• 1. Energiya samarali bir va uch fazali yarim o‘tkazgichli boshqariluvchi to‘g‘rilagichlarning turlari, vaqt diagrammalari, solishtirma tahlili.
  • 12-maruza Energiya samarali yarim o‘tkazgichli boshqariladigan to‘g‘rilagichlar




    Download 0,76 Mb.
    bet1/2
    Sana05.12.2023
    Hajmi0,76 Mb.
    #111924
      1   2
    Bog'liq
    12-maruza


    12-maruza
    Energiya samarali yarim o‘tkazgichli boshqariladigan to‘g‘rilagichlar


    Reja:
    1. Energiya samarali bir va uch fazali yarim o‘tkazgichli boshqariluvchi to‘g‘rilagichlarning turlari, vaqt diagrammalari, solishtirma tahlili.
    2. Bir va uch fazali yarim o‘tkazgichli boshqariluvchi to‘g‘rilagichlarning energiya samaradorligini oshirish usullari.


    1. Energiya samarali bir va uch fazali yarim o‘tkazgichli boshqariluvchi to‘g‘rilagichlarning turlari, vaqt diagrammalari, solishtirma tahlili.
    Boshqariluvchi to‘g‘rilagichlar boshqarilmaydigan to‘g‘rilagichlar singari turlarga bo‘linadi:
    ─ Bir fazali bitta yarim davrli to‘g‘rilagich;
    ─ Bir fazali ikkita yarim davrli to‘g‘rilagich;
    ─ Bir fazali kuchlanishni ikkilantiruvchi to‘g‘rilagich;
    ─ Bir fazali ko‘prik sxemali to‘g‘rilagich;
    ─ Uch fazali o‘rta nuqtali to‘g‘rilagich;
    ─ Uch fazali ko‘prik sxemali to‘g‘rilagich;
    ─ Ko‘p fazali to‘g‘rilagich sxemalari.

    1-rasm. Ikkita yarim davrli to‘g‘rilagich sxemasi va vaqt diagrammalari
    Bir fazali, ko‘prik chizmali to‘g‘rilagichlar, uning tuzilishi va vaqt diagrammalari.


    2-rasm. Bir fazali ko‘prik chizmali to‘g‘rilagich sxemasi va vaqt diagrammasi
    Kuchlanishni ikkilantirib ko‘paytirish sxemasi va vaqt diagrammalari

    3-rasm. Kuchlanishni ikkilantirib ko‘paytirish sxemasi va vaqt diagrammasi
    Rostlashning eng ko‘p tarqalgan usuli ─ bu to‘g‘rilagichlarning ventil elementlariga bevosita ta’sir etish usulidir. Shu maqsadda ventil elementlari sifatida boshqariluvchi ventillar, masalan tiristorlardan foydalaniladi.
    «Boshqariluvchi to‘g‘rilagichlar» nomi odatda bevosita boshqariluvchi ventillardan tuzilgan to‘g‘rilagichlarga tegishli bo‘ladi. Boshqariluvchi va boshqarilmaydigan ventilli to‘g‘rilagichlar sxemalari ishlash prinsiplari bo‘yicha ko‘p tomondan o‘xshaydi. Misol uchun bir fazali boshqariluvchi bir yarim davrli to‘g‘rilash sxemasida to‘g‘rilash jarayonini ko‘rib chiqamiz.
    To‘g‘rilash jarayoni to‘g‘rilash sxemasining bevosita ventil elementlari tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur sxema texnik adabiyotda ba’zan bir fazali bir taktli sxema deyiladi. Sxema transformator, ventil (boshqariluvchi ventil ─ tiristor), aktiv yuklama bo‘lgan rezistor ─ Rd (4-rasm). Transformatorning birlamchi chulg‘amiga oziqlantirish tarmog‘idan o‘zgaruvchan sinusoidal kuchlanish beriladi. Transformatorning ikkilamchi chulg‘amida ham sinusoidal kuchlanish bo‘ladi.


    Download 0,76 Mb.
      1   2




    Download 0,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    12-maruza Energiya samarali yarim o‘tkazgichli boshqariladigan to‘g‘rilagichlar

    Download 0,76 Mb.