12-Mavzu: Microsoft Word dasturida formulalardan foydalanish. Reja




Download 1,36 Mb.
bet1/3
Sana24.06.2024
Hajmi1,36 Mb.
#265411
  1   2   3
Bog'liq
12-mavzu

12-Mavzu: Microsoft Word dasturida formulalardan foydalanish.

Reja:

1. Matnga formulalar kiritish va taxrirlash.

2. WORDArtning maxsus imkoniyatlari.

3. WORDArt da maxsus samarali matn hosil qilish.


  1. Jadval katakchalariga formulalarni joylash orqali jadvalda berilganlarni (satr yoki ustun) qo’shish, ayirish, ko’paytirish va boshqa amallarni qisqa muddatda bajarishi mumkin.

Formulalarni qo’yish uchun quyidagilarni bilish zarur:

    • Jaadvalning har bir katakchalari o’z nomi va vazifasiga ega;

    • Har bir ustun ingliz alifbosidagi A dan to Z gacha bo’lgan harflar bilan belgilangan;

    • Har bir qator natural sonlar bilan belgilangan ustun harflari va satr tartibidan tashkil topgan bo’lib, ularning kesishishidan ma’lum katakchalar hosil bo’ladi.

Masalan, ikkinchi ustun bilan uchinchi satrning kesishgan joyidagi katakchaning nomi B3 bo’ladi.(Dars bayonida jadval ko’rsatilgan plakat qo’llanilishi kerak).
Formulani katakchaga qo’yish uchun:

  • Kursorni formula qo’yiladigan katakchaga keltiring;

  • “Jadval” menyusidan “Formula” buyrug’ini tanlang;

Formula maydonida sizga taklif qilinayotgan formula bo’ladi. Agar to’g’ri kelmasa, uni o’chirish va quyidagi amallardan birini bajarish kerak:

  • soda hisoblarni bajarish uchun katakchani arifmetik belgilar: qo’shish(+), ayirish(-), ko’paytirish(*) yoki bo’lish(:) belgilari bilan kiriting. Masalan, A1 va B4 katakchalardagi sonni qo’shish uchun A1+A4 yoki bo’lish uchun A1/B4 deb yoziladi(formula kiritishda klaviatura lotin rejimida bo’lishi lozim va arifmetik amallar, belgilar joylashish maydonidagi boshqa vazifalar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin emasligini esdan chiqarmang. Masalan, SUM (A1+B4) ko’rinishida yozish mumkin emas;

  • vazifani bajarish (masalan katakchalarning o’rtacha qiymatini yoki boshqa murakkab hisoblashlar) uchun, “Joylash” menyusidan “Vazifa nomi” tanlanadi. So’ngra “Formula” satriga vazifani hisoblashda qo’llaniladigan katakchalar qo’shtirnoq “” orqali terib yoziladi;

  • sonlar “Formati” menyusidan sonlar uchun format tanlanadi;

  • OK tugmasi bosiladi.

Agar yuqoridagilar to’g’ri bajarilgan bo’lsa, kursor turgan katakchada hisoblashlar natijasi hosil bo’ladi.
Katakchalar tarkibi o’zgarganda, hisoblash natijasi avtomatik ravishda o’zgarmaydi.
Hisoblash natijalarini yangilash uchun formulani hisoblash natijalari turgan katakchalar tarkibidan ajratib, ALT+SHIFT+U tugmalarini bosish kifoya.
WORDArt dasturi hujjat matnlarini yaratish imkoniyatlarini kengaytiradi, formatlashning standart usulidan foydalanib, murakkab matnlarni hosil qila oladi.
WORDArt orqali matnni turli burchakka og’dirish mumkin. WORDArt dasturi True Type turidagi shriftlar bilan ishlaydi.

Download 1,36 Mb.
  1   2   3




Download 1,36 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12-Mavzu: Microsoft Word dasturida formulalardan foydalanish. Reja

Download 1,36 Mb.