13-mavzu. Fenlandiya ta’lim tizimi Reja: Fenlandiya ta’lim tizimi haqida umumiy e’tibor Fin ta’limining asoslari haqida 3




Download 22.57 Kb.
Sana21.09.2023
Hajmi22.57 Kb.
#83304
Bog'liq
filandiya


13-mavzu. Fenlandiya ta’lim tizimi Reja: 1.Fenlandiya ta’lim tizimi haqida umumiy e’tibor 2.Fin ta’limining asoslari haqida 3. Maktab hayotiga doir boshqa muhim ma’lumotlar Mutaxassislar fikriga ko’ra, dunyoning eng yaxshi ta’lim tizimi Finlandiyada ekan. Finlandiya Yevropaning rivojlangan mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Xo’sh, dunyoda eng yaxshi hisoblanadigan Finlandiya ta’lim tizimi, boshqalardan nimasi bilan ajralib turadi?  Finlandiyada nufuzli yoki oddiy maktab tushunchasi yo’q. Hamma maktab davlatga tegishli bo’lib, ular bir xil moliyalanadi va bir xil asbob-uskuna va imkoniyatlarga ega;  Kichik sinflarda bolalarga uy vazifasi berilmaydi, imtihon topshirmaydi va ularga baho qo’yilmaydi;  Fin maktablarida bolalar juda ko’p insho yozadi: mustaqil ishlash bolaga har bir masala haqida o’z fikriga ega bo’lishni va fikrini badiiy tilda izohlashni o’rgatadi;  Bir fanni boshqa fanlar o’rnida chuqurroq o’rganish ma’qullanmaydi. Masalan finlar matematikani san’atdan ko’ra chuqurroq o’rganish kerak deb hisoblamaydi;  Bir o’quvchini boshqa o’quvchibilan qiyoslash ta’qiqlangan. Nogiron va qobiliyatlari bolalar bir sinfda o’qishadi;  Fin maktablari shiori shunday: Biz bolani yo hayotga tayyorlaymiz, yo – imtihonga. Biz birinchisini tanladik”. Shuning uchun ham fin maktablarida faqat bir marta – o’quvchi 16 yoshga to’lganda imtihon topshiriladi;  Fin maktablarida eng asosiysi— o’quvchini mustaqil hayotga tayyorlashi, deb hisoblanadi. Shuning uchun ham ularga mustaqil bilim olishni o’rgatishadi. Bolalar yodlab olingan formulalar o’rniga, spravochnik, kalkulyator va internetdan foydalanishni o’rganadi;  O’qituvchilar bir kunda sinf xonasida 4 soat dars beradi va haftaga 2 soat o’qituvchi malaka oshirishiga sarflanadi;  Finlandiyada "o’qituvchi” kasbi – obro’li kasb hisoblanadi. Oliy ta’lim maskanlarida o’qituvchi bo’lish ishlashga juda katta konkurs mavjud;  Finlandiyada umumiy o’rta ta’lim – bepul. Buning ichiga bepul tushlik, ekskursiya, maktab avtobuslari va kitoblar kiradi. Ota-onalardan pul yig`ish ta’qiqlangan; Ma’lumki, Finlandiya Yevropa shimolida joylashgan kichik mamlakat. Katta tabiiy boyliklar, savdo imtiyozlari yoki boshqa sezilarli daromad manbaalariga ega emas. 20 asr boshlarida Finlandiya Yevropaning eng qashshoq mamlakatlaridan biri bo’lgan. O’sha yillarda minglab finlar AQSh, Angliya, Germaniya va Fransiyaga borib oddiy ishchi sifatida (mehnat migranti) ishlagan. O’sha vaqtlarda amerikada uy xizmatchisini "finka” deb atashgan. 94 Bugungi kunda esa, Finlandiya dunyoning nufuzli tahliliy markazlar fikriga ko’ra, "Dunyoning eng yaxshi mamlakati”, "Erkaklar va ayollar huquqlari teng mamlakat”, "Dunyoning eng stabil mamlakati”, "Dunyoning eng xavfsiz mamlakati”, "Dunyoning eng qulay mamlakati” degan nomlariga sazovor bo’lgan. Ma`lumki, so'nggi paytlarda Finlyandiyadagi ta`lim tizimi dunyodagi eng yaxshi tizim ekanligi va mazkur tizimning bunday maqomga erishishda yordam beradigan radikal (Buyuk Britaniya va AQSh ta`lim tizimi bilan solishtirganda) g'oyalar qanday ishlayotgani haqida fikrlar matbuotda keng muhokama qilinmoqda. Xo'sh, Finlyandiya ta`lim tizimi bunday muvofaqqiyatga qanday erishdi? Zero, aksariyat hollarda fin talabalari AQSh va Buyuk Britaniya talablaridan yuqoriroq natijalar qayd etishadi. Ma`lumki, Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (OECD) tomonidan har uch yilda bir marta o'tkazildigan Xalqaro Talabalarni Baholash Dasturi (PICA), muntazam ravishda amerikaliklar va britaniyalik talabalarning ta`lim samaradorligini baholashda jiddiy ravishda ortda qolayotganligini ko'rsatib turadi. Bugun shu haqida gaplashamiz. 1.Finlyandiya bolalari ta`limni boshqa mamlakatlarnikiga qaraganda kechroq boshlaydilar. Ular 7 yoshdan boshlab maktabga qabul qilinishadi. «Bolalarni haddan ziyod erta maktabga berish ilmiy jihatdan foydali emasligi tasdiqlangan», deyiladi fin tizimida. 2. 7 yoshgacha bo'lgan bolalar kunduzgi bolalar bog'chalariga qatnaydilar, ammo u yerda darslar o'rniga ijodiy o'yinlarga e`tibor berishadi. «Bu yoshdagi bolalarga o'ynash va jismoniy faol bo'lish uchun vaqt kerak. Bu yosh ijodkorlik davri”, deydi Xelsinki shahridagi Franseniya kunduzgi davolash markazi rahbari Tina Marjoniemi. 3.O'qishning har 45-daqiqasida talabalar 15 daqiqa tanaffus qilib, turli o'yinlar o'ynashadi. 4.Finlandiyada majburiy ta`lim 9 yil davom etadi, o'quvchilar 16 yoshdan o'qishni tark etishlari mumkin. Ushbu g'oya Finlyandiya talabalarini haqiqiy hayotga tayyorlashga qaratilgan. 5.Finlyandiyada talabalar faqat 16 yoshida markazlashtirilgan imtihon (Milliy Matriculation Test) dan o'tishlari talab qilinadi. 6.Finlyandiya talabalari rivojlangan mamlakatlar ichida eng kam dars soatlarini o'qiydilar (darslar 8-9 oralig'ida boshlanib, kunduzgi 2 gacha yakunlanadi), shunga qaramay juda yaxshi natijalar qayd etadilar. Finlyandiyadagi maktablar hech qanday tartibda joylashmagan, maktablar, mintaqalar, o'qituvchilar va hatto talabalar o'rtasida taqqoslashlar mavjud emas. Ular raqobat emas, aynan hamkorlik muvaffaqiyat kalitidir, deb hisoblashadi. 8.Fin o'qituvchilari dunyodagi eng malakali mutaxassislardir. Finlyandiyada o'qituvchilikka bo'lgan talablar juda yuqori. 9.Finlyandiya o'qituvchilari xuddi shifokorlar va yuristlar kabi maqomga ega. Ularning ijtimoiy mavqeisi ham juda yuqori. 10.Fin o'qituvchilarining bu qadar o’lkan mavqega egaliklari o'qituvchi kasbiga bo'lgan talabning yuqoriligi hamda malaka imtixonlarining murakkabligi bilan izohlanadi. Shuning uchun Finlyandiyada ular o'z o'qituvchilarini doimiy ravishda baholash va baholab borish zaruratini sezmaydilar. Agar o'qituvchidan qandaydir xato yoki kamchilik o'tadigan bo'ls, u bilan maktab direktorining o'zi shug'ullanib qo'ya qoladi. 11.Finlandiyada maktablar tekshirilmaydi. 1990 yillarning boshlarida Finlyandiyada maktablarni maxsus komissiyalar tomonidan tekshirilish amaliyoti bekor qilindi. Finlandiyaliklar o'qituvchilar va maktab rahbarlarining professionalligiga ishonadilar. Maktablar o'z-o'zini baholashga da`vat etiladi. 95 12.Finlandiyada xususiy maktablar mavjud emas. Fin maktablari o'rtasida raqobat yo'qligining sabablaridan biri shundaki, barcha maktablar davlat mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladi. Shu bois qaerdadir yaxshi, qaerdadir sustroq ta`lim berilishiga yo'l qo'yilmaydi. 13.Finlyandiya maktablarining barcha o'quvchilarining tushligi davlat tomonidan qoplab beriladi. 1943 yildan buyon mazkur amaliyotga amal qilib kelinmoqda. 14.Finlyandiya ta`lim tizimi test natijalarini ko'paytirish va matematika, tabiiy fanlar va ingliz tillariga ustuvorlik berish o'rniga, o'qish uchun sog'lom va uyg'un muhit yaratishga e`tibor qaratildi. Bunda ta`lim «ijtimoiy tengsizlikni muvozanatlash vositasi bo'lishi kerak», degan mafkuraga amal qilinadi. 15.Finlyandiya talabalari ko'proq tillarni o'rganishadi. Ular fin tilini maktabdagi birinchi kunidan o'rganishadi. 9 yoshida ular shved tilini o'rganishni boshlaydilar. 11 yoshida ular uchinchi tilni (odatda ingliz tilini) o'rganishg rag'batlantiriladi. Ko'plab o'quvchilar 13 yoshida to'rtinchi tilni o'rganayatgan bo'ladi. 16.O'qituvchilar odatda kuniga 4 soatdan mashg'ulot o'tkazishadi va har hafta ularga kasbiy rivojlanish uchun 2 soat vaqt ajratiladi. Bu esa, o'z navbatida muallimlarga tushadigan stressni kamaytiradi. 17.Finlyandiya milliy o'quv dasturi keng qo'llanma bo'lib, o'qituvchilarga o'z uslubi va fikrlarini sinfda ishlatishiga imkon beradi. Bu Finlyandiya ta`lim tizimining o'z o'qituvchilariga bo'lgan ishonchiga asoslanadi. 18.O'rta maktab o'quvchilarining 66% qo'shimcha ta`limga (kollej yoki kasb-hunar kurslariga) qatnaydilar. Finlyandiya har bir talabaga AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Germaniyaga qaraganda taxminan 30% kamroq mablag' sarflaydi (OECD statistikasi). PISA nufuzli xalqaro tashkiloti har 3 yilda o‘tkaziladigan xalqaro tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, fin maktab o‘quvchilari dunyodagi eng yuqori darajadagi bilimlarni namoyish qilishdi. Ular sayyoramizning eng ko‘p o‘qigan bolalari sifatida e’tirof etildi. Ahamiyatli tomoni, finlyandiyalik o‘quvchilar boshqa mamlakatlardagi tengdoshlariga nisbatan maktabda kamroq vaqt o‘tkazib, kuniga eng ko‘pi bilan yarim soat dars qilishar ekan. Xo‘sh, fin ta’lim tizimi dunyoning eng muvaffaqiyatli ta’lim tizimi sifatida e’tirof etilayotganining sababi nimada? Maktabda kamroq bo‘lib, kam dars qilgan o‘quvchilar qanday qilib sayyoraning eng yaxshi o‘quvchilari sifatida tan olindi? Ana shu savollar bizni qiziqtirdi. Finlyandiya ta’limini o‘rgandik, mutaxassislarning fikrlarini tingladik. Manba izlash davomida shu bo‘yicha bizga o‘zimiz xohlagan ma’lumotni bera oladigan mutaxassis ham topdik. “ConnectUz” konsalting kompaniyasining asoschisi, ta’lim va tadqiqotlar sohasida jamoat arbobi, Finlyandiya yoshlari loyihasining muallifi,universiteti ma’ruzachisi, Buyuk kelajak maslahat kengashi a’zosi, hozirgi kunda Finlyandiyada yashaydigan vatandoshimiz Kamilla Sultanova bilan bog‘landik. U Finlyandiya ta’limi to‘g‘risida bizga ma’lumot berdi. Fin ta’limining asoslari haqida Bu erda bolalar haftada besh kun, faqat kunduzi va juma kuni qisqartirilgan maktab kunida o‘qishadi. Dars vaqti har bir maktabning o‘z ixtiyoriga ko‘ra, 8 dan 16 gacha. Bu mamlakatning eng katta maktabida 960 ta o‘quvchi bor. Eng kichik maktabda esa 11 nafar o‘quvchi ta’lim oladi.Deyarli barcha maktablar – davlat maktablaridir. SHuningdek, xususiy maktablarham bor. Finlyandiya yuqori darajadagi ta’limga ega. Dastlabki tayyorgarlik, o‘rta ta’lim va ikkinchi bosqichni o‘qitish bepul bo‘lib, ko‘p hollarda qo‘shimcha ta’lim ham bepuldir. Daromad darajasidan qat’i nazar, har bir oila sifatli ta’lim olish va mamlakatning faol fuqarosi bo‘lish uchun teng imkoniyatga ega. Bu erda bolalar haftada besh kun, faqat kunduzi va juma kuni qisqarti- rilgan maktab kunida o‘qishadi. Dars vaqti har bir maktabning o‘z ixtiyoriga ko‘ra, 8 dan 16 gacha. Bu mamlakatning 96 eng katta maktabida 960 ta o‘quvchi bor. Eng kichik maktabda esa 11 nafar o‘quvchi ta’lim oladi.Deyarli barcha maktablar – davlat maktablaridir. SHuningdek, xususiy maktablarham bor. O‘quv yili avgustda boshlanib, may oyi oxirida yakunlanadi Fin ta’limi muvaffaqiyatini ta’minlaydigan 7 ta asos bor. SHular haqida to‘xtalamiz: hamma narsada tenglik kerak: Bu har bir narsada tenglik tamoyilini ilgari suradi. Keling izohlaymiz. Masalan, eng yaxshi maktab yoki eng yomon maktab degan tushuncha yo‘q. Barcha ta’lim muassasalari bir xil jihozlanadi, bir xil moliyalashtiriladi. Tenglik tamoyili maktabning har bir yo‘nalishida aks ettirilgan, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Masalan, hamma fan-lar birdek o‘qitiladi, biri boshqasiga qaraganda chuqurroq o‘rgatilmaydi. O‘quvchining ota-onasi qaerda, kim bo‘lib ishlashi muhim emas, hamma o‘quvchi tengdir, degan qarash ham bor. O‘qituvchilarga o‘quvchilardan ota-onasi, ularning ish joyi haqida so‘rashi taqiqlangan. Bundan tashqari, o‘quvchilar bir-biriga taqqoslanmaydi ham. YA’ni, yaxshi o‘qiydigan bola ham, fanlarni yomon o‘zlashtiradigan o‘quvchi ham hammasi birga o‘qiydi. Bepul ta’lim: Finlyandiya maktablari mutlaqo bepul. Bundan tashqari, ovqatlanish, ekskursiyalar, maktab taksisi, darsliklar, ofis, jihozlar va hatto planshet-noutbuklar ham bepul. Individuallik: Fin maktabida har bir bola individual o‘quv dasturiga muvofiq o‘rganadi. Har bir o‘quvchining o‘z darsliklari, vazifalari, mashqlari mavjud bo‘ladi. Bitta sinfning o‘zida, bir darsda bolalar bir xil emas, aynan har xil murakkablikdagi mashqni bajarishadi. Har bir bola o‘z vazifasini bajaradi va alohida baholanadi. Bolalarni o‘zaro taqqoslashga yo‘l qo‘yilmaydi. Amaliylik: Bu narsa ko‘proq hayotga tayyorlov yondashuvidan kelib chiqadi. YA’ni maktablarda nafaqat turli fanlardan saboq beriladi, balki hayotga foydali bo‘lgan narsalar ham o‘rgatiladi. Masalan, ular meros solig‘i yoki ish haqi miqdorini hisoblab, bir necha chegirmalardan so‘ng mahsulot narxi qancha bo‘lishini taqqoslab ham berishadi. Ishonch: Mamlakatda ta’lim dasturi bir xil. U faqat umumiy tavsiyalarni ifodalaydi. Har bir o‘qituvchi o‘ziga tegishli bo‘lgan, o‘zi qaysi birini ma’qul ko‘rgan bo‘lsa, o‘sha uslubni qo‘llagan holda dars o‘tadi. Ishonch tamoyili bevosita o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarda ham aks etadi. Qanday qilib deysizmi? Masalan, dars davomida o‘quvchi o‘zini qiziqtirgan mashg‘ulot bilan shug‘ullanishi mumkin. Eng muhimi, u o‘ziga nima kerakligi, qaysi biri foydali ekanligini yaxshi biladi. Ixtiyoriy ta’lim: Fin ta’lim tizimida bola o‘qishi, o‘rganishi uchun majburlash yondashuvi yo‘q. To‘g‘ri, pedagoglar o‘quvchining e’tiborini tortishga harakat qilishadi. Lekin qiziqish, o‘rganishga ishtiyoq bo‘lmasa, u majburlanmaydi, balki amaliy jihatdan foydali bo‘lgan, o‘zi qiziqqan kasbga yo‘naltiriladi. Bolaning nimaga qiziqishi, qaysi kasbga moyilligi “kelajak o‘qituvchisi” tomonidan test va suhbat yo‘li orqali aniqlanadi. Mustaqillik: Finlar har bir narsada mustaqillik, maktab bolasiga eng muhim narsani – mustaqil istiqbolli hayotni o‘rgatish kerak, deb hisoblashadi. O‘qituvchi kitoblarda bor mavzular haqida uzundan-uzoq gapirib o‘tirmaydi. Axir ularning hammasi kitobda bor-ku. Eng muhimi, mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun zarur resurslarni bilish kerak. Ya’ni internet, kalkulyatordan foydalanish qobiliyatini o‘stirish kerak. Maktab hayotiga doir boshqa muhim ma’lumotlar: Men o‘zbek ayoli sifatida finlyandiyalik yoshlarga, o‘qituvchilar va o‘quvchilarga kerakli qadriyatlarni etkazib berishimga ishonaman. To‘g‘ri, Finlyandiyada ta’lim olish borasida imkoniyatlar ko‘p. SHu bilan birga muammolar ham bor. Masalan, O‘zbekistonda bitta ta’lim yo‘nalishini tanlaysiz. Finlyandiyada esa juda ko‘p narsa bor va ba’zan tanlash juda qiyin bo‘ladi. Xelsinki shahrida joylashgan 2 ta umumta’lim maktablarida professional yo‘nalish bo‘yicha hamkorlik qilib kelaman. 2 yildirki “Global Dignity Girls & Boys Ry” firmasi bilan ish olib boryapmiz. Ularning asosiy maqsadi – yoshlarga o‘z qadr-qimmati bilan ishonchli, jasoratli va xatosiz, qo‘rqmasdan yashashni boshlash 97 uchun namuna modellaridan ilhom berishdir. Finlyandiya poytaxti hududida 7, 8 hamda 9 sinflar uchun 2 soat davomida ilhomlantiruvchi tadbirlar o‘tkaziladi. Maktab, o‘qituvchi va talabalarning hamkasblari bo‘lish men uchun ham katta mas’uliyatdir. 2015 yil boshida tashkil etilgan “Global Dignity Girls & Boys Ry” tashkiloti tadbirlarida va turli xil san’at loyihalarida Xelsinkidan qariyb 4000 nafar yigit-qiz ishtirok etdi. Ko‘cha-ko‘yda badiiy loyihalar, seminarlar, munozaralar va forumlar o‘tkazildi. Esa Rantamo Taivallahti va Yhtenäiskoulu maktabi talabalarni jalb qilishga mas’ul edi. Bunda 2 ta foydali loyiha bor edi. “Hyván mielen lounas” bu – keksa odamlarga yaxshi tabassum va tushlik dasturi. Biz yoshlarni ular bilan suhbatlashish loyihasini yaratdik. YOshlar bilan ishlash loyihasini yoshlar bilan birgalikda yaratdik va sinovdan o‘tkazdik. 2018 yil may oyida Esa Rantamo (o‘qituvchi, professional yo‘naltiruvchi shaxs) men Dunyoning aksariyat ta’lim muassasalari o‘z kiyimiga ega. Ayniqsa, bu maktablarga tegishli. Lekin Finlyandiyada bunday emas. Finlar maktab kiyimi kerak emas, deb hisoblashadi. Poyabzal ham ixtiyoriy. Fin maktablari yuqoridan tekshirilmaydi (1970 yillarda ta’lim sohasida ko‘plab nazorat qiluvchi organlar bekor qilindi). Maktablar oliy organlarga hisobot berishi shart emas. Bu bilan maktablardan ko‘plab hujjatlarni olib tashlash, ular bilan ishlash tizimiga barham berildi. Ular uchun asosiy narsa bu emas, eng muhimi ta’lim sifati, bolalar bilan ishlashda vaqtni boy bermaslikdir. Finlyandiyada asosiy ta’limda talabalar uchun milliy testlar yo‘q. Buning o‘rniga o‘qituvchilar o‘quv dasturida o‘z mavzusini baholash uchun mas’uldirlar. Sertifikatning bahosi ham o‘qituvchi tomonidan beriladi. Ushbu baho asosida talabalar kelgusida o‘qish uchun tanlanadi. SHunday qilib, milliy o‘quv dasturi bo‘yicha keng tarqalgan mavzularni baholash ko‘rsatmalari taqdim etiladi. O‘qituvchi o‘qitish usullarini erkin tanlaydi Finlyandiyada barcha o‘qituvchilar magistr darajasini olishi kerak. Kasb-hunar ta’limi bo‘yicha o‘qituvchilar ustoz yoki bakalavr darajasiga ega bo‘lishi lozim. Ta’limning yuqori darajasi, Finlyandiya o‘qituvchilari talabiga binoan, juda avtonom professionaldir.Ularga o‘qitish usullarini tanlashda to‘liq erkinlik beriladi. Har bir o‘qituvchi mustaqil ravishda uni o‘rganish uchun o‘quv dasturini yaratishi mumkin. (Abiturientlardan faqatgina 10 foizi studentlikka qabul qilinadi). O‘QISH BOSQICHLARI: 1- sinflar. Bolalar odatdagiday o‘qituvchi bilan bir xonada o‘tirishadi. Eng kichik (1-2 sinf- lar) o‘qish, fin, matematika, ish, rasm, musiqa va jismoniy tarbiya darslari o‘tiladi. Finlyandiyada boshlang‘ich maktab bir vaqtning o‘zida bir nechta kurslarni o‘qitish mumkin. Biroz vaqtgacha (3-6 sinflar) bolalar ingliz tilini mukammal o‘rganishadi. To‘rtinchi kursda yana bir chet tilini tanlashadi. SHu bilan birga qo‘shimcha fanlarni o‘z ichiga oladi: kompyuter, xor va yog‘och ishlari. Ijodiy rivojlanishga katta e’tibor qarati- ladi. O‘quvchilar turli xil musiqa asboblarini o‘rganishadi. O‘quv mashg‘ulotining beshinchi yilida fanga ta- rix, kimyo, fizika va geografiya qo‘shiladi. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari haftasiga 1-3 marta o‘tkazi- ladi. O‘rta maktab: 7-9 sinf. Bu yillarda asosiy fanlarga o‘z tanlovlariga parallel sub’ektlar qo‘shiladi. 9-sinf o‘quvchilari haqiqiy ish bilan tanishishadi. Ular ish joyini tanlashadi va o‘zla- rini qiziqtirgan kasbni egallashadi.o‘shimcha daraja: 10 sinf. Bu daraja o‘quvchilarning natijalarini yaxshilash imkoniyatini beradi. Kollej, litsey: 11-12 sinflar. 10- sinfni tamomlagach, maktab o‘quvchilari litseyda o‘qishni davom ettirishadi. YOki kasb-hunar kollejiga borishadi. Bitirgandan so‘ng, barcha imtihonlarni topshirgandan keyin tantanali muhitda oq shapka olishadi. Bundan buyon ular mamlakatdagi har qanday universitetga o‘qishga kirishlari mumkin. Finlarga dars berayotgan o‘zbek qizi – 2006 yilda Global Dignity tashkiloti ta’sis etildi. U Norvegiya shahzodasi Xokonom, falsafa fanlari professori Pekka Ximanen (Finlyandiya) va HOPE tashkilotining asoschisi Jon Xoup Brayant (AQSH) tomonidan tashkil etildi. Hozir 70 ga yaqin mamlakatlarda bo‘lgan 1,5 million yosh bu 98 tashkilotga a’zo hisoblanadi. Men 2014 yildan beri Finlyandiya filialining asoschilaridan biri bo‘lib ishlayapman. Bu menga maktab tizimining qanday ishlashi borasida juda katta tajriba berdi. Men o‘zbek ayoli sifatida finlyandiyalik yoshlarga, o‘qituvchilar va o‘quvchilarga kerakli qadriyatlarni etkazib berishimga ishonaman. To‘g‘ri, Finlyandiyada ta’lim olish borasida imkoniyatlar ko‘p. Shu bilan birga muammolar ham bor. Masalan, O‘zbekistonda bitta ta’lim yo‘nalishini tanlaysiz. Finlyandiyada esa juda ko‘p narsa bor va ba’zan tanlash juda qiyin bo‘ladi. Xelsinki shahrida joylashgan 2 ta umumta’lim maktablarida professional yo‘nalish bo‘yicha hamkorlik qilib kelaman. 2 yildirki “Global Dignity Girls & Boys Ry” firmasi bilan ish olib boryapmiz. Ularning asosiy maqsadi – yoshlarga o‘z qadr-qimmati bilan ishonchli, jasoratli va xatosiz, qo‘rqmasdan yashashni boshlash uchun namuna modellaridan ilhom berishdir. Finlyandiya poytaxti hududida 7, 8 hamda 9 sinflar uchun 2 soat davomida ilhomlantiruvchi tadbirlar o‘tkaziladi. Maktab, o‘qituvchi va talabalarning hamkasblari bo‘lish men uchun ham katta mas’uliyatdir. 2015 yil boshida tashkil etilgan “Global Dignity Girls & Boys Ry” tashkiloti tadbirlarida va turli xil san’at loyihalarida Xelsinkidan qariyb 4000 nafar yigit-qiz ishtirok etdi. Ko‘cha-ko‘yda badiiy loyihalar, seminarlar, munozaralar va forumlar o‘t- kazildi. Esa Rantamo Taivallahti va Yhtenäiskoulu maktabi talabalarni jalb qilishga mas’ul edi. Bunda 2 ta foydali loyiha bor edi. “Hyván mielen lounas” bu – keksa odamlarga yaxshi tabassum va tushlik dasturi. Biz yoshlarni ular bilan suhbatlashish loyihasini yaratdik. YOshlar bilan ishlash loyihasini yoshlar bilan birgalikda yaratdik va sinovdan o‘tkazdik. 2018 yil may oyida Esa Rantamo (o‘qituvchi, professional yo‘naltiruvchi shaxs) men bilan birgalikda yoshlar forumida birga ishladi. Talabalar bilan suhbatlashdik, ular haqida doskada yozishdik va ijtimoiy tarmoqlarda baham ko‘rishdi. Esa Rantamo bizning konsepsiyamizga bo‘lgan g‘ayrati, o‘quvchilarga eng yaxshisini berish istagi, talabalarga ko‘ngilli bo‘lish imkoniyatini berdi. Turli forumlarda o‘zlarini amalda sinab ko‘rdi. Bu mas’uliyatni o‘ziga singdirish uchun yaxshi imkoniyat edi. YOshlar tad- birlarni qanday tashkil qilish, logistika masalalarini hal qilish va birgalikda yangi loyihalar qilish borasida katta ko‘nikmaga ega bo‘lishdi. Eng muhimi, ushbu tadbirlar orqali o‘quvchilar o‘zida shaxsiy liderlik tuyg‘usini shakllantirdi. Hamkorligimiz tufayli odamlarda haqiqiy muloqot tajribasi shakllandi va talabalarni jamoaga yaqinlashtirdi. O‘tgan yilda O‘zbekiston bilan ham ishladik. 400 ga yaqin yoshlarga Global Dignity to‘g‘risida master klass o‘tdik. Ya’ni o‘z qadr-qimmatini hurmat qilish tamoyillari bilan tanishtirildi. Ishonamanki, 2019 yilda faoliyatimiz yaxshi samara beradi. Xususan, jamoada ishlash va o‘zingizni qadrlashni o‘rganish – bularning barchasi finlardan o‘rganadigan asosiy tamoyildir. Eng muhimi, o‘qish qiziqarli bo‘lishi kerak. Maktabning 4 devorida o‘ynash va o‘qish kerak emas. O‘quvchilar muzeylar, tadbirkorlar bilan loyihalar va xususiy sektor bilan yaqin hamkorlik qilib, talabalar o‘zlarini kelajakdagi kasbi yoki maktabda ko‘rishlari kerak. Finlyandiyadan nimani o‘rganishimiz mumkin? Ta’limga davlat yondashuvi va kelajakdagi o‘qituvchilarni tayyorlashni. So‘nggi 40 yil ichida ta’limga bo‘lgan ulkan sarmoyani ham. Bolada o‘ziga xoslik hissini shakllan- tirish, kasbiy yo‘nalishlarga yo‘naltirilgan loyihalarda faol ishtirok etishga undash kerak. Talabalarda mustaqillik va mas’uliyatni erta yoshdan o‘rganishi uchun sharoit yaratish lozim. Vladimir Pozner o‘z dasturida aytadi- ki, fin maktabi kichkina oila farzandi va nogironga sirtmoqqa suzish, muvaffaqiyat qozonish, gimnaziya yoki litseyga ro‘yxatdan o‘tish va keyinchalik oliy ma’lumot olish uchun yordam beradigan ijtimoiy tashkilot hisoblanadi. Bu fin jamiyatining eng muhim elementi. Fin maktabida iqtidorli bola- larni qo‘llab-quvvatlanmasligi haqidagi shikoyatlarni tushunishning iloji yo‘q. Biroq bu sizning farzandingizning ma’lum bir maktabda bo‘lishiga doir jiddiy tavsiyalar beradigan o‘qituvchilar va psixologlar bilan hamkorlik qilish zarurligini istisno qilmaydi. Muammolar ham bor… 99 Finlyandiyada 15-29 yoshdagi 70 000 yigit-qiz ta’limdan, amaliyotdan yoki ishdan tashqarida yashaydi. Ya’ni ijtimoiy hayotda emas. Buning sabablari har xil. Albatta, eng muhimi ishsizlik, mehnat bozori talablariga nisbatan ta’limning etishmasligi, shuningdek, sog‘lik muammolari ham bor. Bundan tashqari, sevimli mashg‘ulotlar- ning etishmasligi va bo‘sh vaqtning boshqa turlari ham bunga sabab bo‘lyapti. Bu borada ayniqsa, o‘g‘il bolalar qolib ketish xavfi mavjud. Statistik xulosalar shuni ko‘rsatyapti. Olimlar kelajakda ayollar ham ish, ham oila uchun yanada ko‘proq mas’uliyat olishidan ogohlantirmoqda. Ta’limdagi dolzarb muammolarga to‘xtaladigan bo‘lsak, etnik jihatdan turli xil o‘quvchilarni sinflarga va ta’limga integratsiyalashtirish, kelajakda ish kuchiga nisbatan noaniqlik bilan yumshoq (ijtimoiy) ko‘nikmalarni rivojlantirish, deb hisoblayman. SHuningdek, o‘qituvchilar mutaxassisligiga ham e’tibor qaratish kerak. CHunki ular mamlakatdagi innovatsiyalar va inson ongi rivojining kafolati bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, fin o‘quvchilari sayyoraning eng yaxshi o‘quvchilaridan biri ekan. Qiziq jihati shundaki, finlyandiyalik o‘quvchilar boshqa mamlakatlardagi tengdoshlariga nisbatan maktabda kamroq vaqt o‘tkazadi va kuniga eng ko‘pi bilan yarim soat dars qilishadi. SHunday bo‘lsa-da, fin ta’lim tizimi dunyoning eng muvaffaqiyatli ta’lim tizimi sifatida e’tirof etilmoqda. Bepul ta’lim Finlyandiyada ta’lim bepul. Maktabda tushlik, maktab uyushtiradigan ekskursiyalar va darsliklar ham mutlaqo bepul. Agar o‘quvchilar maktabdan 2 km uzoqda yashaydigan bo‘lsa, maktab avtobuslari ularni olib kelish va darslar tugagach, uylariga eltib qo‘yishni o‘z zimmasiga oladi. Barcha xarajatlar davlat tarafidan ajratiladigan byudjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Davlat o‘z byudjetining 12,2 foizini ta’lim tizimiga sarflaydi. Har bir o‘quvchiga individual yondashuv Fin maktablarida o‘quvchilar o‘z salohiyatidan kelib chiqqan holda murakkabligi turlicha bo‘lgan vazifalarni hal qiladi. Jismoniy va aqliy salohiyati turli bo‘lgan bolalar birgalikda ta’lim oladi va o‘ynaydi. Agar o‘quvchi o‘zlashtirishda qiyinchilikka duch kelsa, unga qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borish uchun alohida o‘qituvchi tayinlanadi. Muhojir bolalar fin tilidan ham qo‘shimcha mashg‘ulot olib borishlari uchun barcha narsa muhayyo qilinadi. Fin ta’lim tizimining yana bir jihati shundaki, o‘quvchi o‘zi foydali deb topgan fanni o‘rganishi mumkin. Agar dars o‘quvchiga qiziqarli bo‘lmasa, u kitob o‘qishi yoki bichish-tikish bilan shug‘ullanishi mumkin. Baholar o‘quvchining o‘ziga bildiriladi Fin ta’limida 10 ballik baholash tizimi amal qiladi. O‘quvchilarga 3-sinfgacha baho qo‘yilmaydi. 3-sinfdan 7-sinfgacha baholar og‘zaki tartibda qo‘yiladi, ular “o‘rta”dan “a’lo”gacha bo‘lishi mumkin. U yoki bu fandan o‘quvchi olgan baho faqatgina uning o‘ziga xabar qilinadi. O‘zlashtirishi yomon bo‘lib, past baho olgan o‘quvchilarni koyish fin ta’lim tizimida tatbiq etilmaydi. Baholar fin maktablarida rag‘batlantirish, o‘quvchi bilimini oshirish va o‘quvchining shaxsiy o‘quv rejasini to‘g‘rilash uchun joriy etilgan. Topganingni kiyib kel Fin maktablarida aniq bir maktab formasi mavjud emas. Maktabga istalgan kiyimda borish mumkin va buning uchun maktab ma’muriyati o‘quvchiga hech ham tanbeh bermaydi. Fin pedagoglari ta’biri bilan aytganda, “maktab ilm beradigan va o‘quvchi ilm olishga keladigan maskan”. Ko‘p holatlarda o‘quvchilar sinfxonalarda poyabzalini echib, paypoqda yuradi. Erkinlik maskani Maktab deyilganda ko‘pchilikni ko‘z o‘ngida partalar mavjud bo‘lgan xonalar tushuniladi. Finlyandiya maktablarida esa o‘quvchi bilim olishi uchun albatta partada o‘tirishi talab qilinmaydi. Darsni kuzatgani kirsangiz, ayrim o‘quvchilarning divanda yotgani yoki gilamda o‘tirganiga guvoh 100 bo‘lishingiz mumkin. Quyoshli kunlarda darslar ochiq havoda yoki maxsus amfiteatrlarda ham olib borilishi mumkin. Uyga vazifalar Fin o‘qituvchilarining nazdida o‘quvchilar ko‘proq vaqtini maktabda emas, ota-onalari bilan o‘tkazishi kerak. Uyga vazifalarni bajarish ko‘p vaqt talab etmaydi va qiziqarli bo‘ladi. Misol uchun, tarix darsida o‘quvchiga bobosi yoki buvasidan 50-yillardagi hayot qanday bo‘lganligi haqida intervyu olib kelish hamda 50-yillar va hozirgi davr o‘rtasidagi farqlar haqida gapirib berish vazifasi topshirilishi mumkin. Imtihon olinmaydigan ta’lim tizimi Fin ta’lim tizimidagi yangi o‘qitish usullaridan biri – muayyan fanni emas, balki hodisalarni o‘rganishning (phenomenon based learning) tatbiq etilishidir. O‘quvchilar uchun an’anaviy darslar o‘rniga 6 haftalik “bo‘limlar” tashkil etilgan bo‘lib, o‘quvchilar bir mavzuni turli tarafdan o‘rganishadi. Misol uchun, muhojirlar mavzui geografiya nuqtai nazaridan ular qaerdan kelganligi, tarix nuqtai nazaridan muhojirlar kelishidan oldin nima sodir bo‘lgani, madaniyat fani nuqtai nazaridan muhojirlarning madaniyati o‘rganiladi. Bolalarning o‘zlari savollar beradi va o‘zlari shu savollarga javob topadi. Uzoq tanaffuslar O‘qish qanchalik maroqli jarayon bo‘lishidan qat’i nazar, bola uchun eng quvonarlisi tanaffusdir. Fin maktablaridagi bolalar 45 daqiqali darsdan so‘ng 15 daqiqa tanaffus qiladi. Fin o‘qituvchilari dunyoning eng zo‘r o‘qituvchilaridir Helsinki universiteti pedagogika fakultetiga o‘qishga kirish uchun raqobat o‘ta kuchli. Bir o‘ringa 20 nafar abiturient to‘g‘ri keladi. Bolalarga ta’lim berish istagida bo‘lganlarning soni esa ish o‘rniga qaraganda 10 barobar ko‘pdir. Finlyandiyada o‘qituvchining o‘rtacha maoshi 3500 evroni tashkil qiladi. Finlyandiyada o‘qituvchi bo‘lish nufuzli kasblardan sanaladi, bolalarni o‘qitish esa sharafli ish. Maktablarda qat’iy belgilangan o‘quv dasturi mavjud emas. Qanday metodika va o‘quv dasturidan foydalanishni o‘qituvchining o‘zi hal qiladi. O‘qituvchidan tashqari fin maktablarida o‘qituvchi assistenti faoliyat olib boradi. Uning asosiy vazifasi dars borishini kuzatish va bolalarga dars tayyorlashda yordam berishdan iborat. Hayotga tayyorlovchi ta’lim tizimi Fin maktablarida o‘quvchilar katta va haqiqiy hayotga tayyorlanadilar. Suzish darslarida o‘quvchilar cho‘kayotgan odam belgilarini, uy xo‘jaligi darslarida esa ovqat tayyorlash, bichish va tikish o‘rgatiladi. Fin maktablarida ko‘proq e’tibor tabiatga do‘stona munosabatda bo‘lishga, tabiatni asrab-avaylashga qaratiladi. Fin o‘quvchilari uchun portfolio tayyorlash yoki shaxsiy sayt yaratish bir zumlik vazifadir. Eng asosiysi fin maktablaridagi ta’lim tizimi, o‘quvchilarni yangi va o‘zgarib borayotgan dunyo muhitiga moslashib ketishga o‘rgatadi. Qiyin formulalarni yod olish yoki sanalarni eslab qolishga o‘rgatilmaydi, chunki bularni har doim internetdan ko‘rib olsa bo‘ladi. Eng yaxshi maktab tanlovining mavjud emasligi Fin o‘quvchilarining ota-onalari eng yaxshi maktab qaysi, deb izlab yurmaydi. O‘quvchilar, odatda, o‘z uylariga yaqin maktabga qatnaydi. Finlyandiyada elita maktablari yo‘q. O‘quvchi qaerda yashashidan qat’i nazar, birday kerakli zamonaviy jihozlar, o‘quv darsliklari, yuqori malakali o‘qituvchilar va bekamu ko‘st maktab oshxonasi bilan ta’minlangan. Tushlikka nima iste’mol qilishni o‘quvchining o‘zi tanlaydi Fin maktablaridagi ovqatlanish xilma-xil va bepul “shved stoli” bor. Maktab veb-sahifasida oshxona menyusi e’lon qilib boriladi va o‘quvchi istalgan paytda sahifaga kirib, o‘ziga yoqqan taomni “savatchaga” saqlab qo‘yishi mumkin. Menyuda parhez taomlardan tortib, vegetarianlarbop taomlargacha kiritilgan. 101 Maktabda yotib qolsa bo‘ladi Ba’zida o‘quvchilar maktabga yostiq bilan kelishi ham odatiy hol. Ular maktabda o‘z o‘qituvchilari bilan yotib qolishadi, birgalikda kino tomosha qiladilar va o‘ynaydilar, sport zali bo‘yrasida uxlaydilar. Ertalab esa to‘planishib muzqaymoq bilan nonushta qiladilar. Bunday maktabni yomon ko‘rib bo‘ladimi? SHuning uchun ham fin o‘quvchilari uyidan ham ko‘proq maktabini yaxshi ko‘radi. Kuchuklargacha “kitobxon” Fin maktablaridagi kutubxonalarda maxsus o‘rgatilgan kuchuklar ham bor va ularga o‘quvchilar “kitobxon” kuchuklar deb nom qo‘ygan. “Kitobxon” kuchuklar kitobga mehr qo‘yishni bolalarga o‘rgatadi, chunki ularga kitob o‘qib berganda yoki qiziqarli hikoyalar so‘zlab berganda diqqat bilan tinglaydi.
Download 22.57 Kb.




Download 22.57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



13-mavzu. Fenlandiya ta’lim tizimi Reja: Fenlandiya ta’lim tizimi haqida umumiy e’tibor Fin ta’limining asoslari haqida 3

Download 22.57 Kb.