“Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi




Download 2,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/106
Sana20.02.2024
Hajmi2,21 Mb.
#159199
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106
Bog'liq
11-savol-javob 093806

“Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi 
21 
Hamxo‘raklik munosabat qanday? 
Kommensalizmning yana bir shakli hamxo‘raklik bo‘lib, bu munosabat 
oziq orqali bog‘lanishlarga asoslangan. Bir tur boshqa turning oziq 
qoldiqlari bilan oziqlanishi hamxo‘raklik deyiladi 
Hamxo‘raklik munosabat turiga 
misollar ayting. 
1. Ayrim qushlar timsoh va sirtlonning, tasqara esa sherning ovqat 
qoldiqlari bilan oziqlanadi; 2. Odamning yo‘g‘on ichagida yashovchi 
bakteriyalar odamga ziyon yoki foyda yetkazmagan holda hazm 
bo‘lmagan ovqat qoldiqlari bilan oziqlanadi; 3. Yopishqoq baliq esa 
orqa suzgichi so‘rg‘ichlarga aylangan bo‘lib bilan akulalar terisiga 
yopishib olib akula bilan birgalikda harakat qiladi va uning ovqatlari 
qoldiqlari bilan oziqlanadi. 
Kommensalizm tabiatda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir hududda 
ko‘plab turlarning yashashi va yashash muhitidan hamda resurslardan 
to‘liqroq foydalanishga imkon beradi. 
Antibioz munosabatlar qanday turlari 
mavjud? 
1. O‘zaro raqobat; 2. Parazitizm; 3. Yirtqichlik; 4. Amensalizm 
Raqobatning qanday turlari mavjud? 
3 ta: 1) turlararo; 2) tur ichida; 3) anorganik tabiat va tirik organizm 
O‘zaro raqobatga misollar ayting. 
1. Yorug‘lik, suv va tuproqdagi mineral moddalar uchun o‘simliklar 
o‘rtasida; 2. Bitta oziq manbayi bo‘lgan o‘simliklar uchun o‘simlikxo‘r 
hayvonlar, kemiruvchilar, chigirtkalar o‘rtasida; 3. Mayda baliqlar 
bilan oziqlanuvchi bir suv havzasida yashaydigan yirtqich baliqlar 
o‘rtasida; 4. Tovushqon va quyonlar bilan oziqlanadigan bo‘ri va 
tulkilar o‘rtasida; 5. Kemiruvchilar bilan oziqlanuvchi yirtqich qushlar 
o‘rtasida raqobat kuzatiladi. 
Tur ichidagi o‘zaro raqobat nima 
uchun keskin, shiddatli kechadi? 
Bir turga mansub individlarning oziq, yashash joyi va boshqa ekologik 
sharoitlarga ehtiyoji bir xil bo‘lgani sababli. 
Turlararo raqobat kim tomonidan 
tajriba orqali o’rgangan? 

Download 2,21 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106




Download 2,21 Mb.
Pdf ko'rish