|
Asarning g’oyaviy asosi, mazmuni o’qituvchi tomonidan tushuntiriladi.
3
|
bet | 2/6 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 33,95 Kb. | | #131987 |
Bog'liq 13-mavzu2. Asarning g’oyaviy asosi, mazmuni o’qituvchi tomonidan tushuntiriladi.
3. Badiiy asar o’quvchilarning hayotiy tajribasi bilan umumlashtiriladi va xulosa chiqariladi.
4. Sinfda o’qish o’quvchilarning kitobxonlik madaniyatini shakllantiradi.
Bolalar bu kabi jarayonda o’qish bilan birgalikda kitobdan to’g’ri foydalanish kerakligini ham o’rganib boradilar. O’qituvchi bolalarga kitobni toza, ozoda tutish kerakligini, kitobni o’tirgan holatda yorug’ xonalarda o’qish kerakligini ham tushuntirib boriladi. Bundan tashqari bolalarda kitobxonlikni tarkib toptirish uchun Bolalarda mustaqil kitob mutolaa qilish ko’nikmasini shakllantirish kerak. Sinfda o’qituvchi birorta badiiy kitobni belgilangan muddat ichida o’quvchilar o’qishi lozimligini aytib o’tadi.
Kitobni o’qib tugatgan o’quvchini rag’batlantirishi aytib o’tiladi. Bunda bola kitobni uyda o’zi mustaqil ravishda o’qiydi, fikrlash doirasi kengayib boradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga mustaqil uyda o’qishlari uchun kitob tanlayotganda, albatta, bolaning yoshini va qiziqishlarini hisobga olgan holda kitob tanlash lozim. Bola o’ziga yoqqan asarni butun vujudi biulan o’qiydi, nafaqat o’qiydi, balki o’qigan badiiy asari haqida mustaqil fikr ham yurita boshlaydi.Bolalar kitob mutolaasini tugatgach, asar haqida savollar berish, bolaning asar haqidagi fikrlarini tinglash bolada kitobga bo’lgan mehrni yanada o’stiradi.
Masalan, bola asarni o’qib tugatgach, quyidagi savollarni berish tavsiya etiladi:
1. Asarda nima haqida ekan?
2. Asardagi qaysi qahramonlar sizga yoqdi? Nima uchun?
3. Qaysilari yoqmadi? Nima uchun?
4. Asardan qanday xulosa chiqarsak bo’lar ekan?
Kabi savollar bolaning fikrlashini o’stiradi hamda nutqining o’sishiga yordam beradi. Kitob mutolaasiga munosabatni tubdan oʼzgartirish uchun avvalo, ziyoli insonlarga suyanishimiz kerak. Yaʼni ,kitob targʼibotchilari qanchalik bilimli, ziyoli boʼlsa, shuncha ijobiy natijaga erishish mumkin. Kitoblar qaysi janr yoki mavzuda boʼlishidan qatʼiy nazar, u maʼnaviyat quroli ekanini mas’uliyat bilan toʼla-toʼkis anglashimiz lozim. Zero, kitob-ma’naviy boyligimizdir.
|
| |