|
12- labaratoriya ishi bulutli yechimlar (SaaS) va bulutli infratuzilmasi (IaaS). Raqamli platformalar (PaaS)da ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish ishning maqsadi
|
Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 494,73 Kb. | | #149224 |
Bog'liq 12-labaratoriya IAKT
12- LABARATORIYA ISHI
BULUTLI YECHIMLAR (SaaS) VA BULUTLI INFRATUZILMASI (IaaS). RAQAMLI PLATFORMALAR (PaaS)DA ISHLASH KO‘NIKMALARINI HOSIL QILISH
Ishning maqsadi: Bulutli xotirada sohaga oid amaliy vazifalarni “Google Таблицы”, “Google Документы” ilovalari bilan ishlash ko‘nikmasini hosil qilish.
Kerakli apparat va dasturiy ta’minotlar: kompyuter, Intenet, e-mail adres.
Nazariy qism: Bulutli arxitekturani qabul qiladigan tashkilotlar ko‘pincha IT-resurslarni ommaviy bulutga o‘tkazadilar, mahalliy serverlar va saqlashga bo‘lgan ehtiyojni qisqartiradilar; IT-ma’lumotlar markazlaridagi ko‘chmas mulk, sovutish va quvvatga bo‘lgan ehtiyojlarni kamaytiradilar va ularni oylik IT xarajatlari bilan almashtiradilar. Kapital xarajatlardan operatsion xarajatlarga o‘tish bugungi kunda bulutli hisoblash mashhurligining asosiy sababidir. Tashkilotlarni bulutga olib boradigan bulutli arxitekturaning uchta asosiy modeli mavjud. Ularning har biri o‘z afzalliklari va xususiyatlariga ega:
Software as a Service (SaaS): SaaS arxitektura provayderlari Internet orqali tashkilotlarga dasturlar va dasturiy ta’minotni yetkazib berishadi va qo‘llab-quvvatlaydilar va shu bilan foydalanuvchilarga dasturiy ta’minotni lokal ravishda joylashtirish zaruratini yo‘q qiladilar. SaaS dasturlariga odatda turli xil qurilmalar va operatsion tizimlardan mavjud bo‘lgan web-interfeys orqali kirish mumkin.
Platform as a Service (PaaS): Ushbu bulut modelida xizmat ko‘rsatuvchi provayder xizmat sifatida hisoblash platformasi va yechimlar to‘plamini, ko‘pincha o‘rta dasturni o‘z ichiga olgan holda taklif qiladi. Tashkilotlar ilova yoki xizmat yaratish uchun ushbu platformaga asoslanishlari mumkin. Bulutli xizmat ko’rsatuvchi provayder dasturni joylashtirish uchun zarur bo‘lgan tarmoqlar, serverlar va xotirani yetkazib beradi, foydalanuvchi esa dasturiy ta’minotni joylashtirish va konfiguratsiya sozlamalarini nazorat qiladi.
Infrastructure as a Service (IaaS): Bunda bulut eng oddiy shaklda, uchinchi tomon provayderi tashkilotlarga kerakli infratuzilmani taqdim etish orqali serverlar, tarmoqlar yoki saqlash moslamalarini sotib olish zaruratini kamaytiradi. O‘z navbatida, tashkilotlar o‘zlarining dasturiy ta’minoti va ilovalarini boshqaradilar va faqat istalgan vaqtda kerakli quvvatni to‘laydilar.
Laboratoriya ishini mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
1-Topshiriq. www.dropbox.com saytiga registratsiya bo‘lib, quyidagi amallarni bajaring.
- Yangi papkalar yarating;
- Yangi fayllarni yuklang;
- Yangi kataloglar yarating yoki qo‘shing;
- Umumiy ulanishni tashkillashtiring;
- Fayllarni tahrirlang va o‘chiring.
2-Topshiriq. “Dropbox” va “Google Drive” farqlarini sanab bering.
3-Topshiriq. “Google Презентация”da “Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari” mavzusi yuzasidan 10 slayddan kam bo‘lmagan taqdimot yarating. Taqdimotda jadval, diagramma va klassterlardan foydalaning.
Laboratoriya ishi hisobotining tarkibi:
1. Ish stolida o‘z familiyangiz va guruh nomi bilan papka oching.
2. Papka ichida – MS Wordda matnli hujjat “ism_laboratoriya_13” nomi bilan hujjat (hisobot) yarating.
3. Hisobot titul varag’ini yarating. (namuna keltirilgan)
4. Yaratilgan hujjatga talablar:
-hisobotda laboratoriya mavzusi va bajarilgan ishlar ketma ketligi keltiriladi va yakunida bajarilgan ish bo‘yicha qisqacha xulosa yoziladi.
-hisobotda tayyorlanadigan matn Times New Roman shriftida 14- o‘lchamida bo‘lishi kerak.
-laboratoriya ishini qabul qiluvchi o‘qituvchini familiyasi va ismi aniq ko‘rsatilishi kerak.
-talaba familiyasi , ismi, guruhi va yo’nalishi aniq ko‘rsatilishi kerak.
5.Hisobotni talaba o‘zini elektron pochtasiga (mail)ga saqlaydi. O‘qituvchi talab qilganda o‘qituvchi elektron pochtasiga yuboradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
12- labaratoriya ishi bulutli yechimlar (SaaS) va bulutli infratuzilmasi (IaaS). Raqamli platformalar (PaaS)da ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish ishning maqsadi
|