|
Bino pollari
|
bet | 3/5 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 55,37 Kb. | | #153104 |
Bog'liq Bino pollari Himoya qatlami pollardan har xil oqova suvlar va suyuqliklar o‘tmasligi va yer osti suvlari kirmasligi uchun qo‘yiladi. Birinchi holatda pol yopmasi tagiga yopishtiriladigan materiallar, ikkinchisida qo‘yiladigan, asfaltli yoki tayyorlov qatlami tagiga yopishtiriladigan materiallar qo‘llaniladi.
Yopishtiriladigan himoya qatlami mos tushadigan mastikalarga qo‘yilgan 3-5 qatlam toldan, 2-4 qatlam gidroizoldan, 1-2 qatlam poliizobutilendan, quyiladigan butum yoki degtiga shimdirilgan bir qatlam shebendan iborat bo‘ladi.
Issiq va tovushdan himoya qilish uchun pollarga mineral vatali va shisha tolali matalar va plitalar, yog‘och tolali plitalar, yengil betonli va boshqa materiallar o‘rnatiladi.
Tekis yuzali yopma pollar.
Namligi yuqori bo‘lgan sexlar, pollarga mineral yog‘lar, ishqorlar, organik qorishmalar tomishi, hamda mexanik va yuqori harorat taosirida bo‘lgan xonalar poli beton va mozaikadan qilinadi.
Alohida sharoitlarda pol yopmasi issiqga va kislotaga chidamli betonlardan qilinadi. Beton pollar to‘ldiruvchisi shag‘al va shebenli markasi 200-400 li betondan tayyorlanadi.
Sementni ko‘rinishi va to‘ldiruvchilar pollarga bo‘lgan talablar asosida tanlanadi.
Namligi yuqori va transporti doimiy harakatda bo‘lgan sexlarda beton pollar qo‘llaniladi.
Ыalinligi 20-25 mm mozaik yopmalar markasi 200-300li betondan qilinib, unga toshli ushshoqlar botiriladi. Ushshoqlar marmardan, granitdan va bazalptdan tayyorlanadi.
Betonli va mozaik yopmalar tayyorlovchi qatlamga, ora yopma plitaga va tekislovchi qatlamga yotqiziladi. Mozaik pollar yuqori tozalikdagi ishlab chiqarish binolarida, laboratoriyalarda va h.k. larda qo‘llaniladi.
Sement-qumli va metall sementli pollar betonli pollar sharoitiga o‘xshash joylarga qo‘yiladi. Metall sementli pollarni gusenitsali va g‘ildaragi metaldan qilingan transport yuradigan sexlarda o‘rnatiladi.
Sement-qumli yopmalar qalinligi 20-30 mm. bo‘lib, qorishma markasi 200-300 olinadi. Metall sementli yopmalar metall strujkasi, sement va suv aralashmasidan tayyorlanib qalinligi 15-20 mm olinadi, yopmaning qalinligi 20 mm sement-qumli tekislovchi qatlam ustiga yotkiziladi.
Asfaltbeton pollar kam harakat bo‘ladigan, suv, kislota va ishqorlarni polga taosiri kamroq sexlarda qo‘llaniladi. Uni qalinligi 25-50 mm bo‘lib, tarkibi bitum aralashmasi, changsimon to‘ldirgichlar, qum va shag‘aldan iborat.
Bunday pollar elastik, shovqinsiz va dielektrik xususiyatlarga ega bo‘lib, beton, tosh yoki shebenli tayyorlov qatlami ustiga yotqiziladi.
Ksilolitli pollar odamlar intensiv harakatsiz uzoq vaqt bo‘ladigan xonalarda, foydalanishda rejimi quruq va portlash bo‘lmaydigan sexlarda qo‘llaniladi.
Ksilolit yopma tarkibi kaustik magnezit, magniy xlorni suvli aralashmasi, yog‘och qipiqlari, qum va mineral pigmentdan iborat. Yopmalar bir yoki ikki qatlamli qo‘yiladi. Bir qatlamlida yopma qalinligi 15-20 mm, ikki qatlamlida har bir qatlam qalinligi 8-10 mm olinadi. Yopma sement qumli qorishma ustiga yotkiziladi. Tayyorlovchi qatlam betondan qilinadi.
Polimer sement-betonli, polivinilasetatli pollar yuqori mustahkamligi, kam changlanishi, yaxshi elastik xususiyatlarga ega.
|
| |