    11-savol-javob 093806

    “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi 
    16 
    qismi suvdan iborat? 
    Suv ekologik omil sifatida 
    organizmlarga qanday jarayonlariga 
    ta’sir ko’rsatadi? 
    Suv barcha tirik organizmlar uchun universal eritma, hujayradagi 
    biokimyoviy jarayonlar uchun sharoit, ko‘pchilik tirik organizmlar 
    uchun yashash muhiti hisoblanadi. Suv tirik organizmlarda boradigan 
    moddalar almashinuvida faol ishtirok etadi va muhim o‘rin tutadi, suv 
    yetishmasligi organizmlarda hayotiy jarayonlarning sekinlashishiga 
    sabab bo‘ladi, suv gidroliz va fotosintez reaksiyalarida bevosita 
    ishtirok etadi. Solishtirma issiqlik sig‘imi, issiqlik o‘tkazuvchanligi 
    yuqori bo‘lgani tufayli suv organizmdagi issiqlik muvozanatini ushlab 
    turadi, hujayrava to‘qimalarning qizib ketishining oldini oladi. Suv 
    yuksak sporali o‘simliklarning urug‘lanishi, spora va urug‘lar unib 
    chiqishi uchun o‘ta zarur. 
    To‘garak va halqasimon 
    chuvalchanglar uchun suv qanday 
    ahamiyatga ega? 
    To‘garak va halqasimon chuvalchanglar uchun suv gidrostatik skelet 
    sanaladi va oziq moddalarni tashish vazifasini bajaradi, ya’ni 
    moddaning organizm bo‘ylab harakatlanishida ishtirok etadi. 
    Namlikka bo‘lgan talabiga ko‘ra 
    barcha quruqlik o‘simliklari qanday 
    ekologik guruhga bo‘linadi? 
    1. Kserofitlar 
    2. Gigrofitlar 
    3. Mezofitlar 
    Kserofitlarda qanday moslanish 
    belgilar mavjud? 
    Kserofitlar (yunoncha «xerox» – quruq, «phyton» – o‘simlik) – namlik 
    kam bo‘lgan muhitda o‘sishga moslashgan o‘simliklar sanaladi. 
    Bularga dasht, cho‘l, yarim cho‘l, savanna, baland tog‘ o‘simliklari 
    kiradi. Kserofitlar uzoq vaqt namlik yetishmasligiga chidamli 
    o‘simliklar hisoblanadi. Ularda nam tanqis muhitda yashashga bir 
    qator: transpiratsiyaning kamayishi, tuproqdan suv so‘rilishining 
    kuchayishi, to‘qima va organlarda suvni zaxiralash kabi 

    Download 2,21 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish