12-maruza Energiya samarali yarim o‘tkazgichli boshqariladigan to‘g‘rilagichlar




Download 0,76 Mb.
bet2/2
Sana05.12.2023
Hajmi0,76 Mb.
#111924
1   2
Bog'liq
12-maruza
Yuqori abaro\'tli elktro dvigatellar, 17-bob, Bedbud0898 1998, Javohir Teri kasaliklari., \'”Αsimliklarning mineral oziqlanishi Mineral elementlarning fiziologik, 93254, sherzod test, Erkli sinash, ilyosbek, mat statistika, O\'GILOY AKT, 1-босқич элэктр лабаратория, Kadirov Odiljon Salomjonovich, N. mahmudov, A. Rafiyev, Elektr va texnika xavfsizligi
uab ─ transformatorning ikkilamchi chulg‘ami;
Bunda U2 ─ transformatorning ikkilamchi chulg‘amidagi kuchlanishning ta’sir etuvchi qiymati;
ω ─ oziqlantiruvchi tarmoq kuchlanishining burchak chastotasi.
Sxemaning b nuqtasidagi potensial a nuqtadagi potensial yuqori bo‘lganida ventilga yopuvchi teskari kuchlanish qo‘yilgan bo‘ladi, ventildan tok o‘tmaydi. a nuqtadagi potensial b nuqtadagi potensialdan yuqori bo‘lganida esa

ventilga katodga nisbatan musbat kuchlanish ko‘yiladi (bu momentlar ϑ = ωt = 0; 2π, 4π 4-rasm b ga mos keladi), ventil ochiladi. Natijada uab kuchlanishi Rd rezistoriga qo‘yiladi va unda yuklama toki id oqishi boshlanadi. Ventil id toki oqishi 0-gacha pasayguncha o‘tkazuvchanlik holatida bo‘lishda davom etadi. Ventil o‘chganida uab kuchlanishi manfiy bo‘ladi (bu momentlarga ϑ = ωt = π; 3π … qiymatlar mos keladi).
Yuklamadagi tok oqimi ventil keyingi safar ulanguncha to‘xtaydi. Shunday qilib, Rd rezistorida ud pulsatsiyali kuchlanishning bitta ishorasigina bo‘ladi, yoki boshqacharoq aytganda to‘g‘rilangan kuchlanish bo‘ladi.

2. Bir va uch fazali yarim o‘tkazgichli boshqariluvchi to‘g‘rilagichlarning energiya samaradorligini oshirish usullari.
Yuqoridagi jarayon ventil sifatida diod ishlatilgandagi holat edi. Tiristor boshqariluvchi ventil, bunda yuklama Rd rezistoriga to‘g‘rilangan kuchlanish faqat tiristorga ochuvchi impuls berilgan momentdan boshlab tushadi. Bu jarayon 0 ─ π; 2π ─ 3π; 4π ─ 5π va shu kabi intervallarda davom etadi.

Tiristorga berilayotgan ochuvchi kuchlanish impulsini uab kuchlanishning nol qiymatiga nisbatan α burchakka kechiktirish bilan ud to‘g‘rilangan kuchlanishni o‘zgartirish mumkin. 4-rasm g-dan ko‘rinadiki, α burchak qancha katta bo‘lsa, tiristor shuncha kech ochiladi va to‘g‘rilangan kuchlanishning o‘rtacha qiymati Ud ham shuncha kichik bo‘ladi (4-rasm g-da bu shtrixlangan maydonlarning kichraygani mos keladi). Ko‘rinib turibdiki, α=0 bo‘lganida sxemaning ishlashi

boshqarilmaydigan ventil bilan ishlagan holatiga to‘g‘ri keladi. Kelgusida boshqarilmaydigan ventillardan tuzilgan to‘g‘rilagich sxemasi boshqariluvchi ventillarning α=0 bo‘lganidagi holati sifatida xususiy rejimi deb qaraladi.
Bir fazali ikkita yarim davrli boshqariluvchi to‘g‘rilagich (1-rasm), bir fazali kuchlanishni ikkilantiruvchi boshqariluvchi to‘g‘rilagich (3-rasm), bir fazali ko‘prik sxemali boshqariluvchi to‘g‘rilagich (2-rasm), uch fazali o‘rta nuqtali boshqariluvchi to‘g‘rilagich sxemasi (5-rasm), uch fazali ko‘priksimon boshqariluvchi to‘g‘rilagich sxemasi, olti fazali (6-rasm) va ko‘p fazali boshqariluvchi to‘g‘rilagich sxemalarida ham to‘g‘rilagich chiqish kuchlanishini o‘zgartirish bevosita ventil elementlariga ochuvchi impuls berishda α burchakni zaruratga qarab o‘zgartirish hisobiga amalga oshiriladi.
Fazalar soni ortib borishi bilan to‘g‘rilagichlarda to‘g‘rilangan kuchlanish sifati ortadi, silliqlovchi filtr elementlari parametrlari va massagabaritlarining kichikrog‘ini tanlash mumkin bo‘ladi.
To‘g‘rilagichning ishlashi va uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari asosan to‘g‘rilash sxemasi (ventillarning ulanishi) bilan aniqlanadi.


Nazorat savollari:
1. Boshqariluvchi to‘g‘rilagichlarning turlarini ayting.
2. Boshqariluvchi to‘g‘rilagichlar boshqarilmaydigan to‘g‘rilagichlardan qanday farq qiladi?
3. α burchak nimani bildiradi?
4. To‘g‘rilash sxemasi deganda nimani tushunamiz?
Download 0,76 Mb.
1   2




Download 0,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12-maruza Energiya samarali yarim o‘tkazgichli boshqariladigan to‘g‘rilagichlar

Download 0,76 Mb.