|
Bino pollari
|
bet | 1/5 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 55,37 Kb. | | #153104 |
Bog'liq Bino pollari
BINO POLLARI
Reja:
Pollarga qo‘yiladigan talablar.
Pollarning tuzilmaviy elementlari.
Tekis yuzali yopma pollar.
Donabay va rulon materialli pollar.
Pollarga qo‘yiladigan talablar.
Pol tuzilmalari va turini tanlashda unga ishlab chiqarishni ta’siri, chidamliligi ta’minlanganligi va undan foydalanish qulayligi hisobga olinadi.
Sanoat binolari pollariga ishlab chiqarishda bo‘ladigan ta’sirlar quyidagicha: mexanik taomirlash, montaj va demontaj, texnologik jarayon vaqtida urilishlar; ishchilar va relpssiz trasportlar harakati, jihozlar va har hil narsalarning og‘irligi va o‘rnilarini almashtirish, suyuqliklar - suv, kislota, ishqor, yog‘lar; isssiqliklar – issiq narsalar, suyuqliklar va issiq bosim ostida havo va h.k.
Shuning uchun ham sanoat binolar pollari quyidagi talablarga javob berishi kerak: yuqori mexanik mustahkamlik, tekis bo‘lishi, sirg‘anmasligi, yong‘inga chidamli, suv o‘tkazmasligi, hamda har hil kimyoviy moddalarga qarshi bo‘lishi, tez va oson taomirlanishi, oson tozalanishi va tashqi ko‘rinishini saqlash. Amaliyotda shunday pol tuzilmasi yo‘qki yuqoridagi talablarni barchasini qondirsin.
Pollar maksimal darajada ishlab chiqarish spesifikatsiyasidan kelib chiqadigan talablarni qanoatlantiradi. Agar pollarga bir necha qarama – qarshi faktorli talablar ta’sir etadigan bo‘lsa, u holda berilgan ishlab chiqarish uchastkasi uchun kerak bo‘lgan pol turi tanlanadi.
Har qanday texnologik jarayon alohida operatsiyalarga bo‘linib ketadi, shuning uchun bitta binoda har hil ishlab chiqarish uchastkalarida pollarni bir necha turlarini qo‘llashga to‘g‘ri keladi.
Loyiha hujjatlarida pol rejalarining har bir bo‘limlarida turlari, detallari va unga qo‘llaniladigan materiallar va buyumlar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Birinchi qavat pollari yuzasi maydonga birikadigan rejalash belgilaridan 150 mm ga yuqori bo‘ladi.
|
| |