• Turlararo munosabatlar
  • “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/106
    Sana20.02.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #159199
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   106
    Bog'liq
    11-savol-javob 093806

    “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi 
    19 
    Tog‘lik joyda yuqoriga ko‘tarilgan sari o‘simliklar vertikal zonallik 
    bo‘yicha tarqalgan. Tog‘da yuqoriga ko‘tarilgan sari kuzatiladigan 
    vertikal zonallik geografik kengliklardagi ekvatordan qutblarga tomon 
    kuzatiladigan iqlim zonalariga mos keladi. 
    Shimoliy yarimsharda tog‘ning 
    janubga qaragan qiyaligi shimolga 
    qaragan qiyalikdan qanday farq 
    qiladi? 
    Shimoliy yarimsharda tog‘ning janubga qaragan qiyaligiga ko‘proq 
    quyosh nuri tushadi, shuning uchun bu yerda yorug‘likning 
    intensivligi va harorat shimoliy qiyalikka nisbatan yuqori bo‘ladi. 
    Janubiy yarimsharda esa buning aksi kuzatiladi. Bu esa o‘simliklar va 
    hayvonlar jamoalariga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
    Tog‘ va tepaliklarda qiyalik qancha 
    tik bo‘lsa o’simliklar qanday 
    tarqaladi? 
    Unda o‘simliklar shuncha kam o‘sadi, chunki suv ta’sirida tuproq 
    yuvilib ketadi va uning unumdor qatlami kamayadi. Tik qiyaliklarda 
    asosan kserofit o‘simliklar uchraydi. 
    Biotik omillar nechta guruhga 
    ajratiladi va ular qaysilar? 
    Tur ichidagi munosabatlar – bir turga mansub individlar o‘rtasidagi 
    munosabatlar. Bu populatsiyaning o‘z- o‘zini boshqarishdagi muhim 
    mexanizmdir. Turlararo munosabatlar – har xil turlar o‘rtasidagi 
    munosabatlar sanaladi. 
    Neytral munosabatlar deb nimaga 
    aytiladi? 
    Populatsiyalardagi individlar soni o‘zaro ta’sir natijasida o‘zgarishsiz 
    qoladigan munosabatlar neytral munosabatlar deb ataladi.
    Simbiotik munosabatlar deb nimaga 
    aytiladi? 
    Agar o‘zaro ta’sir natijasida bir populatsiyadagi individlar soni ortsa, 
    lekin ikkinchi populatsiyadagi individlar soni kamaymasa, bunday 
    munosabatlar ijobiy yoki simbiotik munosabatlar deb ataladi 
    Antagonistik (antibioz) munosabatlar 
    deb nimaga aytiladi? 
    O‘zaro munosabatlar tufayli bir populatsiyadagi individlar soni qanday 
    o‘zgarishidan qat’i nazar, ikkinchi populatsiyadagi individlar soni 
    kamaysa, bunday munosabatlar salbiy yoki antagonistik (antibioz) 
    munosabatlar deyiladi. 

    Download 2,21 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   106




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish