|
110. Foyda solig'i to'lovchilarini aniqlang?
|
Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 28,31 Kb. | | #124057 |
110.Foyda solig'i to'lovchilarini aniqlang?
O'zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo'lgan yuridik shaxslar, O'zbekiston Respublikasining norezidentlari bo'lgan yuridik shaxslar, soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizasiya qilishdan olgan daromadlari bir milliard so'mdan ortiq bo'lgan yoki o'z ixtiyori bilan foyda solig'ini to'lashga o'tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
111.Foyda solig'i ob'ektini aniqlang?
Soliq to'lochi tomonidan olingan foyda foyda solig'i bo'yicha soliq solish ob'ekti hisoblanadi.
113.2023 yil uchun foyda solig'ining umumiy stavkasini aniqlang?
15%
114. 2023 yil uchun tijorat banklariga foyda solig'i stavkasi qancha miqdorda belgilangan?
20%
115.Hisobot davrining soliq solinadigan foydasidan kelgusida chegiriladigan xarajatlarga qaysi xarajat kiradi Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan amortizatsiya summasi bilan belgilangan normalar bo'yicha hisoblangan amortizatsiya summasi o'rtasidagi ijobiy farq
116.Shahar yo'lovchilar transportida yo'lovchilarni tashish bo'yicha xizmatlar ko'rsatishdan olingan foyda soliqqa tortiladimi?
2020 yil 1 apreldan boshlab soliqqa tortiladi
117.Soliq to'lovchining quyidagi qaysi xarajati soliq solinadigan foydani aniqlash paytida chegirilmaydi?
Qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli organ tomonidan belgilangan moddiy qimmatliklarning tabiiy kamayishi normalaridan, ular mavjud bo'lmaganda esa, soliq to'lovchi tomonidan belgilangan normalardan ortiqcha tovarlar yo'qolishi
118.Foyda solig'ini to'lashdan quyidagi qaysi yuridik shaxs ozod qilinadi?
Markaziy bank
119.O'zbekiston Respublikasi Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag'lardan foydalanishdan olinadigan daromadlari
0 foiz miqdorida soliqqa tortiladi.
120.Aylanmadan olinadigan soliq quyidagilarni qaysi biriga tadbiq etilmaydi?
Aksiz solig'i to'lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi va foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga
121.Aylanmadan olinadigan soliqning ob'ekti nima?
Yalpi tushum
122.Yakka tartibdagi tadbirkor biznes sub'ektlarining qaysi toifasiga kiradi?
Kichik biznes sub'ektlari
123.Aylanmadan olinadigan soliqning iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi soliq to'lovchilar uchun bazaviy stavkasi 2022 yil 1 yanvardan boshlab necha foiz miqdorida belgilandi?
4 foiz miqdorida.
124.Lombardlar uchun aylanmadan olinadigan soliqning stavkasi 2022 yil 1 yanvardan boshlab necha foiz miqdorida belgilandi?
25 foiz miqdorida,
125.Elektron tijorat sub'ektlarining Milliy reestriga kiritilgan soliq to'lovchilar uchun aylanmadan olinadigan soliqning stavkasi 2022 yil 1 yanvardan boshlab necha foiz miqdorida belgilandi?
2 foiz miqdorida.
126.Aylanmadan olinadigan soliq bo'yicha soliq hisoboti qaysi muddatlarda taqdim etiladi?
hisobot davri yakunlari bo'yicha – hisobot davridan keyingi oyning o'n beshinchi kunidan kechiktirmay; soliq davri yakunlari bo'yicha – soliq davridan keyingi davrning 15 fevralidan kechiktirmay
127.Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshiruvchilarning qat'iy belgilangan soliq bo'yicha soliq solish ob'ektini aniqlang?
Fizik ko'rsatkich
128.Aylanmadan olinadigan soliqni to'lovchilar mol-mulk solig'ini to'lovchilar hisoblanadimi?
Mol-mulk solig'ini to'lovchilari hisoblanadi
129.Aylanmadan olinadigan soliqni to'lovchilar quyidagi qaysi soliqni to'laydilar?
Yer solig’i, mol-mulk solig'i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
130.Aylanmadan olinadigan soliqni to'lovchilari qo'shilgan qiymat solig'ini qanday tartibda to'laydilar.
Ixtiyoriy ravishda to'laydilar
131.Qo'shilgan qiymat solig'i O'zbekiston Respublikasi soliq amaliyotiga qachon joriy etilgan.
1992 yil 1 yanvardan
132.Qo'shilgan qiymat solig'ini to'lovchi shaxs keltirilgan javobni aniqlang.
Oddiy shirkat soliq solinadigan oborotlarni amalga oshirayotganda zimmasiga uning ishlarini yuritish yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) — yuridik shaxs
133.Qo'shilgan qiymat solig'ining soliqqa tortish ob'ekti nima.
Soliq solinadigan oborot va soliq solinadigan import
134.Qo'shilgan qiymat solig'ini stavkasi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?
12%
135.Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar notarial xizmatlar ko'rsatish bo'yicha ….
qo'shilgan qiymat solig'ini to'lashdan ozod etiladi
136.Byudjetga to'lanishi lozim bo'lgan qo'shilgan qiymat solig'i summasi qanday aniqlanadi.
Soliq solinadigan oborot bo'yicha hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan hisobga olinadigan soliq summasi o'rtasidagi farq sifatida
137.Quyidagilarning qaysilari qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti deb e'tirof etiladi.
Mol-mulkni moliyaviy (lizinga) ijaraga berish
138.Shahar yo'lovchi transporti xizmatlari (taksi va yo'nalishli taksidan tashqari) qo'shilgan qiymat solig'iga tortiladimi?
Qo'shilgan qiymat solig'idan ozod etiladi
139.Soliq solinadigan importga ta'rif bering?
O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar
140.Qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha soliq solinadigan oborot to'g'ri keltirilgan javobni aniqlang?
Soliq to'lovchining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti
141Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to'lovchilarini aniqlang.
O'zbekiston Respublikasi hududida soliq solish ob'ekti hisoblanuvchi mol-mulkka ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari
142Quyidagi yuridik shaxslarning qaysi biri mol-mulk solig'ini to'lovchilar bo'lib hisoblanmaydi.
Notijorat tashkilotlar
143Notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda mol-mulk solig'ini to'lovchilari bo'lib hisoblanadimi?
Mol-mulk solig'ini to'lovchilar bo'lib hisoblanadi
144Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'ining soliqqa tortiladigan bazasini aniqlang.
Ko'chmas mulk bo'yicha — o'rtacha yillik qoldiq qiymati
145O'zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko'chmas mulk ob'ektlari bo'yicha soliq solinadigan baza qanday tartibda aniqlanadi.
Mazkur ob'ektlarga bo'lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarda ko'rsatilgan qiymat asosida
146Yuridik shaxslarning mol-mulklaridan soliq 2023 yilda qanday stavkada undiriladi.
1,5%
147Mol-mulk solig'ini to'lashdan quyidagi qaysi yuridik shaxslar ozod qilinadi.
madaniyat va san'at, ta'lim, sog'liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta'minot tashkilotlari
148Yuridik shaxslarning mol-mulklaridan olinadigan soliq bo'yicha joriy to'lovlar byudjetga qachon to'lanadi?
Har oyning 10 kunidan kechiktirmay
149Yuridik shaxslar mol-mulkidan olinadigan soliqning hisob-kitobi davlat soliq xizmati organlariga qanday muddatda taqdim etiladi?
Yilda bir marta yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi
150Norezident yuridik shaxslar tomonidan mol-mulk solig'i qaysi muddatda to'lanadi.
Hisobot davridan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmasdan
151 shaxslardan undiriladigan yer solig'i bo'yicha soliq ob'ektini aniqlang
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yuridik shaxslarda bo'lgan yer uchastkalari
152Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagilarning qaysi biri kiradi?
madaniyat, ta'lim, sog'liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ob'ektlari egallagan yerlar
153Yer solig'ini to'lashdan quyidagi qaysi yuridik shaxslar ozod qilinadi?
Madaniyat, ta'lim, sog'liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish tashkilotlari
154Yuridik shaxslar yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko'rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda yer solig'i qanday miqdorda undiriladi?
To'rt baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi
155Yuridik shaxs o'z faoliyatida ro'yxatdan o'tgan tumandan boshqa tumandagi suv resurslaridan foydalanganida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni qaysi hududga to'laydi?
Davlat soliq xizmati organlarida ro'yxatga olinish joyidan qat'iy nazar suvdan foydalanish hududiga to'laydi
156Keltirilgan qaysi foydali qazilmalar yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliqning soliq solish ob'ekti hisoblanadi.
