|
12-Modul. Animatsion faoliyat menejmenti. Reja: Animatsion menejment tushunchasi. Animatsion faoliyat menejmenti funksiyalari
|
bet | 2/6 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 39,22 Kb. | | #120023 |
Bog'liq 12-MODULMadaniy va tarixiy majmua - moddiy va nomoddiy, madaniy va tarixiy qadriyatlar majmui. Animatorlik xizmatlarini ko’rsatishda turistlarni jalb qiluvchi, ularga estetik zavq beruvchi, bilimini oshiruvchi va sayyohlarning ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi turistik majmualardir.
Moddiy baza animatsiya faoliyatida foydalaniladigan infratuzilma jamlanmasi va texnik vositalar majmuidir.
Xizmat ko’rsatuvchi xodimlar murakkab animatsion xizmatlarni ko’rsatishda ma’lumotlarni to’playdi, yuqori sifatli xizmat bilan ta'minlash borasidagi faoliyatni amalga oshiradi.
Turistlarning tusristik safarlardan qoniqishi uchta asosiy bir-biri bilan bog’liq omillar bilan belgilanadi:
1) hohish-istak, orzu va umid (safar maqsadi);
2) mehmondo'stlikni chin yurakdan his qilish;
3) Sayohat davomida havfsizlik tuyg'usi.
Mehmonxonalarda animatsiya xizmatlarining ijobiy natija berishi va bunda turistlarning qoniqish hissini tuyishlari uchun ushbu omillar bajarilishi lozim. Turizm sohasida nafaqat animatsion xizmatlarni taqdim etishda, balki, boshqa xizmatlarni ko’rsatishda turistlarning havfsizligini ta’minlash eng ustuvor masalalardan biri bo’lib hisoblanadi. Animatsiya xizmatini tashkil etish bo’yicha menejer ko’rsatiladigan animatsion dastur bo’yicha, uning alohida hususiyatlari to’g’risida ma’lumot berishi lozim. Qulay havfsizlik muhiti har bir mehmon uchun do’stona munosabatda bo’lish, atrof-muhit bilan o’zaro kirishish kabilar bilan erishiladi.
Animatsiya xizmatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda animator birinchi navbatda turistlarning birlamchi istaklarini qondirishlari lozimligini e’tiborga olishi lozim. Bular: orzu, istak, safar safar maqsadi, odamlar bilan tanishish, do’stlar orttirish, chinakam baxtiyorlikni his etish. Ularni bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirish animatorning mahoratiga bog’liq. Mehmonxonalarda animator mohirona va samarali faoliyat olib borib, axborot, ekologik, estetik, intellektual, ruhiy, jismoniy faollik ko’rsatib, mamnuniyat bilan mavjud madaniy, iqlimiy, tarixiy resurlardan va mantiqdan foydalanib turistlar ehtiyojlarini qondirishlari lozim. Shu bilan birga, animatsion xizmatlarning samarali bo’lishida nafaqat xodimlarning axloqiy hususiyatlari, shu bilan birga tijoriy vositalar ham lozim bo’ladi. Samarali animatsiya faoliyatini amalga oshirish uchun uchta komponentlar kerak bo’ladi:
1) Asosan sport, dam olish va o'yin-kulgi faoliyati uchun moddiy va texnik bazasi;
2) Guruhlar va shaxslar uchun animatsiya dasturlari taqdim qilishda qo’llaniladigan texnik vositalarning ishlash texnologiyasi va mazkur turistik majmuaga mos keluvchi dasturi;
3) Ushbu dasturlarni bajarish va texnologik jarayonlarni amalga oshirishga qodir iqtidorli multiplikatorlar.
Animatsiya menejeri (katta mehmonxonalarda bosh animatsiya menejeri) rahbar sifatida iste'dodli animatorlardan foydalanishi, ularni samarali boshqarish, bevostita va bilvosita animatsion ob’ektlar va uskunalardan samarali foydalanish orqali turistlarni animatsiya xizmatlariga jalb qilishi lozim (2-rasm):
Mehmonxona animatsiyasi va uning dasturi konseptsiyasi
Mehmonxonada animatsiya bo’yicha bosh menejer
Animatorlar va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar
Mehmonxonaning materialtexnik bazasi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
12-Modul. Animatsion faoliyat menejmenti. Reja: Animatsion menejment tushunchasi. Animatsion faoliyat menejmenti funksiyalari
|