Jizzax Politexnika instituti,,Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya’’ fakulteti




Download 49.38 Kb.
bet1/4
Sana25.03.2024
Hajmi49.38 Kb.
#176410
  1   2   3   4
Bog'liq
Referat Rustambekov M
3-Ma\'ruza, O`QUV QO`LLANMA ZAMONAVIY LOGISTIK TEXNOLOGIYALAR, Zamonaviy logistik texnologiyalar, KEYS, Ташқи тақриз Элмуратов Р, 3-Laboratoriya, Index, Гурух мураббийлиги30,06,21, REG1-51, Uslubiy qo\'llanma TVTvaN kurs ishiga 2015, \'\'Navoiy\'\' va \'\'Bobur\'\'ga tadbir, инф письмо рус ва узбек тилида, ИНваДА (амалий иши), Elementlarning kashf qilinishi, Umumiy va anorganik kimyodan laboratoriya mashg`ulotlari

Jizzax Politexnika instituti
,,Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya’’ fakulteti
,,Qurilish materiallari va konstruksiyalari’’ kafedrasi
,,Korxonalarda tayyorlangan qurilish materiallari’’ ishlab chiqarish fanidan



Guruh: 803-20 Bajardi:Rustambekov M
Tekshirdi Tursunov B

2023-yil

Mavzu: Temir-beton yopma plitalar.



  1. Temir beton konstruksiyalari

  2. Temir-beton yopma plitalar

  3. Temir-beton yopma plitalar ishlab chiqarish usullari

Temirbeton qurilish konstruksiyasi bo‘lib, beton matritsadan va po‘Iat armatura karkasidan iborat kompozitsion buyumdir. U jamoat va sanoat binolari hamda transport qurilishida, gidrotexnik inshootlar va boshqa maxsus obyektlar qurilishida keng miqyosda ishlatiladi. Monolit va yig‘ma temirbeton konstruksiyalami bino hamda inshootlar qurilishida ishlatish mehnat unumdorligini oshiradi, qurilish muddatini qisqartiradi va tannarxini pasaytiradi. Betonning cho‘zilishdagi mustahkamligi siqilishdagi mustahkamligiga nisbatan bir necha o‘n barobar kamdir. Shu sababli temirbeton konstruksiyalaming cho‘ziluvchi qismi po‘lat armaturalar bilan kuchaytiriladi.


Beton va po‘lat armaturaning yaxshi tishlashishi hamda harorat ta’sirida chiziqli kengayish koeffitsiyentlarining yaqinligi temir-betonni bir butun tizim bo‘lib ishlashini ta’minlaydi. Beton po‘lat armaturani ob-havo ta’sirida korroziyalanishdan saqlaydi. Temirbeton tayyorlanish usuligako‘ra monolit vayig‘ma konstruksiyalarga bo‘linadi. Monolit temirbeton konstruksiyalar bevosita qurilish maydonlarida tayyorlanadi. Ular maxsus loyihalar asosida quriladigan bino va inshootlarda, gidrotexnik, yo‘l qurilish hamda aerodrom qoplamalari va boshqa inshootlarda ishlatiladi. Monolit temirbetonni barpo etishda qolip-opalubka, havoza va beton quyish ishlariga ko‘p qo‘l mehnati sarf bo‘ladi. Ulami quruq issiq iqlim sharoitida va qish mavsumiga tayyorlash qiyinchiliklar tug‘diradi. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar zavodda mexanizatsiyalashtirilgan sharoitda ishlab chiqariladi va qurilish maydonlarida montaj qilinadi. Bunda tiplari o ‘lchamlari minimal o‘zgaruvchan temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish tejamli bo‘ladi.
Konstruksiyalar oddiy va armaturasi avvaldan taranglangan temirbeton (AATTb) turlarga bo‘linadi. Po‘lat armaturani avvaldan taranglashdan 98 maqsad, po‘lat sterjendagi plastik deformatsiyalanish holatini, temirbeton konstruksiyaga yuklama qo‘yilganda keskin kamaytirishdir. Bu holatda temirbeton konstruksiyaning cho‘ziluvchi qismidagi beton siqiladi va unga shu kuchlanishtfan yuqori bo‘lgan kuchlanish hosil bo‘lgandagina cho‘zilishga ishlaydi.'jKonstruksiyaning cho‘ziluvchi qismidagi armatura taranglanganda betonda yoriqlar hosil bo‘lishi keskin kamayadi. AATTb konstruksiyalarda beton va armaturaning yuk ko‘tarish imkoniyatlari to‘laroq ishlatiladi hamda shuning uchun konstruksiyaning massasi kamayadi. Buturdagi konstruksiyalar tayyorlashda yuqori markadagi beton va mustahkamlikdagi po`lat armaturalar ishlatish maqsadga muvofiqdir
Ular ishlatilish sohasiga ko‘ra to ‘rt asosiy guruhga bo‘linadi: jamoat binolari, sanoat binolari, injenerlik inshootlari, maxsus buyum va konstruksiyalar.

Download 49.38 Kb.
  1   2   3   4




Download 49.38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jizzax Politexnika instituti,,Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya’’ fakulteti

Download 49.38 Kb.