13-Laboratoriya mashg’uloti
Mavzu: Matematik formulalar bilan ishlash
Kerakli qurilmalar. Kompyuter, internet tarmog’I, proyektor, mobil qurilmalar, ish stoli.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Matematik va munosabat belgilari,oddiy belgilar
Matematikada ko’p hollarda grek harflaridan foydalaniladi.Shu sababli biz ham LATEXda matematik formula kiritishni grek harflarini kiritishdan boshlaymiz. LATEXda grek harflarini kiritish buyrug’i “\” belgisi va shu belgining inglizcha nomini yozish orqali kiritiladi(Masalan: harfi \alpha kabi kiritiladi).Shu o’rinda yana bir ma’lumotni aytib o’tish kerak.Grek harflari ro’yhatidan (“omikron” deb o’qiladi) harfini bu usul bilan kiritib bo’lmaydi(Ya’ni \omikron deb yozish no’to’g’ri hisoblanadi).Bu harfni kiritish uchun kursivda yozilgan lotincha “o” harfi,yoki odatdagidek o harfini kiritish kifoya.Misol tariqasida bir
necha grek harflarining LATEXda yozilishini jadvalini keltiramiz.
Bu ro’yhatga ∑ va ∏ larni kiritish noto’g’ri.Bu belgilar yig’indi va ko’paytmani bildirgani bois maxsus buyruqlar yordamida kiritiladi.Lotin harflarini kiritganda katta va kichik harflar bilan kiritish avtomatik tarzda aniqlanadi.Grek harflarini kiritishda esa “\” dan keyin harf nomi yozilayotganda birinchi harf katta harf bilan yoziladi.Bir necha harflar ro’yhati
Γ \Gamma ∆ \DeltaΘ \Theta
Λ \Lambda Ξ \XiΠ \Pi
Σ \Sigma U \UpsilonΦ \Phi
Ψ \PsiΩ \Omega
Endi binar amallari haqida.Binar amallar(ko’paytirish bo’lish va h.k) ni qo’llashda ayrim amallarni ketma- ket yozish kerak bo’lsa hech qanday probelsiz davomidan yozish mumkin.Binar amallarning to’liq ro’yhati:
Keyingi jadvalimiz binar amallarning yana bir turi munosabat amallari:
Keyingi jadvalimiz yo’nalish ko’rsatgichlari(strelkalari).Latex ko’plab ko’rsatgichlarning vertikal va gorizontal variantlarini taqdim etadi.
Keyingi jadvalimiz sinus tipli amallar.Matematikada ko’p qo’llanadigan bu tipdagi amallar ya’ni sin,log va h.k lar Latexda ham xuddi shunday yoziladi.Shuningdek istalgan funksiyaning quyi va yuqori indeksidan foydalanish mumkin.
Bu yerda funksiyalar ingliz tilidagi ko’rinishida yozilgan.O’zbek tilida tangens “tg” ko’rinishda qabul qilingan.Shuning uchun tangensni yozish uchun \tg yozish kifoya.Lekin odatda agar Latexda yozilayotgan hujjat tili ko’rsatilmasa avtomatik holda inliz tili(english) tanlanadi.Bunday holda Latex \tg buyruqni tanimaydi.Agar biz \tg ni ishlatmoqchi bo’lsak hujjat boshida \usepackage ga russianni kiritib qo’yish yetarli.Chunki rus tilida ham tangens “tg” ko’rinishda qabul qilingan.Latexda tillar paketiga hali o’zbek tili kiritilmagani tufayli rus tili
paketidan foydalanish qulay.Xullas natija \usepackage[russian]. Kotangens(ctg) ham xuddi shu ko’rinishda kiritiladi.
Endi oliy matematikada ko’p ishlatiladigan belgilar:
Ko’p ishlatiladigan buyruqlardan yana biri integral belgisi uchun qo’llanadigan buyruqdir.Latexda odatiy integral (∫) kiritish uchun \int buyrug’i,
konturli integral ( ò ) uchun \oint buyrug’i ishlatiladi.Integralning yuqori va pastki indekslari va integral osti funksiya ham
kiritish mumkin.Masalan:
$$
\int_0^1x^2\,dx=1/6
$$
Agar integral chegaralari indeksda emas, yuqori va quyi chegarada bo’lishi lozim bo’lsa , u holda \int buyrug’ini \limits buyrug’i bilan birgalikda ishlatishimiz mumkin.Masalan:
$$
\int\limits_0^1 x^2 dx=1/6
$$
Agar chegaralar boshqacha ko’rinishda bo’lsa ya’ni turli xil operatorlar va belgilardan iborat bo’lsa \nolimits dan foydalanish mukin.Masalan:
$$
\prod\nolimits_{i=1}^ni=n! $$
|