• “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi
  • «xalq», «aholi»
  • 11-sinf Biologiya




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/106
    Sana20.02.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #159199
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   106
    Bog'liq
    11-savol-javob 093806

    ichidagi yirtqichlilik), ya’ni bir turga mansub organizmlarning bir-
    birlarini yeb qo‘yishidir. Masalan, 1) qoraqurtning urg‘ochilari 
    urug‘langandan so‘ng erkaklarini yeb qo‘yadi; 2) balxash olabug‘a 
    balig‘i o‘zining tuxumdan chiqqan mayda baliqchalarini yeb qo‘yadi. 
    Yirtqichlarning populatsiyada qanday 
    o’rni mavjud? 
    Yirtqichlar asosan kasal, nimjon individlarni qirib, populatsiyaning 
    genofondini tozalovchi sanitarlar vazifasini bajaradi, natijada 
    populatsiyaning sog‘lom, yashash muhitiga ko‘proq moslashgan 
    individlari yashab qoladi, populatsiyaning genofondi yaxshilanadi. 
    Parazitlar xo‘jayin organizmidan 
    Parazitlar xo‘jayin organizmidan nafaqat oziq manbayi sifatida, balki 


    “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi 
    22 
    nima maqsadda foydalanadi? 
    doimiy va vaqtinchalik yashash muhiti sifatida ham foydalanadi. 
    Undan tashqari, parazitlar vaqtinchalik faqat oziqlanish uchun ham 
    xo‘jayin organizmlardan foydalanadi. Bunga misol qilib, burga, 
    chivin, to‘shak qandalasini olish mumkin. 
    Doimiy parazitlarga misollar ayting. 
    Sodda hayvonlar (bezgak paraziti, dizenteriya amyobasi), yassi 
    chuvalchanglar (jigar qurti, qoramol tasmasimon chuvalchangi), 
    to‘garak chuvalchanglar (askarida, bolalar gijjasi), bo‘g‘imoyoqlilar 
    (kana, bit) misol bo‘ladi.
    O‘simliklarda uchraydigan doimiy parazitlarga bakteriyalar (g‘o‘za 
    gommozi), zamburug‘lar (qorakuya zamburug‘i, vilt), gulli 
    o‘simliklardan zarpechakni misol qilib olish mumkin 
    11-sinf. 13-18-mavzular 
    Savollar 
    Javoblar 
    Antropogen omillar deb nimaga 
    aytiladi? 
    Antropogen omillar deyilganda insonning atrof-muhitga, ya’ni tirik 
    organizmlar, biogeotsenozlar, biosferaga har qanday (bevosita va 
    bilvosita) ta’siri tushuniladi. 
    Antropogen omillar ta’sirida nimalar 
    o‘zgaradi? 
    1) iqlim; 2) atmosfera; 3) tuproq strukturasi; 4) suv havzalarining fizik 
    holati va kimyoviy tarkibi o‘zgaradi. 
    Antropogen omillarning qanday 
    turlari mavjud? 
    1) kimyoviy omillar; 2) fizik omillar; 3) biologik omillar; 4) ijtimoiy 
    omillar 
    Kimyoviy antropogen omillarga 
    nimalar kiradi? 
    1. Ekin maydonlariga ishlov berish maqsadida mineral o‘g‘itlardan 
    foydalanish, hosildorlikni oshirish; 2. Zararkunanda hasharotlarga 
    qarshi zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llash; 3. Yerning geologik 
    qobiqlari – atmosfera, gidrosfera, litosferaning transport va sanoat 
    chiqindilari bilan ifloslanishi. 
    Fizik antropogen omillarga nimalar 
    kiradi? 
    1. Yadro energiyasidan foydalanish; 2. Inson faoliyati tufayli, masalan, 
    transport vositalarining ortib borishi oqibatida shovqin kuchining 
    ortishi kabilar misol bo‘ladi 
    Biologik antropogen omillarga 
    nimalar kiradi? 
    1. Oziq-ovqat mahsulotlari; 2. Odam organizmi yashash muhiti va oziq 
    manbayi bo‘lishi mumkin bo‘lgan bakteriyalar, parazit hayvonlar 
    kiradi. 
    Ijtimoiy antropogen omillarga 
    nimalar kiradi? 
    Odamlar jamoasi hamda ularning o‘zaro munosabatlari bilan 
    belgilanadi. 
    Insonning tabiatga ta’siri qanday 
    bo‘lishi mumkin? 
    Bevosita va bilvosita (bu ta’sirlar ijobiy yoki salbiy bo’ladi) 
    Insonning tabiatga bevosita ta’siriga 
    misollar ayting. 
    To‘g‘ridan to‘g‘ri tirik organizmlarga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, 
    ko‘mir qazib olganda, yog‘och kesganda inson ko‘mir yoki o‘rmonga 
    nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 
    Insonning tabiatga bilvosita ta’siri 
    qanday bo’ladi? 
    Iqlim, landshaftlar, atmosfera va suv havzalarining fizik va kimyoviy 
    ko‘rsatkichlari, tuproq, o‘simliklar va hayvonot dunyosini o‘zgartirish 
    orqali amalga oshiriladi. Bilvosita ta’sirda inson tabiatning muayyan 
    obyektiga emas, balki boshqa obyektlarga ta’sir qiladi. 
    Populatsiya deb nimaga nisbatan 
    aytiladi? 
    Populatsiya kelib chiqishi umumiy bo‘lgan, o‘zaro erkin chatishib, 
    nasl- dor avlod beradigan arealning ma’lum qismida uzoq muddat 
    mavjud bo‘lgan, shu turning boshqa populatsiyalaridan nisbatan 
    alohidalashgan individlarning yig‘indisidir. «Populatsiya» so‘zi 
    lotincha «populus» so‘zidan olingan bo‘lib «xalq», «aholi» degan 
    ma’noni anglatadi. 
    Populatsiya qanday ko’rsatkichlariga 
    ko’rsa tafsivlanadi? 
    1. Populatsiya individlari o‘rtasida o‘zaro chatishish natijasida doimiy 
    ravishda sodir bo‘ladigan genlar almashinuvi natijasi – genofondi; 
    2. Turli to‘siqlar va tarqalish imkoniyatining cheklanganligi bilan 
    bog‘liq holda boshqa populatsiyalardan alohidalashganligi; 
    3. Ko‘payish jarayonida ishtirok etadigan yosh individlarning soni; 
    4. Genlar dreyfi, mutatsiyalar kabi evolutsiya omillari ta’sirida 
    genlarning yangi kombinatsiyalarining yuzaga kelishi bilan 
    tafsivlanadi. 
    Populatsiya gomeostazi deb nimaga 
    aytiladi? 
    Populatsiyaning muhim xususiyatlaridan biri o‘z-o‘zini boshqarishi, 
    ya’ni uzoq muddat individlar sonini bir xilda saqlab turishidir. Bu 
    xususiyat populatsiya gomeostazi (yunoncha «homoios» – o‘xshash, 
    «stasis» – turg‘in) deyiladi. 
    Populatsiya individlarining soni 
    Mazkur populatsiyadagi individlarning ma’lum maydondagi umumiy 



    Download 2,21 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   106




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish