12-laboratoriya ishi moylarning rodan sonini




Download 28.02 Kb.
bet1/3
Sana27.03.2024
Hajmi28.02 Kb.
#179205
  1   2   3
Bog'liq
rodan soni
«Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining predmeti, maqsadi va va test 3, 1- varyant umbarova. G, 3ч4 ффф, 1, 5-sinf(2)2020@riyoziyot ilmi, Diyorbek, drtyjhkj, Burchak kattaliklarini masofaga uzaytirish qurilmasi, Mavzu Yurak- qon tomir va nafas tizimlari kasalliklarida tibbiy-hozir.org, referatmix 87895, Kattalikning qiymati value, Otabek Azimboyev, 10 МАВЗУ Яллигл карши ДВ укув мат Харкевич узб, Mundarija Kirish I bob quritish qurilmalari haqida umumiy tushun-fayllar.org (1), Заявление

12-LABORATORIYA ISHI
MoylarniNG Rodan sonini

Rodan soni deb 100g namuna yog’ga birikgan rodanga ekvivalent bo’lgan yodning gramm miqdoriga aytiladi va J2 protsentlarida belgilanadi.


Rodan soni yod soniga o’xshab, yog’ning to’yinmaganlik darajasini ko’rsatadi, ammo sonli qiymatiga ko’ra xar doim xam yod soniga mos kelmaydi. Bu rodan (SCN)2 etilen bog’larini tanlab to’yinishiga bog’liq. Shunday qilib, olein kislota va uning gomologlari (SCN)2 butunlay to’yinadi. Bu holda rodan va yod sonlari tengdir. Yog’ kislotasi molekulasida ikkita etilen bog’i bo’lsa, masalan-linol kislotasida, rodan soni yod soniga nisbatan kamdir, chunki rodan (SCN)2 faqat bitta etilen bog’ni to’yintiradi.
Agar yog’ kislotasi molekulasida 3 ta qo’shbog’ bo’lsa, masalan-linolen kislotasida rodan soni yod sonini 2/3 qismini tashkil qiladi, chunki rodan (SCN)2 uchta etilen bog’dan faqat ikkitasini to’yintiradi.
Rodan uch bog’li kislotalarga (stearolein)ga birikmaydi.
Uchglitseridlarga rodanning ta’siri. Rodan to’yinmagan yog’ kislotalarga birikib, to’yingan yog’ kislotalar bilan mutlaqo ta’sirlashmaydi. Uning olein kislota bilan reaksiyasi quyidagicha boradi:
СН3 – (СН2)7 – СН  СН – (СН2)7 – СООН  (NCS)2
СН3 – (СН2)7 – СНNCS – СНNCS – (СН2)7 – СООН
Ko’rib turganimizdek rodan olein kislotasi bilan galogenlar singari birikadi. Tadqiqotlar ko’rsatishicha rodan linol va linolen kislotalari bilan galogenlarga o’xshab birikmaydi. U linol kislotadagi faqat bitta, linolen kislotasida esa ikkita qo’shbog’ga birikadi, deb hisoblanadi. Rodanning yog’ kislotalar bilan reaksiyaga kirishgan miqdorini aniq topish mumkin. Bu miqdor prof. Kaufman tomonidan analitik amaliyotga tavsiya etilgan rodan soni, deb yuritiladi. Rodan soni deb ma’lum sharoitda 100g yog’ga yodga ekvivalent miqdorda ifodalangan rodam miqdoriga aytiladi.
Demak olein kislotasining rodan soni yod soniga teng (89,6), linol kislotasi uchun yod soninig yarmi (90 atrofida), linolen kislotasi uchun yod sonining uchta bir qimsi (181 atrofida) bo’lishi kerak. Biroq tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, standart sharoitda aniqlangan olein kilotasining rodan soni -89,3; linol kislota uchun -96,7; linolen kislota uchun -167,1. Bu esa rodannig olein kislotaga birikish koffitsienti -0,99; linol kislotaga -1,07; linolen kislotaga -1,83 ekanligini ko’rsatadi. Rodanning linol va linolen kislotalarga to’liq birikmasligining sababi, o’lchami katta va tuzilishi murakkab bo’lgan NCS guruhlarining yaqin turgan qo’bog’larga boshqa rodan molekulalarini birikishiga xalaqit beradi, deb tushintiriladi. Bunda NCS guruhining elektron-akseptor xususiyati boshqa qo’shbog’larni inaktivatsiyalagani uchun ular rodan bilan to’yinmaydilar. Qo’shbog’ga birikkan NCS guruhdan uzoqroqda turgan qo’shbog’lar bunday fazoviy qarshilikga uchramagani uchun rodan bilan ancha to’liq to’yinadilar. Shu nuqtai nazardan, qaraganda agar linolen kislotaning o’rtadagi (12-13) qo’shbog’iga rodan biriksa, ikala chetdagi (9-10 va15-16) qo’shbog’larga birikmaydi. Agar bir chetdan (9-10 yoki 15-16) biriksa, o’rtadagi qo’shbog’ga (12-13) birikmasligi mumkin, deb hisoblanadi.

Download 28.02 Kb.
  1   2   3




Download 28.02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12-laboratoriya ishi moylarning rodan sonini

Download 28.02 Kb.