• Armatura mahsulotlari turi
  • Poʼlat armaturalarning mustahkamlik va deformatsiyalanish xarakteristikalari namunalarni choʼzilishga sinashdan olingan s–s diagrammasi boʼyicha aniqlanadi.
  • Poʻlat armaturaning choʻzilishdagi diagrammasi
  • Payvandlangan armatura mahsulotlari
  • Xulosa
  • 3.Akramov X.A., Toxirov J.O. Korxonalarda tayyorlangan qurilish konstruksiyalarini tayyorlash. Arxitektura qurilish innovatsiya va integratsiya markazi. T. 2018.
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 0,96 Mb.
    Sana16.02.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #157805
    Bog'liq
    Abdunazarov Orif


    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    Termiz davlat universiteti arxitektura va qurilish fakulteti
    "Transport tizimlari va inshootlari" kafedrasi
    Korxonalarda tayyorlangan qurilish konstruksiyalari fanidan
    TAQDIMOTI
    Mavzu: Armatura mahsulotlari turi
    Bajardi: Abdunazarov O
    Qabul qildi: Abdumoʻminov O

    Armatura mahsulotlari turi

    Reja:

    1.Poʼlat armaturalarining mexanik xususiyatlari

    2.Konstruktsiyada armaturaning qoʼllanilishi

    3.Payvandlangan armatura mahsulotlari

    4.Xulosa

    5. Adabiyotlar

    Poʼlat armaturalarining mexanik xususiyatlari

    Poʼlat armaturalarning mustahkamlik va deformatsiyalanish xarakteristikalari namunalarni choʼzilishga sinashdan olingan s–s diagrammasi boʼyicha aniqlanadi.

    Diagrammada oquvchanlik maydoniga ega boʼlgan issiq holda chigʼirlangan poʼlat armatura uzilishdan keyin 25% gacha (yumshoq poʼlat) choʼziladi.

    Yuk miqdori sezilarli koʼpaymagandagi deformatsiyaning rivojlanishiga mos keladigan kuchlanish u poʼlatli armaturaning fizikaviy oquvchanlik chegarasi deyiladi. Poʼlat armaturaning uzilishigaolib keladigan kuchlanish u esa, poʼlat armaturaning vaqtinchalik qarshiligi deb nomlanadi. Issiq holda chigʼirlangan poʼlat armaturaning mustahkamligini oshirish va uzilishdagi choʼzilishini kamaytirish uchun uning tarkibiga uglerod va har xil moslovchi qoʼshimchalar: marganets, kremniy, xrom va boshqalar qoʼshiladi.

    Poʻlat armaturaning choʻzilishdagi diagrammasi

    Konstruktsiyada armaturaning qoʼllanilishi

    Taranglashtirilmaydigan armatura sifatida – At–III, A–III sinfli

    sterjenli armaturalar va Vr–I sinfli oddiy simlar ishlatiladi.

    Montaj armatura sifatida hamda toʼqilgan sinchlarning xomutlari sifatida А–I, Vr–I sinfli armaturalar qoʼllaniladi.

    Taranglashtiriladigan armatura sifatida qizdirish yoʼli bilan (termik usul) mustahkamlangan – At–IVS, At–V, At–VI sinfli armaturalar hamda A–IV, A–V va A–VI sinfli armaturalarni qoʼllash tavsiya etiladi; 12 m dan uzun boʼlgan elementlar uchun arqon armaturalar, yuqori mustahkamlikka ega boʼlgan simlar Vr–II hamda – A–IV, A–V, A–VI sinfli sterjenli armaturalarni qoʼllash tavsiya etiladi.

    Konstruktsiyalarda qoʼllash uchun poʼlatli armaturani tanlashda uning payvandlanish xususiyati hisobga olinadi. A–I, A–II, A–III, A–IV, A–V, A–VI, Аt–IIIC va Аt–IVC sinfli sterjenli armaturalar va oddiy simlar toʼrlarni tayyorlashda kontak–payvand usulida yaxshi payvandlanadi. Mustahkamligi termik usulda oshirilgan At–V, At–VI sinfli sterjenli armaturalarni va yuqori mustahkamli simlarni payvandlash mumkin emas, chunki mustahkamlash samaradorligi yoʼqoladi.

    Payvandlangan armatura mahsulotlari

    Payvandlanadigan armaturali toʼrlar va sinchlar asosan korxonalarda tayyorlanadi. Sinchlar va toʼrlarning koʼndalang va boʼylama sterjenlari, asosan, toʼgʼri burchak ostida nuqtali kontakt usuli bilan elektr – payvandlovchi mashinalarda payvandlanadi. Toʼr va sinchlarni payvandlash mashinasida tayyorlash armatura ishlarini industriyalashtirish, mehnat unumdorligini oshirish va armatura tayyorlash ishlarini arzonlashtirish imkonini beradi. Payvandlangan toʼrlar diametri 3–5 mm boʼlgan oddiy sim va sinfi A–III boʼlgan diametri 6–10 mm dan iborat boʼlgan armatura sterjenlaridan standart boʼyicha tayyorlanadi. Toʼrlar rulon va yassi holatda boʼladi.Payvandlangan

    Rulonli toʼrlarda boʼylama sterjenlarning eng katta diametri 6 mm qabul qilinadi. Toʼrlarda ishchi armatura boʼylama yoki koʼndalang joylashishi mumkin. Ishchi sterjenlarga perpendikulyar joylashgan sterjenlar taqsimlovchi armatura deyiladi. Bir vaqtning oʼzida toʼrning ikkala yoʼnalishda joylashgan sterjenlari ishchi sterjen boʼlishi mumkin. Toʼrning eni 3800 mm, uzunligi esa loyiha boʼyicha qabul qilinib, 9000 mm dan oshmasligi kerak. Rulon toʼrning ogʼirligi 900–1300 kg dan oshmasligi kerak.

    Xulosa

    Armatura mahsulotlari firmalar, fundament uchun plitalar uchun karkazlar, sim armaturadan yasalgan setkalar misol boʻla oladi.

    Adabiyotlar

    1.A.M. Neville. Properties of concrete. 5 th edition. TA439.N48. 2011.

    2.Akramov X A., Usmonov, V F. Korxonalarda tayyorlangan qurilish konstruksiyalari. Darslik. Ozbekiston T. 2018.

    3.Akramov X.A., Toxirov J.O. Korxonalarda tayyorlangan qurilish konstruksiyalarini tayyorlash. Arxitektura qurilish innovatsiya va integratsiya markazi. T. 2018.


    Download 0,96 Mb.




    Download 0,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 0,96 Mb.