13-modul. Polimer materiallari




Download 317.94 Kb.
bet6/15
Sana05.04.2023
Hajmi317.94 Kb.
#48848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
O\'RTACHA ARIFMETIK QIYMAT VA UNING XOSSALARI, BT 304 Toshboyeva(Sultonmurodova) Feruza MO\'M 1-referat, i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6, TEST ORIGINALI, Yog\'achdan varyant, 5555555
Yo„naltirilgan molekulyar strukturasi polimerlar (plastmassalar), shu yo„nalish bo„yicha qo„yilgan kuch ta‟sirida plastik deformatsiyasiz mo„rt uziladi-buziladi. Rasm, “b”.Kristallik polimerlar uchun kuchlanishning deformatsiyaga bog„liqligi quyida berilgan.

Rasm 5. Kristallik polimerni cho„zish diagrammasi.


A, D – egiluvchanlik deformatsiyalar zonalari; S – yuqori elastik deformatsiya zonasi

Ko„rinib turibdiki, bo„yincha hosil bo„lgandan so„ng (A zonaning oxiri), namuna


cho„zilishi (S zona) o„zgarmas kuchlanishda hosil bo„ladi va butun uzunligiga tarqaladi. “D” uchastkada kuchlanish ko„payib deformatsiya ortib namuna cho„ziladi.
“S” uchastkasida olingan deformatsiya, kuch olingach yo„qolmaydi va bir necha yuz foizni tashkil etadi. Kristallik polimerni plastik deformatsiyalanish davrida, uning dastlabki strukturasi o„zgaradi va yangi strukturaga aylanadi. Bunda kristall yangi formaga o„tadi va bir yo„nalishga qaragan bo„ladi.
Polimer kristallik strukturasining deformatsiyalanish davridagi o„zgarishga
rekristallizatsiya deyiladi.
Polimer makromolekulalari qurilishi xususiyatlari ularning mexanik xossalarining quyilgan kuch muddatiga va tezligiga bog„liqligini ifodalaydi. Polimerga kuyilgan kuch ta‟sirida uning strukturasida o„zgarishlarga olib keladi. Bu makromolekulalarning to„g„rilanishi, qayta (orqaga) buralishi, makromolekulalarning o„zaro siljishi bilan bog„liq. Natijada polimer teng og„irlik emas-posanglanmagan (“nerovnoveenыy”), termodinamik turg„un emas holatga o„tadi. Buni o„z holiga qaytishi, ya‟ni relaksatsiya uchun vaqt kerak. Vaqt sekundning bir necha ulushidan (10-4s) bir necha soatgacha, ba‟zi hollarda oylar kerak.
Polimerlarning mexanik xossalari ularning ustmolekulyar strukturasiga bog„liq. Polimerlarni xossalarini yaxshilash uchun fizikaviy va kimyoviy modifitsirovka qilinadi: tarkibiga har xil stabilizatorlar, plastifikatorlar, moylovchilar, rang beruvchilar, legirlovchi elementlar qo„shiladi.
Plastiklikni va (yoki) elastiklikni oshirish uchun plastifikator ko„shiladi.
Plastifikatorlar makromalekulalarning harakatlanuvchanligini oshiradi.
Polimerlarni eskirishidan saqlash uchun stabilizatorlar qo„shiladi.
Kerakli rang berish uchun kraskalar qo„shiladi. Masalan, metall oksidlari (TiO2;Fe2O3), metallarning tuzlari (ko„k kobalt, ulьtramarin), qora kuya va h.k.
Tukuvchi moddalar makromolekulalarni to„qilganligini kerakli darajagacha ko„tarish uchun qo„shiladi: kerakli xossalar olinadi. Kauchuklarni to„kish uchun oltingugurt, selen, fenonli smola qo„shiladi.
Par hosil qiluvchi moddalar. Bular polimer materialini ko„pik holatga aylantiradilar. Bu bilan polimerga tovush va issiqlik o„tmaslik xususiyati, og„irlikni kamaytirish qobiliyati beriladi. Bundan tashqari detal olish aniqligi ham ortadi.

Download 317.94 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 317.94 Kb.