“Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi




Download 2,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/106
Sana20.02.2024
Hajmi2,21 Mb.
#159199
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106
Bog'liq
11-savol-javob 093806

“Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi 
15 
Barglar shaklining o‘zgarishi natijasida barg yuzasining kichrayishi 
ham ortiqcha yorug‘lik nuridan himoya vositasidir. 
Barglarni tikanlarga aylangan 
o’simlik? 
Kaktus 
Qaysi o’simliklarni barglari mayda 
qipiqsimon shaklda? 
Saksovul, archa 
Qaysi o’simlikni barglari qirqilgan? 
Palma 
Qaysi o’simlikni barglari buralgan? 
Kovul 
Qaysi o’simlikni barglari ignasimon 
shaklda? 
Qarag‘ay, qoraqarag‘ay 
Sovuq iqlim sharoitida o‘sadigan 
o’simliklarda qanday morfologik 
moslanishlar mavjud?
Sovuq iqlim sharoitida o‘sadigan daraxtlarning bo‘yi past bo‘lishi 
(qayin, tol), yer bag‘irlab yotib o‘sishi (Turkiston archasi), o‘t 
o‘simliklar yostiqsimon shaklda (yaylov o‘simliklari) bo‘lishi ham 
morfologik moslanishlar natijasidir. Bu o‘simliklarga shamolning 
ta’siri kam, qishda esa ular qor bilan qoplanib, sovuq ta’siridan 
ko‘proq himoyalangan bo‘ladi, yoz oylarida tuproqning issiqligidan 
ko‘proq foydalanadi. 
Hayvonlarda haroratga nisbatan 
qanday moslanish belgilari paydo 
bo’lgan? 
1) biokimyoviy; 2) fiziologik; 3) morfologik; 4) etologik 
Hayvonlarda qanday biokimyoviy 
moslanish belgilari mavjud? 
Muhitning past haroratida sovuqqonli hayvonlar organizmida ichki 
muhitini hosil qiluvchi suyuqliklar tarkibida suvning muzlashiga 
to‘sqinlik qiluvchi moddalar to‘planadi. Masalan, sovuq haroratli suv 
muhitida yashovchi baliqlar tanasida muz kristallari hosil bo‘lishiga 
yo‘l qo‘ymaydigan glikoproteinlar, hasharotlarda esa glitsirin 
to‘planadi. Issiqqonli hayvonlarda moddalar almashinuvi jadalligi 
ortadi 
Hayvonlarda qanday fiziologik 
moslanish belgilari mavjud? 
Issiqlik ajralish darajasining o‘zgarishi bilan bog‘liq, organizmning 
markaziy nerv sistemasi tomonidan reflektor tarzda boshqariladi. 
Yuqori haroratda poykiloterm va gomoyoterm hayvonlarda tana 
yuzasidan suv bug‘lanishi hisobiga issiqlikning ajralishi kuchayadi. 
Sutemizuvchilarda termoregulatsiya teridagi qon tomirlarining 
kengayishi va torayishi tufayli ta’minlanadi. 
Sovuq haroratda hayvonlarda 
muskullarning beixtiyor qisqarishi – 
titrash orqali issiqlik hosil bo’lishi 
kuchayadimi yoki aksinchami? 
Sovuq haroratda hayvonlarda muskullarning beixtiyor qisqarishi – 
titrash tufayli issiqlik hosil bo‘lishi kuchayadi. 
Qaysi hayvonlar sovuq haroratda 
qishda uyquga ketadi? 
Yumronqoziq, sug‘ur, tipratikan, ko‘rshapalak 
Tana harorati doimiyligini saqlashda 
teri osti yog‘ qatlami katta 
ahamiyatga ega bo’lgan hayvonlar 
qaysilar? 
Pingvin, kurakoyoqlilar, kitsimonlar 
Tana haroratini bir xil saqlashda 
qushlar va sutemizuvchilarda nima 
muhim o’rinda turadi? 
To‘rt kamerali yurakning bo‘lishi, nafas olish organlarining 
takomillashuvi, organizmning yetarli darajada kislorod bilan 
ta’minlanishi orqali moddalar almashinuvida organizmlarning hayotiy 
jarayonlarga sarf bo‘ladigan energiyaning hosil bo‘lishi muhim o‘rin 
tutadi. 
Hayvonlarda qanday morfologik 
moslanish belgilari mavjud? 
Sudralib yuruvchilar tanasi – tangachalar, qushlarning tanasi pat, 
sutemizuvchilarning tanasi qalin jun bilan qoplanganligi misol bo‘ladi. 
Hayvonlarda qanday etologik 
moslanish belgilari mavjud? 
Hayvonlar faol harakatlanish orqali o‘zlari uchun qulay yashash 
joylarini tanlaydilar. Hayvonlarda evolutsiya jarayonida paydo bo‘lgan 
etologik moslanishlarga yashash uchun joy topish, uya qurish, qulay 
yashash joylariga migratsiya qilish kabi fe’l-atvor, xatti- harakatlar 
bilan bog‘liq moslanishlar misol bo‘ladi. 
Cho‘l agamasi qizib yotgan qumdan 
o‘zini qanday himoya qiladi? 
Butalarning shoxiga chiqib oladi 
Yil davomida migratsiyani amalga 
oshiruvchi organizmlar qaysilar? 
Hasharotlar, ba’zi baliq turlari, qushlar va kitlar 
Tirik organizmlar tanasining qancha 
2/3 



Download 2,21 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106




Download 2,21 Mb.
Pdf ko'rish