• Insho yozganda quyidagilarga e’tibor beriladi.
  • Boshlang’ich sinflarda insho




    Download 33,95 Kb.
    bet5/6
    Sana08.01.2024
    Hajmi33,95 Kb.
    #131987
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    13-mavzu

    Boshlang’ich sinflarda insho Insho o’quvchilarning ijodiy ishlaridan biri hisoblanadi. Inshoda o’quvchlar o’zlarining mustaqil fikrlarini, qiziqish va hohishlarini, o’z tushunchalarini ifodalaydilar. O’quvchilar insho yozish orqali quyidagi bilimlarni o’zlashtiradilar Insho uchun material to’plash, kuzatish va asosiy o’rinlarini esalab qolish, bilganlarni yozma ifodalash. So’zlar tanlash va so’zlardan grammatika qoidalari asosida gap tuzish Reja tuzish va fikrlarini reja asosida ifodalash. Tekstni imlo hatolarisiz, tinish belgilariga rioya qilib, Grammatik qoidalariga amal qilib yozish. Bashlang’ich sif o’quvchilari inshosi maqsad va vazifalariga ko’ra turlicha bo’lib, har bir turi o’ziga hos ko’rinishda bo’ladi. Boshlang’ich sinflarda insho yozish uchun quydagi manbalardan foydalanish mumkin. O’quvchilarning kuzatishi, ekskursiya va saylda olgan ta’ssurotlari, o’yin va boshqa faoliyatlari davomidagi tajribalaridan Kitob jurnal, ro’znoma materiallari, o’qituvchi va boshqa kishilardan eshitganlari, tilvezor kino, turli rasm va plakatlardan kuzatganlaridan.
    Insho yozganda quyidagilarga e’tibor beriladi. Voqealarni bir-biriga bog’liq holda ifoda etish. Voqiani sodir bo’lish sababi, fikr yuritilayotgan narsalarning belgi va hususiyatlarini ko’rsata bilish Voqia hodisalarni o’zaro taqqoslay bilish va umumiy hulosalar chiqarish. 1-sinfda ijodkorlikka o’rgatish maqsadida quydagicha ishlar olib boorish mumkin. O’quvchilar issiqxonaga ekskursiyaga olib boriladi. U yerda bolalar qizarib pishib yotga pamidor, yam-yashil bodiring va sapsariq limonlarni ko’radilar. Sinfga kelgandan so’ng ekskursiya ta’surotlarini eslab ayrimlari pmidor, boshqalari limon deb yozadilar. 2-sinf o’quvchilari bilan jamoa xo’jaligi fermasiga ekskursiya uyushtirilgandan keyingi yozgan ishlaridan biri quyidagicha.
    OLA SIGIR Kecha fermaga bordik. Fermada sigrlarni ko’rdik. Ola sigir semiz ekan. Ko’p sut berarkan. Zuhro opa 2 chelakda sut sog’ib oldi. Qoyil qoldik. 3-4 sinflarda o’qish darslarida har-hil mavzuda she’r va hikoyalar o’qib o’rganganlaridan keyin ularning tasavvur yanada kengayadi. Ularning yozadigan isholari o’ziga hos badiiy tus oladi. 3-4 sinflarda “Bog’da”, “Bizning qishloq”, “Otamning kasbi” mavzularida. Insho yozdirish maqsadiga muvofiqdir. O’quvchilarning orzu-umidlari va nimalarga qiziqishlarini hisobga olib “Mening orzum”, “Mening onam”, “Onamlarning bayram”, bizning oila mavzularida insho yozishlari mumkin. O’quvchilar bayon va insho yozish orqali yozma nutqning o’stiradi. Fiklash doiralari tasavvurlari ishlash qobilyatlari shakllanadi. Lug’at boyligi ortadi, o’z fikrini aniq va to’g’ri tushuntirishga harakat qiladi, ijodiy barkamoligi o’sadi.



    Download 33,95 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 33,95 Kb.