Dasturiy ta ’minot spetsifikatsiyasining ishlab chiqilishi texnik topshiriqda
ko‘rsatilgan funksionallikka talablar tahlilidan boshlanadi. Tahlil jarayonida ishlab
chiqaruvchi dasturiy ta ’minotning tashqi foydalanuvchilar va muayyan
foydalanuvchilar bilan o‘zaro
harakatlanish jarayonida uning xatti-harakatlari
alohida aspektlari
sanoqnomasi aniqlanadi. Dasturiy ta’minotning xatti-harakati
aspektlari
≪
foydalanish variantlari
≫
yoki
≪
presedentlar
≫
(USE CASES) deb
nomlangandi.
Eslatma. Foydalanish variantlari ko‘pchilik dasturiy ta ’minot ishlab chiquvchilar
tomonidan 1980—1990-yillarda qo‘llanilgan loyihalanuvchi dasturiy tizimlar
funksiya bajarishi ssenariylarining norasmiy bayoniga asoslangan.
Foydalanish varianti muayyan harakatlanuvchi shaxs tomonidan ishlab chiqiluvchi
tizim qo‘llanishining xarakterli protsedurasini o‘zida ifoda etdiki, bunday shaxs
sifatida nafaqat odamlar, balki boshqa tizimlar yoki qurilmalar ham namoyon
bo‘lishi mumkin.
Foydalanish variantini bo‘lg‘usi tizimning muayyan operatsiyalari bilan
adashtirmaslik lozim. Har bir foydalanish variant mustaqil ahamiyatga ega ayrim
maqsad bilan bog‘liq, masalan matniy muharrir uchun sarlavhani shakllantirish bu
foydalanish varianti, sarlavhalarni maxsus uslublar bilan bogiash esa
sarlavhalashni avtomatik ravishda tuzish mumkin bo‘lishi uchun bajarilishi zarur
operatsiyadir.
Foydalanish variantlari Muayyan protseduraning bajarilish maqsadiga bog‘liq ravishda quyidagi
foydalanish variantlari farqlanadi:
• asosiy — ishlab chiqiluvchi dasturiy ta’minlashning talab qiluvchi
funksionalligini ta’minlaydi;
• ko'makchi — tizimning zaruriy sozlanishi va
≪
unga xizmat ko‘rsatilishi
(masalan, axborotni arxivlashtirish va h.k) bajarilishini ta’minlaydi;
• qo‘shimcha — foydalanuvchi uchun qo‘shimcha qulayliklarni ta’minlaydi
(odatda, ishlab chiqishda ham, tasarrufda ham qandaydir resurslarning jiddiy
sarflanishini talab qilmagan holatda amalga oshiriladi).
Foydalanish variantini qisqacha yoki batafsil bayon etish mumkin. Qisqacha bayon
shakli quyidagilarni qamrab oladi: foydalanish varianti nomi, uning maqsadi,
harakatlanuvchi shaxslar nomi, foydalanish varianti tipi (asosiy, ikkinchi darajali
yoki qo‘shimcha) va uning qisqacha bayoni.
Kombinatorik — optimallashtiruvchi masalalarni hal etish tizimi topshirig`ni
bajarish foydalanish variantini quyidagicha tarzda taqdim etishi mumkin:
Asosiy foydalanish variantlari odatda ishlab chiqiluvchi dasturiy ta’minot predmeti
sohasini aks ettirishga intilgan holda batafsil bayon ettiriladi. Batafsil shakl
yuqorida ko‘rsatilgan axborotdan tashqari hodisalar tipik bajarishning va mumkin
bo'lgan muqobilliklarning bayonini ham qamrab oladi.
Hodisalarning tipik borishi ketma-ket raqamlagan holda foydalanuvchi bilan tizim
o‘rtasidagi muloqot tarzida taqdim etiladi. Agar foydalanuvchi variantlarni tanlashi
mumkin bo‘lsa, ular alohida jadvalda bayon etiladi. Shuningdek, hodisalarning
tipik borishi buzilishi bilan bog‘liq muqobilliklar ham keltiriladi. Quyida
topshiriqni bajarish foydalanish variantining batafsil bayoni taqdim etiladi: