• O’rtacha namuna tanlash.
  • Nonni organoleptik baholash.
  • 14-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Yopilgan non sifatini baholash Darsning maqsadi




    Download 431,07 Kb.
    bet1/4
    Sana27.08.2024
    Hajmi431,07 Kb.
    #269930
      1   2   3   4
    Bog'liq
    14-амалий


    14-Amaliy mashg’ulot.
    Mavzu:Yopilgan non sifatini baholash
    Darsning maqsadi: non yopish texnologiyasi bilan tanishish. Tala-balarga non mahsulotidan o’rtacha namuna olish va uni organoleptik baholashni o’rgatish.
    Ishlash tartibi: har 4-5 talabaga zarur jihoz to’plami va yarim yoki butun non mahsuloti beriladi. Quyidagi uslubda non sifatining organoleptik va fizik-kimyoviy ko’rsatkichlariga qarab, g’ovaklik va nordonligi aniqlanadi.
    Savdo shoxobchalariga keltiriladigan nonlarni har bir turi standartda belgilangan talablarga javob beradigan holda tushishi shart. Non sifati organoleptik va laboratoriya usullari bilan aniqlanadi. Namuna tanlash va nonni laboratoriyada sinash mavjud standartlarda yoritilgan uslubda amalga oshiriladi. Mazkur ishni bajarishda, talabalar namuna tanlash, sinash usullari va sifatiga qo’yiladigan talab bilan tanishishi zarur. So’ngra non namunasining organoleptik va fizik-kimyoviy nordonlik va g’ovaklik ko’rsatkichlari tahlil qilinadi. Olingan ma’lumotlarni taalluqli ko’rsatkichlari bilan taqqoslanadi.
    O’rtacha namuna tanlash. O’rtacha namuna non zavodi (novvoy-xona) yoki savdo korxonasida DAST ko’rsatmalari bo’yicha har bir non to’plamidan olinadi. Non to’plami deb, zavod yoki novvoyxonada bir brigada tomonidan, smenada og’irligi 40 t gacha tayyorlangan har xil non va non mahsulotlariga; savdo tarmog’ida bir korxonada tayyorlangan va qabul qilingan bir xil non mahsulotlariga aytiladi. O’rtacha namuna deb, tashqi belgilari bilan butun to’plamni ta’riflaydigan sifatni aniqlash uchun ajratilgan non to’plamining bir qismiga aytiladi.
    Laboratoriya namunasi deb, laboratoriya tahlili uchun ajra-tilgan o’rtacha namunaning bir qismiga aytiladi. Laboratoriya namunani tuzish mahsulotning o’rtacha namunasidan tanlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Og’irligi 400 gr dan ortiq va donabay mahsulotlardan 1 dona, og’irligi 200 dan 400 gr gacha donabay mahsulotlardan 2 ta namuna ajratiladi.
    Nonni organoleptik baholash. Nonni organoleptik baholash-da uning tashqi qiyofasi: sirti, ranggi, shakli, qobiq va mag’iz holati, yopilishi, egiluvchanligi, ta’mi va hidi tekshiriladi.

    Download 431,07 Kb.
      1   2   3   4




    Download 431,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    14-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Yopilgan non sifatini baholash Darsning maqsadi

    Download 431,07 Kb.