Ikkinchi guruh yo‘l to‘siqlari quyidagi joylarga o‘rnatiladi:
I darajali yo‘llarni avtobus to‘xtash joylarini butun uzunasi bo‘yicha va ikki tomonga 20 m masofa uzunlikda. Transport tonellarida trotuarni bitta tasmasida piyodalarni harakat jadalligi 100 odam/soat dan ko‘p bo‘lsa. Svetofor bilan boshqariladigan piyodalar o‘tish joylarida yo‘lni ikki tomonida 50 m dan kam bo‘lmagan masofada o‘tish joyini ikki tarafiga panjarasimon to‘siq joylashtiriladi. Er osti va er usti piyodalar o‘tish joylarida piyodalarni betartib harakatini to‘xtatish uchun 50-100 m masofada balandligi 1,5 m dan kam bo‘lmagan panjarasimon to‘siqlar yo‘lni ikki tomoniga o‘rnatish ko‘zda tutiladi.
14.3-rasm. 2-guruh yo‘l to‘siqlari
14.4-rasm. Bir tomonli metall to‘siq (GOST 26804—86):
a – old ko‘rinishi; b – plan; v – ish uchastkasidagi ustun; g – boshlanish va tugash uchastkalaridagi ustunlar; d – qattiq konsal; ye – plankani ustunga biriktirish; L1 – boshlanish uchastkasi; L2 – ish uchastkasi; L3 – oxirgi uchatka; 1 – oxirgi element; 2 – planka; 3 – nurni qaytaradigan element; 4 – diagonal bog‘lash; 5 – ustun; 6 – qattiq konsol; 7 - M10X1.25-8g 30.58 bolt; 8 - MI6X45.58 bolt.
GOST 26804—86 bo‘yicha ajratish polosasida ikki tomonli bar’er to‘siq qo‘yiladi. Ustunlari qattiqligining kamaygani, plankalari tortilgani, urilganda plankali konsol ustundan ajrab ketishi, to‘siq hisoblangandek bo‘ylama egilishi uchun ustun cheti bilan yo‘l poyi qoshi orasi oshirilgani sababli bir tomonli va ikki tomonli bunday to‘siqlarning foydalanish ko‘rsatgichlari baland bo‘ladi. Agar andoza loyiha urilganda konsolning planka bilan ajralib ketishini nazarda tutgan bo‘lsa ustun (№16 qo‘shtavr), konsol (№14 shveller) va po‘lat plankadan iborat bo‘ladigan bar’er to‘siqning foydalanish ko‘rsatgichlari ham taxminan shunday bo‘ladi.
Plankalar amortizatorlorlarga, amortizatorlar esa yog‘och yoki temir beton ustunlarga biriktirilganda metall ustunga birikkanidan ko‘ra samarasi kamroq bo‘ladi, lekin metallni tejash uchun ko‘pincha shunday konstuksiyalar ishlatiladi.
14.5-rasm. Ikki tomonli metall to‘siqlar (GOST 26804—86):
a – old ko‘rinishi; b – plan; v – ustun konstruksiyasi; g – tirgak konsol; d – balkalarni ustun bilan birlashtirish; L1 – boshlanish uchastkasi; L2 – ish uchastkasi; L3 – o‘tish uchastkasi: 1 – nurni qaytaradigan element; 2 – ustunlar; 3 – plankalar; 4 – tirgak konsol; 5 – skoba; 6 –bolt M16X45.58; 7 –bolt M16X1,5 8gX30,58;
14.6-rasm. Amortizatorlardan o‘tkazib ustunga mahkamlangan po‘lat plankali bar’er to‘siqlar (503-0-17 andoza loyiha):
a – metall ustunga; b, v – temir beton ustunga; 1 – planka; 2 - amortizator; 3 – metall ustun; 4 – oraliq temir beton ustun; 5 – asosiy temir beton ustun.
Topshiriq: Talabalar berilgan topshiriqga asosan 1 va 2 guruh yo‘l to‘siqlari va yo‘naltiruvchi ustunchalar bilan Avtomobil yo‘lini muhandislik jihozlash bo‘yicha me’yoriy hujjatlar asosida loyihalash sxemasini chizishadi, topshiriqni chizmasi va xulosani yozma ravishda topshirishadi.
|