• Kommensalizm
  • 11-sinf Biologiya




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/106
    Sana20.02.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #159199
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   106
    Bog'liq
    11-savol-javob 093806

    Protokooperatsiya – (yunoncha – «protos» – dastlabki, «cooperatio» – 
    hamkorlik) har ikki populatsiya hayot faoliyatiga ijobiy ta’sir 
    ko‘rsatadigan, ikki tomon ham manfaatdor, lekin majburiy bo‘lmagan
    ya’ni har bir populatsiya alohida faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan 
    o‘zaro munosabat turi. 
    Protokooperatsiya munosabat turiga 
    misollar ayting. 
    1. Tabiatda shunday baliq turlari borki, ular yirik baliqlar terisini, jabra 
    va og‘iz bo‘shlig‘ini parazitlardan tozalab beradi; 2. Asalarilar gulli 
    o‘simliklardan o‘ziga oziq (chang, nektar) olish davomida 
    o‘simliklarni changlantiradi. 3. Aktiniya «zohid» qisqich- baqasini 
    yirtqich baliqlardan himoya qiladi, u esa aktiniyalarning tarqalishini 
    ta’minlaydi. 
    Kommensalizm qanday munosabat 
    turi? 
    Kommensalizm (fransuzcha «commensal» – hamtovoq) – birgalikda 
    yashaydigan organizmning biri ushbu munosabatdan foyda oladi, 
    ikkinchisi hech qanday naf yoki zarar ko‘rmaydigan o‘zaro 
    munosabatning bir turi sanaladi. 
    Kommensalizm munosabat turi 
    qanday turlarga bo’linadi? 
    1) Hamsoyalik; 2) Hamtovoqlik; 3) Hamxo‘raklik 
    Hamsoyalik munosabat qanday? 
    Bir tur ikkinchisidan yashash joyi sifatida foydalanadigan va bu 
    munosabatda o‘z «yashash joyi»ga zarar ham, foyda ham 
    yetkazmaydigan o‘zaro munosabat turi sinoykiya (yunoncha «syn» – 
    birga, «oikos» – uy) – hamsoyalik deb yuritiladi 
    Hamsoyalik munosabat turiga 
    misollar ayting. 
    1. Daraxtlarning tanasi va shoxlarida epifit o‘simliklar (orxideya, 
    yo‘sinlar) va lishayniklar joylashib oladi; 2. Qushlar, kemiruvchi 
    hayvonlarning uyalarida turli o‘rgimchaksimonlar va hasharotlar 
    yashaydi; 3. Ayrim baliqlar meduzalar va aktiniyalarning 
    paypaslagichlari orasiga yashirinib oladi; 4. Gorchak baliq turi esa ikki 
    pallali molluskalarning mantiya bo‘shlig‘iga tuxum qo‘yadi. Baliq 
    tuxumlari molluskaga hech qanday zarar ham, foyda ham keltirmagan 
    holda chig‘anoqlar himoyasida bo‘ladi. 



    Download 2,21 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   106




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish