13-modul. Polimer materiallari




Download 317.94 Kb.
bet4/15
Sana05.04.2023
Hajmi317.94 Kb.
#48848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
O\'RTACHA ARIFMETIK QIYMAT VA UNING XOSSALARI, BT 304 Toshboyeva(Sultonmurodova) Feruza MO\'M 1-referat, i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6, TEST ORIGINALI, Yog\'achdan varyant, 5555555

Teplo fizik xossalari


  1. Issiqbardoshlik.

Bu polimerning kuch ostida xavfli deformatsiyasiz ishlaydigan eng yuqori harorat. Bu uning kimyoviy tarkibiga va molekula qurilishiga bog„liq. Umuman ko„pchilik organik polimerlarning issiqbardoshligi yuqori emas. Noorganik to„ldiruvchilar (asbest, shisha tolalar, kvarts qumi va h.k.lar) qo„shilsa polimerlarning issiqbardoshligi ortadi. Lekin baribir organik polimerlarning issiqbardoshligi 300-5000 S dan ortiq emas.
Ba‟zi hollarda polimerlarni (plastmassa, rezina) qisqa muddatli yuqori harorat (2000-30000S) ishlatish mumkin. Masalan, asosiy konstruktsiyani qisqa vaqt ichida qizib ketishdan, chunki polimer qisqa vaqt ichida uni yuqori haroratdan asray oladi. Polimerning issiq o„tkazishi past bo„lgani uchun.

  1. Issiqlik o„tkazish qobiliyati.

Polimerlarning issiq o„tkazish qobiliyati har xil. Lekin metallarnikidan juda ham kichik. Polimerlarning issiqlik o„tkazish qobiliyati ularning zichligiga, kimyoviy tarkibiga, qurilishiga va h.k.larga bog„liq. Quyida ba‟zi plastmassa va metall emas materiallar 200S haroratdagi issiqlik o„tkazish koeffitsenti berilgan:
1. penoplast-0.020-0.09 Vt/(m*k)
2. penorezina-0.03-0.09 Vt/(m*k) 3. sotoplast-0.04-0.07 Vt/(m*k) 4. oyna-0.4-1.30 Vt/(m*k)
5. penooyna-0.06-0.1 Vt/(m*k)

  1. polistrol-0.10 Vt/(m*k)

  2. ftorlona-4-0.25 Vt/(m*k)

  3. plastmassa noorganik to„ldiruvchilar bilan 0.2…0.6 Vt/(m*k)

  4. farfora-1.2…4 Vt/(m*k)

Issiqlik o„tkazishi kichik bo„lgan materiallar issiq izolyatsiya materiali sifatida ishlatiladi.

  1. Harorat o„tkazuvchanlik.

Bu ham metallarnikiga nisbatan ancha kam. Polimerlarning issiqlik o„tkazuvchanlikni va harorat o„tkazuvchanligini va ular tarkibiga grafit va metall kukunini qo„shish bilan oshirish mumkin.

  1. Sovuqbardoshlik.

Bu polimerning yaxshi xususiyatlarini (germetikligini, egiluvchanlik va h.k.) va elastikligini past temperaturalarda saqlash qobiliyati. Kauchuk va rezina haroratda (-40…- 600S) o„zining yuqori elastikligini yo„qotadi va oynasimon holatiga keladi. Smola va plastmassalar past haroratda (-30…-1000S) mo„rt holatga aylanadi. Yana polimerlarning har xil nurlarga qarshilik ko„rsatish, oksidlanish, atmosfera havosiga chidamlik xossalari ham bor.

Download 317.94 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 317.94 Kb.