• Annotatsiya
  • 11Equation Chapter Section 1O`zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirish orqali rivojlantirish va qo`llash strategiyalari




    Download 48.91 Kb.
    bet1/4
    Sana06.05.2023
    Hajmi48.91 Kb.
    #57077
      1   2   3   4
    Bog'liq
    innovatsiya
    Акбарова Мадина

    111Equation Chapter 1 Section 1O`ZBEKISTON IQTISODIYOTINI RAQAMLASHTIRISH ORQALI RIVOJLANTIRISH VA QO`LLASH STRATEGIYALARI

    Sultonmurotov Shohruh Sardor o’g’li – Toshkent shahridagi Yeoju texnika instituti 2- kurs “Biznes boshqaruvi” fakulteti talabasi.



    Annotatsiya: Ushbu maqolada Respublikamiz iqtisodiyotiga yangi bir raqamli iqtisodiyotni olib kirish, uning bugungi kundagi dolzarbligi, raqamli texnologiyalarni hayotimizdagi o`rni, sohalarga qo`shishi mumkin bo`lgan rivoji, qo`llash strategiyalari to`g`risida fikr yuritiladi.
    Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, .


    KIRISH
    O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tmoqda. 2008-yilda boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi davrida ham minimal zarar bilan chiqqani quvonarli albatta. Bugungi kunda iqtisodiy soha kundan-kunga yangilanib, o`zgarib bormoqda. Bu jarayonda iqtisodiyotni yangi darajaga olib chiqish dolzarb vazifa hisoblanadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining paydo bo’lishi va tarqalishi global iqtisodiyotga shu qadar ta`sir ko`rsatdiki, yangi bir hodisa – raqamli iqtisodiyot paydo bo`ldi. Texnologiyalar rivojlanishining hozirgi bosqichida va bozorlarning hozirgi holati sharoitida raqamli iqtisodiyotni maqsad sifatida emas, balki iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish vositasi sifatida ko’rib chiqish kerak. Zamonaviy raqamli iqtisodiyot yangiz biznes modellarini taklif qiladi va boshqaruv mexanizmlarini o’zgaruvchan voqelikni aks ettirish uchun o’zgartirish zarurligini ta’kidlaydi.
    So’nggi yillarda O’zbekiston iqtisodiyoti ochiq, jadal, innovatsion tarizda rivojlanib bormoqda. Ammo, jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologik taraqqiyot sharoitida yurtimizni kelajakdagi iqtisodiy o’sishi uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan tasavvur qilish qiyin.
    - Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qo’shimcha shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor O’zbekiston Respublikasida «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2018 yil 3 iyuldagi PQ – 3832-sonli Farmoni.
    Ushbu jarayon bo`yicha davlatimiz tomonidan qator islohotlar olib borilmoqda. Jumladan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag`allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5975-sonli Farmoni1 bilan davlat iqtisodiyoti istiqbollarining qator yo`nalishlari belgilab berildi, jumladan:
    - makroiqtisodiy indikatorlarni tahlil qilish va prognozlash asosida iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etish, iqtisodiyotning real sektori holati, ichki va tashqi bozorlar konyunkturasi hamda global va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari bilan bog‘liq holda iqtisodiyotning asosiy sohalarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish;
    - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va boshqa idoralar bilan birgalikda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan inflatsiya darajasini pasaytirish va qo‘yilgan maqsadlarga erishish borasida muvofiqlashtirilgan siyosatni amalga oshirish;
    - hududlarning tabiiy xomashyo va mehnat resurslarini hamda “nisbiy ustunliklarini” inobatga olgan holda ularni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo‘nalishlarni belgilab olish hamda amalga oshirish;
    - ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish va takomillashtirish va boshqa bir qator vazifalar belgilab berildi.



    Download 48.91 Kb.
      1   2   3   4




    Download 48.91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11Equation Chapter Section 1O`zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirish orqali rivojlantirish va qo`llash strategiyalari

    Download 48.91 Kb.