|
Mavzu: murakkab mavzularni steam yondashuvi asosida o‘rgatish usullari reja
|
Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 20,25 Kb. | | #145691 |
Bog'liq MURAKKAB MAVZULARNI STEAM YONDASHUVI ASOSIDA O‘RGATISH USULLARI
MAVZU: MURAKKAB MAVZULARNI STEAM YONDASHUVI ASOSIDA O‘RGATISH USULLARI
REJA:
Ayrim murakkab mavzularni o‘qitish samaradorligini oshirish omillari.
Boshlang‘ich ta’limda murakkab mavzularni yoritishda zamonaviy yondashuvlardan amaliy foydalanish.
Tabiatshunoslik darslarida STEAM yondashuv.
STEAM texnologiyasi orqali integratsiyani tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son farmoniga ko‘ra innovatsion ta’lim jarayoniga o‘tish, zamonaviy kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda intensiv til, AKT va ta’lim berishning yangi metodlarini o‘rganish, STEAM pedagogika asoslarini o‘zlashtirish, yangi kasbiy kompetensiyalarni o‘zlashtirish uchun zarur bilimlar bazasini shakllantirish kabi masalalar vazifa qilib olindi.
STEAM - Ta’limni haqiqiy hayot bilan bog‘lovchi texnologiya.
STEAM Amerikada ishlab chiqilgan. STEAM yondashuvining eng mashhur namunasi Massachusets Texnologiyalar Instituti (MIT). Bu mashhur universitetining shiori “Mind and hand” – “Aql va qo‘l” dir. Massachusets Texnologiya instituti STEAM kurslarini ishlab chiqdi va hatto ba’zi o‘quv yurtlarida STEAM ta’lim markazlari yaratildi.
STEAM nima? STEM atamasi AQSH da ilk bor maktab dasturiga kiritilgan bo‘lib o‘quvchilarning ilmiy-texnika yo‘nalishlarida kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Keyinchalik bu yo‘nalish kengaytirilib atamaga qo‘shimcha harflar kiritildi.
Jumladan, unga “R” –robotics – robototexnikani qo‘shib STREM deb yoki “A” - art –san’atni qo‘shib STEAM deb atala boshlandi.
STEAM so‘zini harflab izohlansa:
S - science (tabiiy fanlar)
T - technology (texnologiya)
E - engineering (muhandislik ishi)
A- art (san’at)
M - mathematics (matematika)
Boshlang‘ich sinflarda “Tabiatshunoslik” fanini o‘qitishda STEAM texnologiyasini qo‘llasak, bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o‘rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o‘z-o‘zini namoyon qilish asoslarini o‘rganishadi, o‘z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta’minlaydi.
Shunday ekan, «Globus-Yerning kichraytirilgan shakli» mavzusini STEAM texnologiyasi asosida ishlab chiqamiz.
STEAM texnologiyasidagi S harfi fanni bildiradi. Bunda o‘quvchilar nazariy ma’lumotlar bilan tanishtiriladi.
Nazariy ma’lumot: Yer shari va uning ichki tuzilishi Yer sharining diametri – 12 800 km. Ekvatorning uzunligi, ya’ni Yer shari belbog‘ining uzunligi 40 000 km ga teng.
T harfi texnologiyani bildiradi. Yadro, mantiya, Yer po‘sti, globus, shimoliy qutb, janubiy qutb, ekvator haqidagi ma’lumotlar umumlashtirilib quyidagi savollarga javob topish topshiriladi:
1. Yerning diametri va ekvatorining uzunligi qancha?
2. Yer sharining ichki tuzilishini tushuntirib bering.
3. Yer yadrosida harorat qancha?
4. Globus nima, qanday maqsadda foydalaniladi?
5. Beruniy globusi haqida nimalarni bilasiz?
E harfi muhandislikni bildiradi. O‘quvchilarga qog‘oz va loy, plastilindan yerning modelini yasash topshiriladi.
A harfi san’atni bildiradi. O‘quvchilar berilgan ma’lumotlar asosida she’r, hikoya, esse yozadilar. Daftarlariga globusning rasmini chizish topshiriladi.
M harfi matematikani bildiradi. Globusning aylanish o‘qini, shimoliy va janubiy qutblarni hamda ekvatorni o‘lchamlarini matematik nuqtai nazardan hisob-kitob qilishlari zarur bo‘ladi.
Ta’limda STEAM-yondashuv umumta’lim maktablarida sinf-dars tizimidan loyihaviy faoliyatga tomon o’tish, fundamental bilimlarni funksional bilimlarga ko’chirish, ularni amaliyotda faol qo’llash jarayoni orqali fanlar integratsiyasi, kesishmasida muammolar yechimining yangicha yo’llarini izlash, lozim topilsa, kashf etishga yo’naltirish kabi vazifalarni qo’yadi.
Ta’limda STEAM-yondashuv umumta’lim maktablarida sinf-dars tizimidan loyihaviy faoliyatga tomon o’tish, fundamental bilimlarni funksional bilimlarga ko’chirish, ularni amaliyotda faol qo’llash jarayoni orqali fanlar integratsiyasi, kesishmasida muammolar yechimining yangicha yo’llarini izlash, lozim topilsa, kashf etishga yo’naltirish kabi vazifalarni qo’yadi.
|
| |