• 4. Vaqt omili.
  • 2. Iste’molchi xatti-harakati nazariyasi
  • Iste’molchi tomonidan o‘zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi iste’molchining afzal ko‘rishi deyiladi 5 .
  • Mahsulotlarning iste’mol xususiyatlari




    Download 51.23 Kb.
    bet2/4
    Sana07.06.2023
    Hajmi51.23 Kb.
    #70707
    1   2   3   4
    Bog'liq
    13-mavzu. Istemolchi xulqi nazariyasi foydalilik va uni maksima (1)
    1,Tibbiy va biologik fizika (Remizov A.N.) - 2005 у. (1), I bob. Sotsial psixologik g’oyalarning shakllanish tarixi, Документ Microsoft Word, 1352574181 35887, 1355657573 41186, 1444148413 61812, 1484125970 67416, 1662925579, Barcha testlar DTIY, MUSTAQIL ISH YUZI11, ТЕСТ. намуна, 1-kurs Noorganik kimyo(farma uz) Boltayeva, 1-kurs Tibbiy biologiya(davolash stom uz) Shukurova Sh (2), 2-kurs Biologik kimyo(davolash uz) Amonova H, 1111
    3. Mahsulotlarning iste’mol xususiyatlari. Zeb-ziynat buyumlariga talab odatda egiluvchan, hayotiy zarur buyumlarga esa talab noegiluvchan hisoblanadi. Masalan, non va elektr energiyasi zaruriy iste’mol buyumlari hisoblanadi, shu sababli ular narxining oshishi non yoki elektr energiyasini iste’mol qilishning keskin kamayishiga olib kelmaydi. Boshqa tomondan, zeb-ziynat buyumlariga narxlar oshganda ularni osonlik bilan iste’moldan chiqarib tashlash mumkin.
    4. Vaqt omili. Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig‘i qancha uzoq bo‘lsa, mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, agar mol go‘shtining narxi 10%ga ko‘tarilsa, iste’molchi uni xarid qilishni birdaniga qisqartirmasligi mumkin. Lekin bir qancha vaqt o‘tishi bilan u o‘zining moyilligini tovuq go‘shti yoki baliqqa o‘tkazishi mumkin. SHuningdek, daromad bo‘yicha talab egiluvchanligi ham mavjud. Daromadlar ko‘payishi bilan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab ham oshadi. Bundan ko‘rinadiki, daromad talabga ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir darajasini aniqlash uchun daromad bo‘yicha talab egiluvchanligi ko‘rsatkichidan foydalaniladi2.
    Taklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda, narxning bir foizga o‘zgarishi taklifning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib taklifning egiluvchanligi deb ham ataladi3.
    Taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi (Etf) darajasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
    ,
    Bu erda: Q – taklif miqdorining foizli o‘zgarishi;
    R – narxlarning foizli o‘zgarishi.


    2. Iste’molchi xatti-harakati nazariyasi

    Hozirda iqtisodiyot nazariyasiga oid ko‘plab darslik va o‘quv qo‘llanmalarda bozor talabining shakllanishi va namoyon bo‘lishini iste’molchining xatti-harakati orqali tushuntirishga harakat qilinmoqda. Bunda oldindan g‘arb adabiyotlarida mavjud bo‘lib kelgan turli nazariyalardan foydalanib, iste’molchi hatti-harakati nazariyasi alohida yo‘nalish sifatida bayon etilmoqda4. Talabalarni mazkur nazariyaning mohiyati bilan tanishtirish maqsadida uning asosiy tushunchalarini ko‘rib chiqamiz.


    Iste’molchining bozordagi xatti-harakati so‘nggi qo‘shilgan naflilik nazariyasi hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. Co‘nggi qo‘shilgan naflilik nazariyasining mazmuni bilan IV bobda batafsil tanishib chiqqan edik. Bu nazariya yordamida iste’molchining manfaati nuqtai nazaridan uning afzal ko‘rishi qoidalari bayon etiladi. Agar naflilikka iste’molchi o‘lchami bilan qaralsa, u iste’molchining biron-bir ne’matni iste’mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi. Iste’molchi tomonidan o‘zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi iste’molchining afzal ko‘rishi deyiladi5.

    Download 51.23 Kb.
    1   2   3   4




    Download 51.23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahsulotlarning iste’mol xususiyatlari

    Download 51.23 Kb.