• Polipropilen
  • 13-modul. Polimer materiallari




    Download 317.94 Kb.
    bet7/15
    Sana05.04.2023
    Hajmi317.94 Kb.
    #48848
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
    Bog'liq
    O\'RTACHA ARIFMETIK QIYMAT VA UNING XOSSALARI, BT 304 Toshboyeva(Sultonmurodova) Feruza MO\'M 1-referat, i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6, TEST ORIGINALI, Yog\'achdan varyant, 5555555

    Konstruktsion polimerlar


    1. Poliolefinlar - bular yuqori molekulyar uglevodorodlar. Eng ko„p tarqalganlari:
    polietilen, polipropilen va ularning ko„p sonli sopolimerlari.
    Polietilen-bu etilenni (CH2=CH2) polimerizatsiyasi mahsuloti. Polimerizatsiya sharoitiga qarab (bosim, harorat, katolizator turi) polietilen quyidagi guruhlarga bo„linadi: 1-yuqori bosim polietileni: molekulyar og„irligi 80.000 - 500.000 (PEVD yoki PENP); 2- past bosim polietileni 80.000 - 3.000.000 (PEND yoki PEVP); 3-o„rtacha bosimli 300.000
    - 400.000 (PESD); 4-yuqorimolekulyar polietilen past bosimli, molekulyar massasi 2.000.000 - 3.500.000 (SVMPE).
    Polipropilen-sintetik polimer qattiq, yupqa holda tiniq nur o„tkazadi, qalin bo„lsa, sutsimon oq-loyqa. Yuqori kattalikda kristallangan (75%) 1700S da eriydi. Polietilenga nisbatan yuqori zarbiy qovushqoqlikka, puxtalikka, ishqalanib yeyilishga qarshilikka, yuqori dielektrik xossaga, past gaz-par o„tkazish qobiliyatiga ega. Erimaydi, kaynagan suvga chidaydi, ishqorga chidamli, issiqka va yoriqqa chidaydi.
    Mashinasozlikda polivinilxlorid (PVX) ko„p ishlatiladi. U vinilloridni (SN2=SNSl) polimerizatsiya qilib oladi. PVX ning molekulyar massasi 14.000 - 85.000.
    PVX olinish usuliga-polimerizatsiya usuliga qarab quyidagi gruppalarga bo„linadi: suspenziya usuli-”S”, emulsiya usuli-”E”, massada polimerizatsiyalash-”M”. O„rtacha molekulyar massa “Fikentcher” doimiyliki-”K” bilan aniqlanadi va ikkita raqam bilan belgiladi. Raqamlardan keyingi harflar xossalarini va ishlatilish joyini ifodalaydi: T- termoturg„unlashtirilgan, M-yumshoq materiallarni ishlash uchun, J-qattiq va mustahkam materiallarga qayta ishlash uchun, P-pasto hosil qiluvchi. Masalan: PVX-M64 bu polivinilxlorid massada polimirizatsiyalangan, K=64-66.
    PVX ning qattiq-mustahkami viniplast deyiladi. Yuqori mexanik xossaga, kimyoviy turg„un, texnologikligi yuqori, yaxshi qirqiladi.
    Ftoroplastlar - etilen qatorining ftoro - hosilalari: tetroftoretilen (CF2=CF2), triftoetilen (CF2=CHF), triftorxloretilen (CF2=CFCl). Ftoroplastlar agressiv muhitga chidamli: kuchli kislotalarga, ishqorlarga. Ular termoturg„un.
    Ftoroplastlarning eng ko„p tarqalgani politetraftoretilen (PTFE)-ftiroplast-4; teflon, flyuon. Bular orasida eng zo„ri PTFE. U metallar, polimerlar, silikatlar ichida eng turg„uni agressiv muhitning ta‟siriga qarshilik, ob-havo sharoiti, mikroorganizmlarga qarshilik ma‟nosida.
    Ftoroplast-4 kondensatorlarni, elektr izolyatorlar-plenkani, ishqalanishga qarshi materiallarni, uplotnitellarni yasashda ishlatiladi. Uning modifikatsiyalari ham bor: ftoroplast-4D; ftoroplast-4M; ftoroplast-4NA. Bular ancha texnologik materiallar.

    Download 317.94 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




    Download 317.94 Kb.