12-ma’ruza. Abonent kirish tarmoqlari




Download 1.4 Mb.
bet1/3
Sana01.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#40601
  1   2   3
Bog'liq
xPON, xDSL
Hadis ilmining paydo bo\'lishi, Mustqaillik darsi 2022, Kasblarning psixologik tasnifi va uning mohiyati, Demultiplixer, 32-44 (1), The Little Prince by Antoine de Saint-Exupéry, 3D MODELLASHTIRISH, 1-labaratoriya, qmb mustaqil ish rasm, Reja Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati D, Mavzu Kalsiy va uning inson organizmidagi ahamiyati Reja Kalsi, Karate sport turining kelib chiqish, 18-mavzu, 2.04.-Одам генетикаси maj.

12-ma’ruza. Abonent kirish tarmoqlari.

Reja:

  • Abonent kirish tarmoqlarining qurilish usullari: PON, xDSL, 3G/4G va kabelli internet texnologiyalari, qo’llaniladigan tarmoq va foydalanuvchi tarmoqlari.
  • Abonent kirish tarmoqlarida mavjud muammolar va ularni hal etishning nazariy asoslari.
  • Yuqori tezliklar tarmoq texnologiyalarini qo’llash masalalari.

1. Abonent kirish tarmoqlarining qurilish usullari: PON, xDSL, 3G/4G va kabelli internet texnologiyalari, qo’llaniladigan tarmoq va foydalanuvchi tarmoqlari.

  • Telekommunikatsiya tarmoqlarini ikki darajali tarmoq sifatida ta’riflash mumkin: transport va kommutatsiyalanuvchi tarmoqlar. Ham transport, ham kommutatsiyalanuvchi tarmoq-larni iyerarxik sathlar bo‘yicha ajratish mumkin. Elektr aloqa tarmoqlarida iyerarxiyaning to‘rtta sathi ajratiladi (1.1-rasm).
  • Modelning birinchi elementi – foydalanuvchi binosidagi tar-moq (Customer Premises Equipment – CPE). Ikkinchi element – abonent kirish tarmog‘i (Access Network), u tranzit (transport) tarmoqqa chiqishni ta’minlaydi. Bu tarmoq ikkita sathga ajra-ladi – mahalliy (Local) va shaharlararo (Long-distanse).
  • Abonent kirish tarmog‘iga FTTx texnologiyasini qo‘llash. Keng polosali aloqa kanaliga ega bo‘lgan abonent ulanish tarmoqlarini rivojlantirish va kengaytirishga qiziqish yildan yilga ortib bormoqda. Bunday tarmoqlarni rivojlantirish yangi zamonaviy xizmatlarga bo‘lgan talabni qondirishga zamin yaratadi. Bunday xizmatlarga biznes uchun xizmatlar (videokonferensiya, masofadan ta’lim, teletibbiyot) va ko‘ngil-ochar xizmatlar (so‘rov bo‘yicha video, raqamli televideniye, onlayn o‘yinlar va boshqalar)ni misol qilib keltirish mumkin.
  • Hozirgi kungacha qo‘llaniladigan texnologiyalar ushbu xiz-matlarni yetarlicha sifatli darajada ta’minlash uchun zarur bo‘lgan o‘tkazich qobiliyatini ta’minlamaydi. Shu sababli o‘sib borayotgan talablarga mos ravishda, iqtisodiy samarador va yuqori imkoniyatli abonent kirish texnologiyalarini qo‘llash talab etiladi.
  • Shunday texnologiyalardan biri – FTTx (Fiber To The ... – «gacha optik ...») – texnologiyasi bo‘lib, belgilangan masofagacha optik tola orqali ishonchli aloqani ta’minlovchi kirish tarmog‘ini qurish imkonini beradi. Bugungi kunda ushbu texnologiya keng tarqalmoqda va qo‘llanilmoqda.
  • Bugungi kunda FTTx ni tashkillashtirishning bir qator usullari mavjud:
  • FTTH – Fiber to the Home (uygacha optik tola o‘tkazish);
  • FTTB – Fiber to the Building (binogacha optik tola o‘tkazish).
  • FTTH va FTTB larni o‘zgartirish orqali kelib chiqqan texnologiyalar:
  • FTTO – Fiber to the Offiace (ofisgacha optik tola o‘tkazish).
  • FTTC – Fiber to the Curb (taqsimlash shkafigacha optik tola o‘tkazish).
  • FTTOpt – Fiber to the Optimum (optimal masofagacha op-tik tola o‘tkazish).
  • FTTP – Fiber to the Premises (mijoz ish joyigacha optik tola o‘tkazish).
  • Rasmda ko‘rsatilganidek, abonentga kirishning istalgan usulining asosini OLT (optical line terminal) tarmoq optik tugallanish va ONT (optical network terminal) abonent tuguni terminali optik tugallanish elementlarining o‘zaro ulanishi yotadi. Abonent liniyasi uchastkasida ONTning joylashuviga bog‘liq holda FTTx texnologiyalari farqlanadi.
  • FTTx ning birinchi ikkita variantini ko‘rib chiqamiz.
  • Fiber To The Building – binogacha optika o‘tkazish. FTTB texnologiyasi qo‘llanilganda optik tola abonent uyigacha o‘tkaziladi va ONU (Optical Network Unit) qurilmasiga ulanadi. Aloqa operatori tomonida OLT (Optical Line Terminal) – optik liniya terminali o‘rnatiladi. OLT abonent tarmog‘ining asosiy qurilmasi hisoblanadi va abonent qurilmasi bilan ma’lumot almashish parametrlarini belgilaydi. Tarmoqning uyning ichigacha bo‘lgan qismiga juftlik o‘ram qo‘llaniladi.

