• 2. Besh qadam modeli.
  • 13-mavzu: Xaridorlar bilan shartnomalar bo’yicha daromadlar. Reja




    Download 32.37 Kb.
    bet1/2
    Sana28.02.2024
    Hajmi32.37 Kb.
    #164294
      1   2
    Bog'liq
    13. Xaridorlar bilan shartnomalar bo’yicha daromadlar
    Умумий қонунчилик (to\'liq), donli ekin

    13-mavzu: Xaridorlar bilan shartnomalar bo’yicha daromadlar.
    Reja:
    1. Daromad va tushum, ularning mazmuni
    2. Besh qadam modeli.


    1. Daromad va tushum, ularning mazmuni.
    Daromad – bu mulkdorlarning kapitalga qo‘yilmalari bilan bog‘liq bo‘lmagan, bu mulkdorlarning kapitalga qo‘yilmalari bilan bog‘liq bo‘lmagan aktivlarning ko‘payishi yoki majburiyatlarning kamayishidir. 1
    Mulkdorlar tomonidan xususiy kapitalga kiritilgan qo‘yilmalar ustav kapitali va qo‘shimcha kapital bo‘lishi mumkin, biroq bunday qo‘yilmalar daromad deb qaralmaydi. Daromad ta’siri xususiy kapitaldagi taqsimlanmagan foyda yoki xususiy kapitalning boshqa komponentidagi o‘sish bilan natijasi bilan ifodalanadi.
    Aktivlar ko‘payishida quyidagi buxgalteriya yozuvlari yozilishi kerak:
    Daromad tan olinganda:
    D-t Debitor K-t Tushum
    Majburiyatlarning kamayishi:
    Muddati o‘tgan kreditorlik qarzi hisobdan chiqarilishi:
    D-t Kreditorlik qarzi K-t Boshqa daromad
    Yoki ikkisi bir vaqtda bo‘lishi:
    Oldindan avans olingan shartnoma bo‘yicha daromad tan olinganda:
    D-t Debitor D-t Oldindan to‘lov K-t Tushum
    Tushum – bu tashkilotning odatiy faoliyatidan kelib chiqadigan daromad hisoblanadi.
    Odatdagi faoliyat - bu faoliyat uchun zarur, odatiy va qo‘shimcha bo‘lgan amaliyotlar va tijoriy operatsiyalarni anglatuvchi hisoblanadi.
    Agar shartnoma predmetidan biri boshqa standart qo‘llash doirasida bo‘lib va ushbu standartda bunday operatsiyani baholash aniqlangan bo‘lsa, u holda dastlab shu boshqa standart qo‘llandi. Agar shartnoma predmetidan biri boshqa standart qo‘llash doirasida bo‘lsa, lekin ushbu standartda bunday operatsiyani baholash aniqlanmagan bo‘lsa, u holda dastlab 15-son MHXS qo‘llandi.
    2. Besh qadam modeli.
    Besh qadam modeli deganda quyidagi bosqichlarni o’z ichiga olgan ishlar tushuniladi:

    1. Shartnomani aniqlash;

    2. Shartnoma narxini aniqlash

    3. Shartnoma narxini aniqlash

    4. Shartnoma narhini bajarisi javobgarligiga taqsimlash

    5. Bajarish javobgarligi qanoatlantirilganda yoki qanoatlantirilishi bilan tushumni tan olish

    Shartnoma bo‘yicha aktiv – bu tashkilotning xaridorga yetkazib bergan tovar yoki xizmatlari evaziga olinadigan tovonga bo‘lgan, muayyan muddat o‘tishidan boshqa sabab asosidagi (masalan, tashkilot kelgusida muayyan majburiyatlarni bajarishi) huquqdir.2
    Shartnomani aniqlash jarayoni uchun quyidagilarning barchasi bajarilishi kerak:

    • Tomonlar shartnomani tasdiqlagan va bajarish javobgarligini olgan;

    • Har bir tomonning tovar/xizmatlarga bo‘lgan huquqi aniqlanishi mumkin

    • Tovar/xizmatlar uchun to‘lov shartlari aniqlanishi mumkin.

    • Shartnoma tijoriy mohiyatga ega, ya’ni shartnoma natijasida tashkilotning kelgusi pul oqimlari risk, vaqt va qiymat jixatidan o‘zgarishi kutilsa.

    • Tashkilot tovonni yig‘ib olish ehtimolligi mavjud bo‘lgan.

    Shartnomani bajarish javobgarligini aniqlash:
    Bajarish javobgarligi (BJ) - bu quyidagilardan birini xaridorga o‘tkazish bo‘yicha shartnomadagi va’da:

    1. Farqli bo‘lgan tovar yoki xizmat (yoki tovarlar yoki xizmatlar paketi)

    2. Deyarli bir xil bo‘lgan va xaridorga bir xil tarzda o‘tkaziladigan farqli tovar yoki xizmatlar to‘plami

    Bajarish javobgarligi yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin (Shartnomada ko‘rsatilgan bo‘ladi). Ba’zi xollarda yashirish bo‘lishi mumkin (Tashkilot amaliyoti yoki siyosatidan kelib chiqib).
    Agar xaridorga tovar yoki xizmatni o‘tkazish bo‘yicha sharti mavjud bo‘lmasa, bajarish javobgarligi ham yo‘q (masalan, shartnoma tuzish bo‘yicha topshiriqlarni bajarish bajarish javobgarligining paydo bo’lganligini doim ham anglatmaydi).
    Shartnomadan kelib chiqib, quyidagilar bajarish javobgarligiga misol bo‘lishi mumkin:

    • Tashkilot tomonidan ishlab chiqarilgan maxsulotni sotish (masalan, ishlab chiqarish korxonasi)

    • Tashkilot tomonidan sotib olingan tovarni sotish (masalan, savdo tashkiloti)

    • Tashkilot tomonidan sotib olingan xuquqlarni qayta sotish (masalan, biletlarni qayta sotish tashkiloti)

    • Xaridorga shartnomada kelishilgan vazifalarni bajarish

    • Agent sifatida xizmatlar ko‘rsatil (topshiriq yoki komissiya shartnomasi bo‘yicha)

    • Litsenziya berish

    • Xaridor uchun aktivlarni qurish, ishlab chiqarish yoki ishlab chiqish

    Tovar va xizmatlar quyidagi 2 shart bajarilsa, farqli hisoblanadi:3

    1. Tovar va xizmatlar farqlana oladigan bo‘lsa, ya’ni xaridor tovar yoki xizmatni aloxida iste’mol qila olsa yoki o‘zidagi boshqa resurslar bilan erkin xolda foydalana olsa;

    2. Shartnomadagi boshqa tovar yoki xizmatlardan alohida aniqlana oladigan.


    Download 32.37 Kb.
      1   2




    Download 32.37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    13-mavzu: Xaridorlar bilan shartnomalar bo’yicha daromadlar. Reja

    Download 32.37 Kb.