• Predmetli soha konseptual modelini tuzish
  • 12-mavzu. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining himoya profillari




    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/16
    Sana06.08.2024
    Hajmi0,56 Mb.
    #269154
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    Data base security - lecture 12

    Harakatlanuvchi shaxs 
    Harakatlanuvchi shaxs — 
    ishlab chiqiluvchi dasturiy ta’minotga munosabat 
    bo`yicha tashqi mavjudod boclib, u bilan qandaydir axborotni olish yoki taqdim 
    etish maqsadida o‘zaro harakatlanadi. Yuqorida eslatib o‘tilganidek, ishlab 
    chiqiluvchi dasturiy ta ’minot bilan o‘zaro harakatlanuvchi foydalanuvchilar, 
    boshqa dasturiy ta ’minotlar yoki qandaydir texnik vositalar harakatlanuvchi 
    shaxslar bo‘la olishlari mumkin. 
    Foydalanish varianti — 
    harakatlanuvchi shaxs uchun uning muayyan topshirig‘ini 
    hal etuvchi ayrim ravshan protsedura. Barcha foydalanish variantlari u yoki bu 
    darajada ishlab chiqiluvchi tizim funksionalligiga bog‘liq va bajariluvchi ish hajmi 
    bo‘yicha kuchli farqlanishi mumkin. 
    Aloqa 
    Aloqa — 
    harakatlanuvchi shaxslar va tegishli foydalanish variantlarining o‘zaro 
    harakatlanishi. 
    Foydalanish variantlari, shuningdek o‘zaro bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Bundan 
    foydalanish va kengayish aloqalari qayd etiladi. 
    Foydalanish ishlab chiqiluvchi dasturiy ta ’minot xatti-harakatining bir necha 
    foydalanish variantlarida takrorlanadigan ayrim ragmenti mavjudligini e’tiborda 
    tutadi. Mazkur fragment alohida foydalanish varianti sifatida rasmiylashtiriladi va 
    u bilan 

    foydalanish 

    tipidagi aloqa ko‘rsatiladi. 
    Kengayish birida ayrim qo‘shimcha amallar mavjudligi bilan farqlanadigan ikkita 
    o'xshash foydalanish varianti bor bo‘lgan taqdirda qo‘llaniladi. Mazkur holatda 
    qo‘shimcha amallar alohida foydalanish varianti sifatida belgilanadi va u asosiy 
    variant bilan bog‘liq bo‘ladi. 
    Predmetli soha konseptual modelini tuzish 
    Sinflar diagrammalari dasturiy ta’minot ishlab chiqish obyektli mo'ljalli 
    usullarning markaziy bo‘g‘inidir, shu bois barcha mavjud usullar mashhur 
    notatsiyalardan birida sinflar diagrammalaridan foydalanadi. Biroq ushbu usullarda 
    sinflar diagrammalarini asosan loyihalash bosqichida qo‘llaniladiki, bu muayyan 
    sinflar tuzilishining xususiyatlarini ko‘rsatish uchun amalga oshiriladi. Avval 
    mavjud bo‘lgan notatsiyalardan farqli o'laroq, 
    UML sinflar diagrammalarining'uch darajasidan ularni detallashtirish pog‘onasiga 
    bog‘liqlikda foydalanishni taklif etadi: 
    • konseptual daraja, bunda mazkur holatda kontekstli deb nomlanuvchi sinflar 
    diagrammalari predmetli sohaning asosiy tushunchalari o‘rtasidagi aloqani 
    namoyish etadi; 


    • spetsifikatsiyalar darajasi, bunda sinflar diagrammalari predmetli soha 
    sinflarining interfeyslarini, ya’ni ushbu sinflar obyektlarining aloqalarini aks 
    ettiradi; 
    • amalga oshirish darajasi, bunda sinflar diagrammalari bevosita muayyan 
    sinflarning maydonlari va operatsiyalarini ko‘rsatadi. 
    Amalda bular uchta turli model bo‘lib, ular o‘rtasidagi aloqa bir xil emas. Xususan, 
    agar konseptual model predmetli sohaning ayrim tushunchasini sinf sifatida 
    belgilash, bu mazkur tushunchani amalga oshirish uchun alohida sinfdan 
    foydalanilishini anglatmaydi. Biroq barcha uch modelda va ularning statik nisbati 
    qiziqtiradi, bu esa yagona notatsiyadan foydalanishga imkon beradi. 
    Sanab o‘tilgan modellarning har biridan dasturiy ta’minot ishlab chiqishning 
    muayyan bosqichida foydalaniladi: 
    • konseptual modeldan — tahlil bosqichida; 
    • spetsifikatsiya darajasi sinflar diagrammalaridan — loyihalash bosqichida; 
    • amalga oshirish darajasi sinflar diagrammalaridan — amalga oshirish bosqichida. 
    Konseptual model ta’rifiga muvofiq ravishda predmetli soha tushunchalari, ushbu 
    tushunchalarning atributlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar bilan operatsiyalarni 
    bajaradi. Ishlab chiqiluvchi dasturiy ta’minot predmetli sohasining tushunchasiga 
    moddiy predmetlar ham, predmetli soha mutaxassislari qo‘llaydigan abstraksiyalar 
    ham to‘g‘ri kelishi mumkin. 
    Modeldagi asosiy tushunchalarga muvofiq ravishda sinflar qo‘yiladi. Bunda sinf 
    deyilganda predmetli sohaning topshirilgan obyektlari guruhiga xos umumiy 
    alomatlar jamlanmasi tushuniladi. 
    Rol 
    Sinflar nusxalari o‘rtasidagi aloqa tegishli obyektlar bir-biriga munosabat bo‘yicha 
    o‘ynaydigan ayrim rollarni e’tiborda tutadi. 
    Rol assotsiatsiya yo'nalishi bilan bog'liq.
    Rol, shuningdek har bir tomondan bir aloqada qancha obyekt qatnashishi 
    mumkinligini ko‘rsatuvchi ko‘plik tavsifga ham ega. Ko‘plikni quyidagicha 
    ko‘rsatishga ruxsat etiladi: 
    * — 0 dan cheksizlikkacha; 
    .. * — topshirilgan miqdordan cheksizlikkacha; 
     — obyektlarning aniq belgilangan miqdori; 
     — obyektlar aniq miqdorining bir necha 
    variantlari; 
    .. — obyektlar diapazonlari. 
    Nazariy nuqtayi nazardan atribut ham nusxalari ko'rilayotgan sinf bilan qat’iy 
    assotsiatsiyalanuvchi sinfdir. Konseptual modelda tegishli munosabatlarni aks 
    ettirish uchun assotsiatsiyalar ham qo'llanishi mumkin. 

    Download 0,56 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    12-mavzu. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining himoya profillari

    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish