|
Pollarning tuzilmaviy elementlari
|
bet | 2/5 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 55,37 Kb. | | #153104 |
Bog'liq Bino pollariPollarning tuzilmaviy elementlari.
Bir qavatli binolarda pollar grunt ustiga, ko‘p qavatlida orayopmalar ustiga o‘rnatiladi.
Asos gruntlari pollarda umumiy va mahalliy deformatsiya bo‘lmasligini ta’minlashi kerak. Pol o‘rnatiladigan gruntlar kuchsiz bo‘lsa, ular zichlanadi yoki zichlangan va shakli o‘zgarmaydiganlarga almashtiriladi.
Polning asosiy tuzilmaviy elementlariga yopma, tayyorlovchi qatlam (podgotovka ), oraliq qatlam, tekislovchi qatlam, oqova suvdan va issiqdan himoya qatlamlari kiradi.
Yopma–bu polning yuqori elementi bo‘lib, foydalanilayotganda hamma ta’sir qiluvchilarni qabul qiladi. Pol yopmasi tekis yuzali (sploshnoy) (betonli, asfaltbetonli, ksilolitli, mastikali va h. k.), rulon materiallardan (linoleum va h.k.), donabay (beton, keramik, plastmassa, cho‘yan va boshqa plitalar, serqirratosh, g‘isht va h. k.) bo‘ladi. (Rasm32)
Rasm 32.Asosiy pol turlari
a–soztuproqli, b – shag‘al yoki shebyonkali, v – betonli, g – asfaltbetonli, d,e – ksilolitli, j – qirqilgan toshli, z,i – g‘ishtli, k,l – yon tomonli, m - plitali
Pol yopmasi qalinligi polga tushadigan yuklar miqdori va ta’sir xarakteri, qo‘llanilayotgan materiallar va grunt xususiyatiga qarab tanlanadi.
Tayyorlovchi qatlam (podgotovka) polni gruntdagi elementi, tushayotgan yuklarni asosga uzatadi.
Bu qatlam betondan, shag‘aldan, shebendan, qumdan, shlakdan, toshdan va h.k. qilinadi. Tayyorlovchi qatlam qalinligi hisoblanib aniqlanadi va kamida: betonlida-100 mm, qumli-60, toshli-120, shag‘alda-80 mm. olinadi.
Oraliq qatlam yopma bilan pastki elementni bog‘lovchi yoki yopma uchun elastik to‘shak vazifasini o‘taydi. Oraliq qatlami sifatida sement-qumli qorishma (qatlam qalinligi 10-15mm), suyuq shisha (10-25mm), bog‘lovchi mastika (1-3mm) va qum (10-15mm) ishlatiladi. Metall plitalardan qilingan pollar qalinligi 60-220mmli, yirik beton plitali pollar qalinligi 35-40mmli qumli oraliq qatlamlarga qo‘yiladi.
Tekislovchi qatlam pol elementlari (yoki ora yopma) yuzasini tekislash yoki yopmaga kerakli qiyalik hosil qilish uchun quyiladi. Tekislovchi qatlam sement-qumli qorishmali M150-200 (qalinligi 20-50mm), ksilolitli M50-75 (15mm), betonli M100 (20-40mm), yengil betonli M50-75 (20-60mm) bo‘ladi.
|
| |