|
Mahsulot sifatini oshirish va boshqarish tizimi
|
bet | 4/4 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 37,96 Kb. | | #135793 |
Bog'liq 12-Ma\'ruza Metrologiya4. Mahsulot sifatini oshirish va boshqarish tizimi.
Mahsulot sifatini oshirishda uni oldindan aytish, rejalashtirish va me’yorlash muhim tadbirlardan hisoblanadi. Mahsulot sifatini oldindan aytib berish deganda berilgan vaqtda yoki berilgan vaqt oraligida erishilishi mumkin bo‘lgan mahsulot sifati ko‘rsatkichlarining imkoniy qiymatlarini aniqlanishi tushuniladi.
Mahsulot sifatini rejalashtirish deganda mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha berilgan vaqt ichida yoki berilgan vaqt oralig‘ida kerakli sifat ko‘rsatkichlarining qiymatlari bilan asoslangan topshiriqni belgilash tushuniladi.
Mahsulot sifatini bir me’yorda bo‘lishini ta’minlashda mahsulot sifatini boshqarish alohida o‘rin egallaydi. Har qanday boshqarishning mohiyati boshqarish qarorlarini ishlab chiqish va uni boshqaruvchi obyektda o‘z ta’sirini amalga oshirish ko‘zda tutiladi.
Mahsulot sifatini boshqarish deganda mahsulotni yaratishda uning kerakli sifatini ta’minlash va me’yorida bo‘lib turish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlar majmuasi tushuniladi.
Mahsulot sifati jarayonlarning qay darajada tashkil etilganligiga ularni qanday me’yorda ishlashiga, nazorat - o‘lchash asboblarining naqadar tekis ishlashiga va shu jarayonlarda ishlayotgan xodimlarning malakasiga so‘zsiz bog‘liqdir. Boshqarish ta’siri boshqariluvchi jarayonlarni amaldagi holatini saqlash yoki unga o‘zgartmalar kiritishdan iborat.
Mahsulot sifatini boshqarish tizimi deganda boshqarish idoralari va boshqariluvchi obyektlarning mahsulot sifatini boshqarishda moddiy-texnika va axborot vositalari yordamida o‘zaro bog‘lanishning majmuasi tushuniladi.
Shuning uchun bu tizim o‘zaro bog‘langan mahsulot sifatini boshqarishni ta’minlaydigan tashkiliy, texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarning yig‘indisi sifatida ko‘zda tutilgan bo‘lmoqligi lozim.
Boshqarishning asosiy maqsadi esa mahsulot sifatini kerakli darajaga erishilishini ta’minlash hisoblanadi. Mahsulot sifatini boshqarish tizimi o‘z tarkibiga inson jamoalarini, texnikaviy qurilmalarni, moddiy vositalami va kuchli axborot oqimini oladi.
Mahsulot sifatini boshqarish o‘zida quyidagi boshqarish davrining umumlashgan elementlarini mujassamlashtiradi:
• Oldindan aytib berish va rejalashtirish;
• Ishlarni tashkil qilish;
• O‘zaro muvofiqlashtirish va tartibga solish;
• Faol harakatga keltirish va rag‘batlantirish;
• Nazorat, hisob - kitob va tahlil qilish.
Mahsulot sifatini boshqarish tizimidagi boshqarish jarayonlari 2 guruhga bo‘linadi:
1. Ishlab chiqarish tizimini deyarli yuqori darajada o‘tkazuvchi (mahsulotning deyarli yuqori texnikaviy va sifatni yaratish va o‘zlashtirishni ta’minlovchi);
2. Ishlab chiqarish tizimidagi turg‘unlikni ushlab turish va o‘zlashtirilgan mahsulot ishlab chiqarilishini rejalashtiruvchi sifat darajasida ta’minlash.
Mahsulot sifatini boshqarish jarayonni boshqarishning umumiy nazariyasiga binoan quyidagi ishlardan tashkil topadi:
• boshqarish rejasini ishlab chiqish;
• mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish;
• mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi har qanday obyekt (buyum, jarayon) ning holati haqida axborotlar olish va tahlil qilish
• sifatni boshqarish bo‘yicha qaror qabul qilish va obyektga ta’sir etish usulini tayyorlash;
• ta’sir etmaydigan, boshqaruvchi ko‘rsatmalar berish;
• ta’sir etadigan boshqaruvchi ko‘rsatmalar berish natijasida obyektdagi sifatning o‘zgarishi haqida ma’lumot olish va tahlil qilish.
Nazorat savollari:
1. Mahsulotning sifatiga izoh bering.
2. Sifat ko‘rsatkichlari deganda nimani tushunasiz?
3. Sanoat mahsuloti qanday tasniflanadi?
4. Mahsulot sifatini baholashda qanday usullardan foydalaniladi?
5. Mahsulot sifatini boshqarish deganda nimani tushunasiz?
|
| |