|
12-Ma’ruza. Mahsulot sifati ko’rsatkichlarini tanlash usullari. Mahsulot sifati ko’rsatkichlarining baholash usullari. Mahsulot sifatining texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari
|
bet | 3/4 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 37,96 Kb. | | #135793 |
Bog'liq 12-Ma\'ruza Metrologiya3. Mahsulotning sifatini baholash.
Sifat tizimlarida mahsulot sifatini baholashning uslubiy asoslariga, ayniqsa, mahsulotni majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirishda alohida talablar qo‘yiladi, bunda quyidagilar deyarli to‘liq ta’minlanadi;
• Mahsulotning iste’moldagi hamma xossalarining kompleks tahlil va xolisona baholanishi, xavfsizliligi va ekologikligi namoyon bo‘lish imkoniyati;
• Keltirilgan baholanishga asoslanib, iste’molchi tomonidan mahsulotning ishlatilishdagi va ekologikligidagi xavfdan hamda mahsulot va uning sifatini (amaldagi bozor sharoitida) noto‘g‘ri baholanish xavfidan ijtimoiy himoya qilishga zamin yaratish. Mahsulot sifatining darajasi baholanishining asosiy maqsadi;
• Yangi mahsulot turlarining parametrlarini asoslash;
• Mahsulotni, standartlarini, texnikaviy shartlarni ishlab chiqishda texnikaviy topshiriqlar tayyorlash hamda yangi mahsulot uchun uning texnikaviy darajasi kartalarini tuzish;
• Ishlab chiqariluvchi mahsulotning sinov natijalariga qarab qaror qabul qilish;
• Mahsulotni ta’mirlash bo‘yicha qaror qabul qilish;
• Mahsulotni bozorda yetarlicha qadrlanishiga va arziydigan bahoda sotilishiga zamin yaratish. Mahsulot sifatining darajasini baholashda turli usullardan foydalaniladi: differensial, kompleks, aralashgan va statistik usullar. Differensial usul deb, mahsulotning birgina ko‘rsatkichidan foydalanishga asoslangan mahsulot sifatining baholash usuliga aytiladi.
Differensial usul baholanuvchi mahsulot sifatining ko‘rsatkichiga asos bo‘luvchi ko‘rsatkich bilan taqqoslashga asoslangan. Masalan, bir korxonadan chiqarilayotgan uskunaning ishlash muddati 8 yilni, ikkinchi korxonada esa bu raqam 12 yilni tashkil etadi, asos bo‘luvchi qiymat asos bo‘luvchi qiymatga nisbatan past, ikkinchisida esa balanddir.
Bu ko‘rsatkichga uning ishlash muddatining yaxshilanishi natijasida erishilgan.
Mahsulot sifatining kompleks ko‘rsatkichlarining qo‘llanilishiga asoslangan mahsulot sifatini baholash usuli - kompleks usul deb ataladi. Masalan, avtobuslarning sifatini baholashda umumlashtirilgan sifat ko‘rsatkichi - bu ularning yillik unumdorligi tushuniladi. Aralashgan usul - bu bir vaqtning ichida ham birgina ko‘rsatkichidan, ham kompleks ko‘rsatkichlardan foydalanib mahsulotning sifati baholanadi. Statistik usul bilan mahsulotning sifatini baholashda matematik statistika usullaridan foydalaniladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
12-Ma’ruza. Mahsulot sifati ko’rsatkichlarini tanlash usullari. Mahsulot sifati ko’rsatkichlarining baholash usullari. Mahsulot sifatining texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari
|