https://www.youtube.com/watch?v=AEYU7XG2Uu4




Download 5,83 Mb.
bet3/5
Sana12.02.2024
Hajmi5,83 Mb.
#154997
1   2   3   4   5
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot -13 IAKT (2)

https://www.youtube.com/watch?v=AEYU7XG2Uu4




2-topshiriq. Google classroom web-xizmatidan foydalanib masofaviy o’quv kursini yaratish. Elektron doskalar uchun interfaol taqdimotlar tayyorlash.

Amaliy mashg’ulotning qisqacha bayon


Google Classroom platformasi – ta’lim uchun tashkillashtirilgan Google xizmatlarini
birlashtiradi.
Platformada quyidagi amallar bajariladi:

  • sinf/kurs yaratish;

  • kursga ta’lim oluvchilarni yozishni tashkillashtirish;

  • o’quvchilarni zarur o’quv materiallar bilan bo’lishish;

  • o’quvchilar uchun topshiriqlarni berish;

  • o’quvchilarning topshriqlarini baholash va jarayonni kuzatish;  o’quvchilar bilan muloqotni tashkillashtirish.

Google Classroom da kurs yaratishning asosiy elementlarini ko’rib chiqamiz. Google Classroom platformasiga kirish uchun Google Chrome brauzerida Google APS ga kiriladi. Google Class (Класс) birdaniga ko’rilmaydi, buning uchun Еще (More…) tugmasi bosiladi.

Google Class (Класс) da kurs yaratiladi va/yoki o’quv kurslari ro’yxati chiqadi.

Kurs yaratilgandan keyin oynada uchta asosiy vkladka paydo bo’ladi: Лента, Задания, Пользователи.

Лентa vkladkasida kurs to’g’risida axborot yig’iladi va tasvirlanadi: o’quv materiallari, e’lon, topshiriq, foydalanuvchi izohi.
Задания vkladkasi kursga o’quv materiallarini qo’shishga va zarur ketma-ketlikda mavzular bo’yicha topshiriqlarni taqsimlashga ruxsat beradi.
Пользователи vkladkasida kursda ro’yxatdan o’tgan o’quvchilar ro’yxati mavjud. Google Classroom da masofali kursning ko’rinishi:

Лентa vkladkasida Kursga o’qituvchi quyidagi ketma-ketlikda axborotlarni qo’shadi:

  • o’qituvchi e’loni;

  • tinglovchilar uchun o’quv materiallari to’g’risida axborot;  o’quvchilar uchun topshiriqlar to’g’risida axborot;

  • o’quvchilar e’loni.

Google Classroom da kurs lentasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:


Объявления (E’lon) yaratishda o’qituvchi (matndan tashqari) turli materiallarni qo’shishi mumkin: faylni biriktirish (kompyuterda yuklash), Google Диск dan faylni qo’shish, Youtube dagi videodan havolani ishga tushirish yoki tashqi saytga havola berish.
O’quvchilar Объявления (E’lon) ni ko’rishi va unga izoh berishi mumkin.
Объявления (E’lon) ni qo’shish uchun “Добавить новую запись” buyrug’idan foydalanamiz.

Kurs Лентa sidagi yuklangan material Google Диск dagi papkaga joylashtiriladi. Papkani Задания vkladkasidagi papkada ko’rish mumkin.

O’quv kursida Задания vkladkasini yaratish uchun chap quyi burchagidagi ? belgisi
bosiladi.

Задания vkladkasida quyidagi amallar bajariladi:

  • topshiriqlar, savollar yaratish va ularni mavzular bo’yicha guruhlash;

  • (turli turdagi) o’quv materiallarini qo’shish va ularni mavzularni birlashtirish;  unda mavzular va materiallarni tartiblash (unda mavzu bo’lmasa, u sahifaning yuqorisida joylashgan).

Tinglovchilar uchun topshiriqlar turli turda bo’ladi. O’qituvchi Задания sifatida ShK yoki Google Диск dagi ixtiyoriy hujjat biriktiriladi, videoga havola beriladi. Bundan tashqari, matn ko’rinishidagi amaliy ish yoki nazorat ishini bajarishga ruxsat beriladi. O’qituvchilar kabi, boshqa o’quvchilar ham izoh berishi mumkin bo’lgan savol qo’shiladi (ba’zi sozlanmalarda). Задания quyidagi rasmda keltirilgan:

Hozigi vaqtda Google Формa ni ishlatib, topshiriqni yaratish imkoni paydo bo’ladi. Google Формa ko’p funksiyali bo’lib, ular yordamida bir necha test turlari yaratiladi. Topshiriqlarga bajarish muddatini qo’yish mumkin.
Topshiriq bajarilgandan keyin, bu haqida ma’lumot o’qituvchiga avtomatik tarzda keladi. Bajarilgan topshiriqlarni ko’rish uchun o’qituvchi Лентa vkladkasiga o’tiladi, keyin Все задания buyrug’i tanlanadi.
O’qituvchida bajarilgan/bajarilmagan ishlar haqida axborot paydo bo’ladi.

O’qituvchi o’quvchilarning topshirig’ini tekshiradi, baholaydi, o’quvchilarnng javobiga
izoh beriladi.

Kurs yaratilgandan keyin kurs muallifi kursning qisqacha tavsifi – dasturi, kursni boshlanish va tugash sanasi, ishlash qoidasi va o’quvchilarga talablar, ro’yxatdan o’tish shakliga havola beriladi.
Kurs muallifi mustaqil ro’yxatdan o’tgan o’quvchilarga kurs kodini yuboradi yoki kursga o’quvchilarni o’zi ro’yxatdan o’tkazadi. Пользователи vkladkasida kurs kursini ko’rish yoki o’quvchilarni (ismi yoki elekton pochta manzili bo’yicha) taklig qilishi mumkin.
O’quvchilar Google Classroom platformasida tashkillashtirilgan o’quv kursida o’qishi
uchun ularda Google akkaunti bo’lishi kerak.


Download 5,83 Mb.
1   2   3   4   5




Download 5,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



https://www.youtube.com/watch?v=AEYU7XG2Uu4

Download 5,83 Mb.