13 – mavzu: kirish. Ko‘prik av yo‘LO‘tkazgichlarni qurish ishlarini tashkil qilish. Reja




Download 14.79 Kb.
Sana04.04.2024
Hajmi14.79 Kb.
#187918
Bog'liq
13-маъруза
1-ADABIYOTLAR, artcut2009, Dilnoz opam Fuqarolik jamiyati mustaqil ish, Qism dasturlar haqida tuchuncha Formal va joriy o`zgaruvchilar F, 2 5312002984618503581(2), @e ceo Antidangasalik (1), Farm-iqtisod, 0. Shaxsiy ish reja 2022-2023-yil, dars ishlanma, 1-mavzu Psixologiya haqida tushuncha. Reja, download-order (3), Tavsiyanoma T.Jaloliddin, 4. Raqamli multimediya axborotlarni nashr qilish M Rasulova, 5.RAQAMLI MULTIMEDIYA AXBOROTLARINIQAYTA ISHLASH VA YARATISH Ғофурова Ферузахон, 1707399170-1

13 – MAVZU: KIRISH. KO‘PRIK AV YO‘LO‘TKAZGICHLARNI QURISH ISHLARINI TASHKIL QILISH.
Reja:
1. Qurishni industrlashtirish usullari.
2. Ko‘prik qurish darajasini ko‘tarishning asosiy yo‘nalishlari.
3. Ko‘prik qurish korxonalari.
4. Qurilishning kalendar grafiklari.
Tayanch so‘zlar va iboralar: qurishni industrlashtirish; mexanizasiyalash; avtomatlashtirish; modullash; ko‘prik qurish korxonalari; chiziqli va to‘rli kalendar grafiklar.

O‘zbekistondagi ko‘priklar va kuvurlarning 90% dan ko‘prog‘i temiretondan qurilgan bo‘lib, ularning asosiy qismi yig‘ma temirbetondandir. Xozirgi vaqtda yaxlit temirbetondan foydalanish kengayib bormokda.