Uglevodorodlar
157Yuridik shaxslar tomonidan yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi davlat soliq xizmati organlariga qaysi muddatlarda taqdim etiladi.
Har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay 158Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliqni to'lovchilarni aniqlang.
Foydali qazilmalar qazib oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar
.
159Ijtimoiy soliqni ob'ektini ko'rsating.
Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to'lashga doir xarajatlari
160Ijtimoiy soliqni to'lovchilari bo'lib kimlar hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari, O'zbekiston Respublikasining norezidentlari bo'lgan yuridik shaxslari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar
161O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining qaysi moddasida jismoniy shaxs to’g’risida asosiy tushunchalar ko’rsatilgan?
30-modda
162Soliq sohasidagi munosabatlarni tartibga solib turuvchi asosiy Qonuniy hujjatni ko’rsating.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi
163Soliq qarzini uzish to’g’risidagi talabnomaning shakli kim tomonidan tasdiqlanadi?
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan tasdiqlanadi
164Soliq kodeksining qaysi moddasida hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik ko’rsatilgan?
amaldagi soliq kodeksining 225-moddasida
165Soliq majburiyatini bajarish muddatlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni ko’rsating.
Soliq majburiyatini bajarish muddatlari kalendar sana yoki vaqt davri (yil, chorak, oy, o’n kunlik va kun) o’tishi bilan belgilanadi.
166Soliq to’lovchi soliq majburiyatini muddatidan oldin bajarishga haqlimi?
Soliq to’lovchi soliq majburiyatini muddatidan oldin bajarishga haqli.
167Ortiqcha to’langan soliq summasi soliq to’lovchiga qaytarish mumkinmi?
soliq to’lovchining arizasiga ko’ra soliq to’lovchiga to’liq yoki qisman qaytarilishi mumkin
168Penya-bu...
soliq to’lovchi soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan soliqlarni to’lash muddatini buzgan taqdirda to’lashi lozim bo’lgan pul summasidir
169Soliq hisoboti shakllari qaysi organ tomondan tasdiqlangan shakllarda tuziladi?
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan shakllarda tuziladi.
170 Soliq hisobotini saqlash muddatini ko’rsating.
hisobot taqdim etilgan yildan keyin kamida besh yil saqlashi shart
171Soliq nazorati qanday shaklda amalga oshiradi?
soliq tekshiruvlari va soliq monitoringi shaklida amalga oshiradi
172Soliq tekshiruvlarining turlarini ko’rsating.
kameral soliq tekshiruvi, sayyor soliq tekshiruvi,soliq auditi
173Sayyor soliq tekshiruvini o’tkazish muddati to’g’ri ko’rsatilgan javobni tanlang.
o’n kundan ko’p bo’lmagan muddatda
174Sayyor soliq tekshiruvini o’tkazish muddatining boshlanishi to’g’ri ko’rsatilgan javobni tanlang.
sayyor soliq tekshiruvini tayinlash to’g’risidagi buyruqda ko’rsatilgan sana
175Sayyor soliq tekshiruvini o’tkazish muddatining tugashi to’g’ri ko’rsatilgan javobni tanlang.
Soliq to’lovchiga sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasini topshirilgan kun
176Soliq auditi qaysi toifadagi soliq to’lovchilarga nisbatan o’tkaziladi?
soliq to’lovchilarning (soliq agentlarining) yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub soliq to’lovchiga (soliq agentiga) nisbatan
177Soliq qarzini to’lash, shu jumladan uni soliq organlari tomonidan undirish chog’ida to’lash qanday tartibdagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi?
1) soliqlar summasi 2) hisoblangan penyalar 3) jarimalar
178Soliq monitoringi qaysi organ tomonidan amalga oshiriladi?
Soliq monitoringi soliq monitoringini o’tkazish to’g’risidagi qaror asosida soliq organi tomonidan amalga oshiriladi.
179Soliqni to’lash qanday to’lov birliklarida amalga oshiriladi?
milliy valyutada
180Soliq to’lovchining topshiriqnomasi yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasi qaysi muddatlarda bank tomonidan bajariladi?
olingan kundan keyingi bir operatsiya kuni ichida
181Soliq qarzini uzish to’g’risidagi talabnoma soliq to’lovchiga kim tomonidan yuboriladi?
u hisobda turgan soliq organi tomonidan
|
| |