Optical Network Unit
Optical Line Terminal
  • Bu ko‘p xonali uylar va biznes markazlarining tarmog‘ini qurishda maqbul yechim bo‘la oladi. Bugungi kunda ko‘plab aloqa operatorlari katta shaharlarda FTTB asosida o‘zlarining xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini qurmoqdalar. Shu sababli hamma joyda ushbu texnologiya keng tarqalgan. Yana bir ustunligi FTTB texnologiyasida FTTH ga o‘xshab ko‘p sonli qimmat narxdagi optik tolalarni turli joylarga va xonadonlarga o‘tkazich zaruriyati yo‘q (12.11-rasm).
  • FTTH – Fiber To The Home – uygacha optik tola o‘tkazish.
  • Yuqorida aytib o‘tilganidek, FTTH texnologiyasi xonadongacha yoki abonentning xususiy uyigacha optik tola tortishni tavsiflaydi. FTTH asosida tarmoq qurishning ikki turi mavjud: Ethernet asosida va PON (Passive Optical Network – passiv optik tarmoq) texnologiyasi asosida.
  • FTTH ning Ethernet asosidagi yechimida liniyalarni kommutatsiyalash uchun optik portli kommutatorlar yoki optik uzatgichlardan foydalanish ko‘zda tutiladi. Kommutatorlar Ethernet (Gigabit Ethernet (GE) yoki Ten Gigabit Ethernet (10 GE)) asosidagi «halqa»ga yoki yulduz topologiyaga birlashtiriladi. Kommutator portlariga oxirgi abonentlarning qurilmalari ulanadi. Bunday yondashuv optik kanallarni rezervlash va himoyalashda yuqori ishonchlilik darajasini ta’minlaydi.
  • Ethernet FTTH yechimining kamchiligi o‘tkazich polosasining torligi va tarmoq masshtabini kengaytirish imkoniyatining deyarli yo‘qligi hisoblanadi.
  • Abonent hududida (xonadonda yoki kottejda) CPE (Customer Premise Equipment) qurilmasi va shuningdek, turli ko‘rinishdagi axborotni ta’minlovchi oxirgi terminal qo‘llaniladi.
  • PON – passiv optik tarmoqlar asosidagi yechimdan foydala-nilganda FTTH tarmog‘ini qurish uchun optik passiv splitterlar va tarmoqlagichlardan foydalaniladi, ularning bo‘linish koeffitsiyenti 1:2 dan 1:128 gacha bo‘ladi.
  • PON optik tarmog‘ida aloqa provayderi tomonida OLT (Optical Line Terminal) qo‘llaniladi, shuningdek, abonent quril-masi sifatida ONT (Optical Network Terminal) dan foydala-niladi.
  • ONT kommutatsiyalash va muvofiqlashtirishni o‘ziga jamlagan murakkab qurilma hisoblanadi. Keng polosali ulanishni taqdim etish va xizmatlarni ta’minlashdan tashqari, ONT qurilmasi quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni ta’minlaydi:
  • • PON ga kirishni boshqarish protokoli;
  • • paketli rejimdagi lazerlar (burst-modelasers);
  • • yuqori darajadagi signal quvvati;
  • shifrlash;
  • • yuqori samaradorlik.

12.13-rasm. Ko‘p qavatli uylarda FTTN tarmog‘ini tashkil yetish namunasi.
  • DSL qisqartmasi – Digital Subscriber Line (raqamli abonent liniyasi) kabi shifrlanadi. DSL telefon stansiyani yakka tartibdagi abonentlar bilan bog‘lovchi eski mis telefon liniyalarining o‘tkazish polosasini sezilarli kengaytirish imkoniga ega yangi texnologiyalari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda oddiy telefon aloqasidan foydalaniladigan har qanday abonent o‘zining bog‘lanish tezligini, masalan, Internet tarmog‘i bilan, DSL texnologiyalari yordamida sezilarli oshirish imkoniga ega. DSL liniyasini tashkil qilish uchun ishlab turgan telefon liniyalaridan foydalanilishini eslash kerak. Natijada foydalanuvchi oddiy telefon aloqasining normal ishlashini saqlagan holda keng polosali xizmatlardan kecha-uy kunduz foydalana oladi. DSL texnologiyalari ko‘p qirrali bo‘lganligi sababli foydalanuvchi 32 Kbit/s dan 50 Mbit/s gacha ma’lumotlarni uzatish tezligiga mos kelganini tanlashi mumkin. Ma’lumotlarni uzatish tezligi foydalanuvchi va xizmatlarni yetkazuvchilarni bog‘lovchi liniya sifati va davomiyligiga bog‘liqdir. Bunda xizmatlar yetkazuvchi, odatda, foydalanuvchiga individual ehtiyojlariga mos keladigan uzatish tezligini tanlash imkoniyatiga ega.

Download 1.4 Mb.
  1   2   3




Download 1.4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12-ma’ruza. Abonent kirish tarmoqlari

Download 1.4 Mb.