12-Ma’ruza. Mahsulot sifati ko’rsatkichlarini tanlash usullari. Mahsulot sifati ko’rsatkichlari­ning baholash usullari. Mahsulot sifatining texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari




Download 37,96 Kb.
bet2/4
Sana12.01.2024
Hajmi37,96 Kb.
#135793
1   2   3   4
Bog'liq
12-Ma\'ruza Metrologiya

2. Mahsulot sifatining ko‘rsatkichi.
Mahsulot sifatining ko‘rsatkichi mahsulot sifatiga kiruvchi bitta yoki bir necha xossasining miqdoriy tavsifi, uning yaratilish va ishlatilishi yoki iste’molidagi muayyan sharoitlarga qo‘llanilishini qurilishiga aytiladi. Sifat ko‘rsatkichlari quyidagi asosiy talablarga javob berishlari lozim:
• Turg‘unligi;
• Rejali asosda ishlab chiqarish samaradorligini oshishiga yordam berishi;
• Fan va texnika yutuqlarini inobatga olinishi;
• Muayyan vazifasiga ko‘ra ma’lum ehtiyojlarni qondirishga layoqatliligi. Vazifaviy ko‘rsatkichlar mahsulot xossalarini tavsiflaydi, ularni asosiy vazifalarni belgilaydi, mahsulotni qo‘llash sohasini aniqlaydi. Mashina va asbobsozlik, elektrotexnika va boshqa buyumlar uchun bu ko‘rsatkichlar buyum tarafidan bajariladigan foydali ishni tavsiflaydi. Turli xil konveyerlar uchun vazifaviy ko‘rsatkichlar, unumdorlik, yuk uzatish masofasi va balandligi; o‘lchash asboblarida - aniqlik ko‘rsatkichlari, o‘lchash chegarasi va shunga o‘xshashlarni tashkil etadi. Tarkib va tuzilish ko‘rsatkichlari mahsulotdagi kimyoviy elementlarni yoki guruhli tuzilishlar miqdorini ifodalaydi.
Tarkib va tuzilish ko‘rsatkichlariga quyidagilami misol qilish mumkin:
• Po‘latning tarkibiy komponentlarining massa ulushlari;
• Kislotalardagi turli tarkiblaming konsentratsiyasi;
• Koksdagi oltingugurtning, kulning massa ulushi;
• Oziq - ovqat va boshqa mahsulotlardagi qandning, tuzlarning massa ulushlari kiradi. Xomashyo, materiallar, yoqilg‘i va elektr quwatlarini tejab foydalaniladigan ko‘rsatkichlari buyumning xossalarini tavsiflaydi va uning texnikaviy takomillanish darajasini yoki ular tomonidan iste’mol qilinayotgan xomashyo, materiallar, yoqilg‘i va elektr quwatlar me’yorini ifodalaydi.
Buyumlarni tayyorlashda va ishlatishda shunday ko‘rsatkichlarga xomashyo, materiallar, yoqilg‘i va elektr quwati asosiy turlarining solishtirma sarflanishi (sifat ko‘rsatkichining asosiy o‘lchovi); moddiy resurslardan foydalanish koeffitsiyenti, ya’ni foydali sarflanishiga nisbati tushuniladi, foydali ish koeffitsiyenti va shunga o‘xshashlar kiradi.
Mahsulotlaming murakkab xossasini tavsiflovchi, uning ehtiyojini, maqsadini va topshiriqga binoan berilgan vazifalarni bajarishga mahsulotning funksional layoqatligi deb ataladi.
Mahsulotning badiiy ifodalanishini, shaklning to‘g‘riligini, kompozitsiyaning butunligini tavsiflovchi murakkab xossa mahsulotning estetikligi deb ataladi.



Download 37,96 Kb.
1   2   3   4




Download 37,96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12-Ma’ruza. Mahsulot sifati ko’rsatkichlarini tanlash usullari. Mahsulot sifati ko’rsatkichlari­ning baholash usullari. Mahsulot sifatining texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari

Download 37,96 Kb.