|
Diktant, bayon va insho yozish yo’llari ham o’ziga xos
|
bet | 3/6 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 33,95 Kb. | | #131987 |
Bog'liq 13-mavzuDiktant, bayon va insho yozish yo’llari ham o’ziga xos xarakaterga ega . Bu yozma ishlar mavzularni qay darajada o’zlashtirilganligini hisobga olish uchun olinadi. Har bir yozma ish o’ziga xos usul bilan yozdiriladi. O’quvchilar birinchi sinf savod o’rgatish davridayoq so’zlarni to’g’ri yozish, yozuv taxtasidan va kitobdan ko’chirib yozish malakalarini egallaydilar. Asta-sekin so’z birikmasi, gap va bog’langan nutq tuzish hamda tuzgan gaplarni yozishga o’rganiladilar. O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish maqsadida gramatikaga oid ayrim qoidalar o’rgatib boriladi bu esa qoidalarni puxta o’zlashtirish uchun hizmat qiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga gramatikaga oid bilimlarni o’rgatish va ularni nutqlarini o’stirishda yozma ishlar alohida o’rin tudadi. Yozma ishlar ko’chirib yozish, diktant, bayon, insho tarzida amalgam oshiriladi. O’quvchilar sovodhonligini oshirishda foydali mashg’ulotlardan biri diktantdir. Diktant o’tkazishda o’quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olish ishda aniqlikka e’tibor berish, soddadan murakkabga boorish muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek o’quvchilarni o’z-o’zni teksthirishga odatlantirish kerak. O’quvchi diktant yozishda so’zni harfiy ifodasini ko’rmay eshitish orqali tovushlar majmuasini tasavvur e’tadi, tovushlarni harflar bilan almashlab yozadi.
Diktantlar maqsadiga ko’ra 2 turli bo’ladi. Ta’limiy Tekshirish Lug’at Saylanma Ko’rsatuv Yoddan yozuv Ta’kidiy Izohli Ijodiy Erkin
Ta’limiy diktant. Diktantning bu turi o’rgatilgan mavzularni mustahkamlash maqsadida yozuv darsining ma’lum bir qismida mashq sifatida o’tkazilib unga alohida soat ajratilmaydi. Tekshirish diktanti Diktantning bu turi o’rganilganlarni o’quvchilar qanchalik o’zlashtirganliklarini sinash va teksthirish maqsadida o’tkaziladi. Bayon Boshlang’ich sinf o’quvchilariga bayon yozdirishdan oldin ishning maqsadi va uyushtirish tartibi belgilab olinadi. Shu bilan berga o’quvchilarning bilimi yosh hususiyatlariga moslab tekst tanlanadi. Og’zaki bayon singari yozma bayonning ham maqsadi o’quvchilarga puxta ta’lim-tarbiya berishdir, shu bilan birga o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish lug’atini boyitishdir. O’quvchilar bayon yozishda o’qilgan tekst mazmunini gapirib berishga tekstdagi asosiy fikrni topa olish, reja tuzish va shu asosida o’z fikrlarini yozma ifodalashga o’rganadilar. Ta’limiy harakterdagi bayonni 1 sinfdan boshlash mumkin 1 sinf o’quvchilar 2 yarim yildan 30-40 so’zli tekst asosida bayon yoza oladilar. O’quvchilarga 1 marta bayon yozdirganda o’qituvchi tekstni doskaga yozib beradi va ana shu tekst bo’yicha savol tuziladi. O’quvchilar shu savollarga doskadagi tekstdan javob topadilar.
|
| |