Ko‘prik qurishda industrlashtirish darajasini ko‘tarish yanada mukammalroq texnologik usullardan foydalanish, qurilishni mashinaviy ishlab chiqarishga aylantirish hisobiga, ya'ni zamonaviy usular asosida qurishni tashkil qilish va effektiv tenologiyalardan foydalanish, shuningdek ishlarni mexanizasiyalashtirish darajasini yuqoriga ko‘tarish va iqtisodiy jihatdan arzon konstruksiyalardan foydalanish bilan bajariladi.
Xozirgi kunda O‘zbekistonda qurilish kostruksiyalari o‘lchamlari maxsus modul sistemasi asosida belgilanadi. Ushbu sistemaga asosan ko‘prik konstruksiyalarida modul 10sm, oralik kurilmalar uzunligi uchun esa - 300sm tanlangan.
Uzlukli to‘sinli oraliq qurilmalar uchun unifikasiyalangan namunaviy to‘sinlar va plitalar ishab chiqilgan bo‘lib, ularning uzunligi - 6, 9, 12, 15, 18, 24, 33 va 42m. Katta oraliqlar uzunligi 21 metrli modul bilan quriladi - 63, 84, 105, 126m va xokazo.
Qurilishni industrlashtirishning asosiy elementlaridan biri, ishlab chiqarish jarayonini mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish deb hisoblanadi.
Mexanizasiyalashtirish qisman yoki kompleks bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish jarayonida ayrim ishlarni mashinalar bajarib, qo‘l mehnati saqlanib qolsa qisman mexanizasiyalashtirish amalga oshirilgan bo‘ladi. Barcha ishlar mashinalar yordamida bajarilganda, kompleks mexanizasiyalashtirish joriy etilgan hisoblanadi. Kompleks mexanizasiyalashtirishning eng yuqori darajasi avtomatlashtirishdir.
Bir vaqtning uzida bir necha kichik va o‘rta sun'iy inshootlar qurilaetgan vaqtda qurish jarayonini oqimli usul yordamida bajarish maqsadga muvofiqdir. Ushbu usulda barcha ishlar mexanizasiyalashtirilgan bo‘lim ishchilari tomonidan bajariladi. Har bir bo‘lim ishlar bo‘yicha maxsus tayyorlangan va jihozlangan bo‘lishi lozim.
Oqimli usul o‘z navbatida tezlashtirilgan oqimli yoki ketma-ket oqimli bo‘lishi mumkin.
Avtomobil yo‘llari va temir yo‘llardagi sun'iy inshootlar «7 chi ko‘prik qurish» tresti, «Toshmetroqurilish» tresti, «O‘zavtoyo‘l» konserniga tegishli bo‘lgan maxsus ko‘prik qurish korxonalari tomonidan bajariladi.
I-III kategoriyali avtomobil' yo‘llaridagi shaxar va avtomobil yo‘llari ko‘priklari va yo‘lo‘tkazgichlari, shuningdek temir yo‘l ko‘priklari «7 chi ko‘prik qurish» tresti korxonalari tomonidan quriladi.
Kichik va o‘rta ko‘priklar va suv o‘tkazish quvirlarini qurish bo‘yicha katta hajmdagi ishlar «O‘zavtoyo‘l» konserni korxonalari tomonidan bajariladi.
Ko‘prik va yo‘lo‘tkazgichlardan foydalanish va ta'mirlash «O‘zbekiston temir yo‘llari» va «O‘zavtoyo‘l» konserni korxonalari zimmasiga yuklatilgan.
Ko‘prik qurish ishlarini tashkil qilish va qurish-montaj ishlariga boshchilik qilish chiziqli va to‘rli kalendar grafiklar yordamida bajariladi. Ushbu grafiklarda ishlarning ayrim turlari ketma-ketligi, hajmi va vaqti belgilanadi. Grafiklar bir necha turda bo‘lishi mumkin.
General yoki direktiv grafiklar ko‘prik loyixasi va qurishni tashkil qilish loyixalari asosida, qurish ishlarini bajarish muddatini hisobga olgan xolda ishlab chiqiladi. Bu grafikda ko‘prik kechuvi bo‘yicha ishlarning barcha turi (ko‘prik, ko‘tarma va yo‘naltiruvchi inshootlar qurish) hisobga olinadi, ya'ni qurilishning tayyorlov, asosiy va yakunlovchi bosqichlari.
Grafikda qurilish montaj ishlarining ayrim turlari gorizontal chiziqlar bilan vaqt masshtabida ko‘rsatiladi. Yuqori tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan grafiklar direktiv bo‘lib, bajarilishi majburiydir.
General grafiklardan tashqari ishchi grafiklar ham ishlab chiqiladi. Ishchi grafiklar ko‘prikning aloxida elementlari yoki ishning biron bosqichi uchun ishlab chiqiladi, misol uchun aloxida tayanchlar poydevorini qurishga, tayanch va oraliq kurilma yigma konstruksiyalarini yig‘ishga, xarakat qismini jihozlashga va boshqalar.
Qurilish davrida ishlab chiqarish korxonalari tomonidan shuningdek kvartal uchun, oylik, xaftalik yoki dekada uchun grafiklar ishlab chiqilishi mumkin. Bu grafiklarda ishlab chiqarishning barcha xususiyatlari hisobga olinadi (maxalliy sharoitlar, daryo oqimi xususiyatlari va boshqalar).
Ishlarni tashkil qilish davrida qurilishning general grafigiga qo‘shimcha shaklda yordamchi grafiklarni tuzish tavsiya qilinadi, misol uchun asosiy qurilish montaj jihozlariga, xarakatlanuvchi va xarakatsiz kranlarga, kompressor va elektr stansiyalariga, beton qorish moslamalariga talab, yig‘ma temirbeton konstruksiyalarga va qurilish materiallariga talab va keltirish muddatlari.
Yirik ko‘prik kechuvlarini qisqa muddat ichida qurish kerak bo‘lgan xollarda qurishni tashkil qilish to‘rli grafiklar asosida bajariladi. To‘rli grafiklarning asosiy afzaliklari ushbulardan iborat: 1) qurilishning muddatiga ta'sir qiluvchi asosiy ishlar aniq belgilanadi; 2) orqada qolaetgan ishlarni aniqlash, nazorat qilish va kerak bo‘lganda yordam berish imkonini beradi; 3) bajariladigan ishlarning texnologik ketma-ketligi yaqqol bilinadi; 4) grafikni qayta ishlamasdan unda xosil bo‘lgan konkret sharoitlarni ko‘rsatish.

NAZORAT SAVOLLARI:


1. Ko‘prik qurish ishlarini industrlashtirish ishlari qanday bajariladi?
2. Mexanizasiyalash qanday turlarga bo‘linadi?
3. Ko‘prik qurish ishlari qanday korxonalar tomonidan bajariladi?
4. Kalendar' grafiklarning qanday turlaridan foydalaniladi?
Download 14.79 Kb.




Download 14.79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



13 – mavzu: kirish. Ko‘prik av yo‘LO‘tkazgichlarni qurish ishlarini tashkil qilish. Reja

Download 14.79 Kb.