• Nazariy qism
  • Ishni bajarish bo‘yicha ma’lumotlar
  • 14- amaliy mashg‘ulot Mavzu: Avtomobil yo‘llarini muhandislik jihozlash Ishdan maqsad




    Download 0,66 Mb.
    bet1/2
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,66 Mb.
    #242440
      1   2
    Bog'liq
    14-amaliy ish


    14- amaliy mashg‘ulot
    Mavzu: Avtomobil yo‘llarini muhandislik jihozlash


    Ishdan maqsad: Talabalar berilgan topshiriqga asosan Avtomobil yo‘lini muxandislik jixozlash sxemasini tuzishadi va xulosa qilib me’yoriy hujjatlarga asosan asoslab berishadi
    Nazariy qism
    Avtomobil yo‘llarida yo‘l to‘siqlari transport vositalarining, piyodalarning harakatini tartibga solish va yo‘l - transport hodisalarining oldini olish hamda ularning og‘irlik darajasini pasaytirish uchun o‘rnatiladi. Yo‘l to‘siqlariga qo‘yiladigan talablar GOST 26804-86 «Ограждения дорожные, металлические барерного типа. Технические условия» da keltirilgan. Yo‘l sharoitining o‘zgarishiga qarab yo‘l to‘siqlarini qanday vaqtlarda ishlatish shartlari GOST 23457-86 «Технические средства организатсии дорожного движения»da keltirilgan.
    Ishni bajarish bo‘yicha ma’lumotlar
    Yo‘l to‘siqlari mustahkam, egiluvchan, sutkaning har qanday vaqtida ko‘rinuvchan, almashtirish oson va iqtisodiy jihatdan arzon bo‘lishi kerak.
    Birinchi guruh yo‘l to‘siqlari yo‘l yoqasida yo‘l poyining chetidan 0,5 m masofadan kam bo‘lmagan va 0,85 m ko‘p bo‘lmagan masofada yo‘l to‘sig‘ining bikirligiga qarab joylashtiriladi.
    Avtomobil yo‘llarida yo‘l to‘siqlari transport vositalarini, piyodalar harakatini tartibga solish va yo‘l transport hodisalarini oldini olish hamda ularni og‘irlik darajasini pasaytirish uchun o‘rnatiladi. Yo‘l to‘siqlariga qo‘yiladigan talablar GOST 26804-86 da keltirilgan. Yo‘l sharoitini o‘zgarishiga qarab yo‘l to‘siqlarini qanday vaqtlarda ishlatish shartlari Gost 23457-86 da keltirilgan. Yo‘l to‘siqlarini qo‘llash shartlariga qarab 2 guruhga bo‘linadi.

    14.1-rasm. 1-guruh yo‘l to‘siqlari
    Birinchi guruh yo‘l to‘siqlari I-IV darajali Avtomobil yo‘llarida yo‘l yoqasida qo‘yidagi hollarda o‘rnatiladi: Yo‘l poyi ko‘tarmada o‘tib, uni yon qiyaligi 1:3 va undan tik bo‘lsa. Temir yo‘l izlariga, botqoqliklarga, kanallarga (suvning chuqurligi 2 m va undan ko‘p bo‘lsa), jarlarga va tog‘ daralariga oraliq masofa yo‘lni qatnov qismini chetidan 25 m va undan kam bo‘lmagan hollarda, yo‘l parallel o‘tgan joylarda. har xil sathda kesishgan murakkab chorrahalarda. Rejada yo‘lni yo‘nalishi o‘zgarib ko‘rinish ta’minlanmagan uchastkalarda. Ajratish tasmalarida, ko‘priklarda, yo‘l o‘tkazgichlarda, estakadalarda. Birinchi guruh yo‘l to‘siqlari yo‘l yoqasida, yo‘l poyini chetidan 0.5 m masofadan kam bo‘lmagan va 0.85 m ko‘p bo‘lmagan masofada yo‘l to‘sig‘ini bikirligiga qarab joylashtiriladi.




    14.2-rasm. 2-guruh yo‘l to‘siqlarini qo‘llash

    Xavfsizlik talablariga ko‘proq temir plankalardan yasalgan to‘siqlar to‘g‘ri keladi. Ko‘ndalang kesimi W ko‘rinishida bo‘ladigan plankalar qattiq konsolga mahkamlanadi, konsol esa №12 shvellerga biriktiriladi (14.4-rasm). Ustunlarining orasi 1 m, 2m, 3m va 4m bo‘ladigan, bir tomonli yo‘l to‘siqlari konstruksiyasining (GOST 26804-86 bo‘yicha ) to‘rt xili ishlab chiqilgan. Bu konstruksiyalarning ishlashi quyidagicha bo‘ladi: Avtomobil to‘siqqa urilganda asosiy zarba plankaga tushadi, zarbaning bir qismi o‘tgan ustun esa qiyshayadi. Ustunning qiyalik burchagi taxminan 35° daraja bo‘lganda undagi qattiq konsol ajralib ketadi va shuning uchun plankani tik ushlab uni yerga tushirmaydi, natijada Avtomobilning to‘siqdan oshib ag‘darilib ketishi oldi olinadi. Urilgan vaqtida planka ishlashi uchun «tortilgan ip» qoidasiga muvofiq qilib, 2 m oraliqda o‘rnatilgan usunlar orasida, to‘siq uchastkasining boshlanish va tugash vositasi ko‘zda tutilgan (har bitta uchastkaning uzunligi 12 m).



    Download 0,66 Mb.
      1   2




    Download 0,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    14- amaliy mashg‘ulot Mavzu: Avtomobil yo‘llarini muhandislik jihozlash Ishdan maqsad

    Download 0,66 Mb.