• Asfaltbeton plitkalar
  • Serqirra toshli (bruschatiy)
  • Klinkerli (g‘ishtli)
  • Donabay va rulon materialli pollar




    Download 55,37 Kb.
    bet4/5
    Sana08.02.2024
    Hajmi55,37 Kb.
    #153104
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Bino pollari

    Donabay va rulon materialli pollar.
    Plitali pollar xonalarga yuqori tozalik talab etilgan sanoat binolarida qo‘yiladi.
    Plitalar turi polga taosir etuvchilarga bog‘liq holda tanlaniladi. Yopma uchun betonli, sement-qumli, mozaik, ksilolitli, asfaltbetonli, keramik plitkalar qo‘llaniladi.
    Betonli, sement-qumli, mozaik va ksilolitli plitalar qalinligi 10-15 mm. sement qumli qorishma ustiga qo‘yiladi.
    Keramik va toshdan qilingan plitalar sement-qumli qorishmadan tashqari, bitumli yoki qatron mastikalar (qalinligi 2-3 mm)va suyuq shisha qorishmasiga (qalinligi 25 mm) qo‘yiladi.
    Asfaltbeton plitkalar bitumli yoki qatron mastikali qatlamlarga teriladi.
    Plitali pollar polivinilxloridli va fenol polimerlaridan ham tayyorlanadi va ular kvadrat, to‘g‘ri burchakli va figurali bo‘lib, har xil rangda tekis va reflenniy qilib chiqariladi. Ulchamlar 100x200dan 500x500mmgacha qalinligi 1,5-7,5mm. Plitalar sement-qumli qorishma qatlami ustiga kerakli mastikalar yoki yelimlar bilan yopishtiriladi. Bir qavatli binolar plitali pollari tagi tayyorlovchi qatlami betondan, ko‘p qavatli binolarda ora yopma plitalariga o‘rnatiladi. Bunday pollarni kamchiligi choklar sonini ko‘pligi, yaoni uzoqga chidamliligini kamaytiradi.
    Serqirra toshli (bruschatiy) pollarni yuqori haroratli ishlab chiqarish uchastkalarida, og‘ir zarbalanadigan joylarda, kimyoviy reagentlar taosir etganda, hamda harakat joylarida og‘ir transport ishlatilganda qo‘llaniladi.
    Serqirra toshlar granitdan, bazaltdan, diobazdan va boshqa mustahkam materiallardan tayyorlanadi. Ulchamlari 150x200 mm, balandligi 120-160 mm. Serqirra toshli yopmalar betonli tayyorlov qatlamga qo‘yiladi.
    Klinkerli (g‘ishtli) pollar ham xuddi serqirra toshli kabi qo‘llaniladi. ishtlar yon tomoni bilan qo‘yiladi.
    Yon tomonli (torsovoy) pollar elastik va shovqinsiz, shuning uchun ularni ko‘proq odamlar tikka turib ishlaydigan xonalarda qo‘llaniladi.
    Yon tomonli yopmalar qattiq yog‘ochlardan to‘g‘ri burchakli yoki olti qirrali shashka qilinadi, o‘lchamlari: eni 60 – 100 mm, uzunligi 80-250 mm va balandligi 60-80 mm.
    Yon tomonli shashkalar qalinligi 10-15 mm beton tayyorlov qatlami ustiga qum qatlam qo‘yib yotqiziladi.
    Metall pollar, metall ko‘p sarf bo‘lishi natijasida narxini oshishini hisobga olib, bunday pollarni ayrim holatlarda qo‘llaniladi.
    Og‘ir narsalar tushadigan, erigan metal quyiladigan, yuqori harorat tahsir qiladigan issiq sexlar pollari metaldan qilinadi.
    Yopma sifatida teshikli cho‘yan va metal plitalardan foydalanadi. Cho‘yan plitalar o‘lchami 248x248 mm. va 298x298 mm, qalinligi 6 mm, qobirg‘asi bilan qo‘shib balandligi 42 va 30 mm. Temir plitalar o‘lchami 300 x 300 mm, qalinligi 2,5 – 3 mm va balandligi 19 mm.
    Metal plitalar qumdan yoki mayda donali betondan qilingan qatlamga qo‘yiladi.

    Download 55,37 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 55,37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Donabay va rulon materialli pollar

    Download 55,37 Kb.