|
14-ma’ruza. Adobe Photoshopda ranglar va qatlamlar bilan ishlash. Ma’ruza rejasi
|
bet | 1/2 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 7,32 Kb. | | #111581 |
Bog'liq 5-ma’ruza Adobe Photoshopda ranglar bilan ishlash-fayllar.org
5-ma’ruza: Adobe Photoshopda ranglar bilan ishlash
14-ma’ruza. Adobe Photoshopda ranglar va qatlamlar bilan ishlash.
Ma’ruza rejasi:
1. Adobe Photoshop dasturida ranglar bilan ishlash asboblari.
2. Photoshopda qatlamlar bilan ishlash asboblari.
3. Photoshopda matn bilan ishlash asbobi.
Tayanch so’z va iboralar. Основной цвет, ковш, линия, карандаш, кисть, аэрограф, цвет фона, переключение цветов, стандартной цвет, RGB, CMYK.
Adobe Photoshop dasturida asboblar panelida ranglar bilan ishlash uchun tо‘rtta asbob ajratilgan:
Основной цвет. Ushbu oynasida qanday rang kо‘rsatilgan bо‘lsa, Ковш, Линия, Карандаш, Кисть, Аэрограф va shuningdek, bular Alt klavishi bilan birgalikda qо‘llanganda ПАЛЕЦ oynasi uchun о‘sha rang asosiy hisoblanadi. Osnovnoy svet oynasidagi rang ПИПЕТКА yoki ushbu oyna ustida «sichqoncha» tugmasini ikki marta ketma-ket bosish orqali о‘zgartiriladi.
Цвет фона. Ko‘satilgan rang LASTIK oynasi bilan ishlanganda qo‘llaniladi. SVET FONA oynasidagi rang OSNOVNOY SVET oynasida rangni o‘zgartirish uchun qanday amal bajarilgan bo‘lsa, bunda ham huddi o‘sha amalga rioya qilish lozim yoki PIPETKA oynasi bilan Alt klavishini birgalikda bosish orqali rangni almashtirish mumkin.
Переключение цветов. Kursor ko’rsatkichini ushbu oyna usida bir marta bosish orqali asosiy rang va fon rangi o‘rni almashadi.
Стандартной цвет. Kursorni ushbu oyna ustida bir marta bosish orqali asosiy rang va fon rangini standart ranglar qora va oq rangga almashtiriladi.
Ranglarni tanlashda Photoshop dasturida Color yoki Swatches oynalaridan ham foydalanish mumkin.
RGB (Red, Green, Blue qizil, ko‘k, yashil) moduli tasvirni ekranda tahrir qilish nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda juda qulay va u 24 razryadli ranglar palitrasi yordamida deyarli barcha 16 million ranglarni monitorda aks ettiriladi. RGB ranglar majmuasi bilan ishlagan barcha tasvirlarni hohlagan formatda diskka yozish mumkin. RGB ranglar majmuasidagi ayrim ranglar umuman tabiatda uchramaydi.
CMYK – tabiatda mavjud bo‘lgan ranglar majmuasi, quyosh nurlari va inson ko‘zlari ajrata oladigan barcha ranglarni o‘zida mujassamlashtirgan. Quyosh nurlari biror – bir jismga tushganda uning ta’siri ostida inson ko‘zlari jism shakli va rangini idrok etadi. Misol uchun binolarning o‘t o‘chirish burchaklariga osib qo‘yilgan o‘t o‘chirgichlar to‘q ko‘k va zangori ranglar bilan bo‘yalishiga qaramay, bizning ko‘zimizga to‘q qizil rangda ko‘rinadi. Bundan ko’rinadiki, ranglarni bir biriga qo‘shilishi natijasida boshqa ranglar hosil qilinadi:
C – havorang, M – binafsharang, Y - sariq rang, K - qora rang.
RGB ranglar majmui keng ko‘lamdagi ranglarni taklif etadi. Lekin ularning ko‘p qismi (ayniqsa, yorqinlari) tasvirni chop etganda monitordagi bilan keskin farq qiladi. Shu bois ham ko‘plab mutaxassislar tasvirni chop etishdan avval uni CMYK tizimiga o‘tkazishadi. Ayrim mutaxassislar esa tasvir bilan CMYK tizimida ishlashni maslahat berishadi. Ammo bu tasvir bilan ishlash turli qiyinchiliklarni tug’diradi. Ayni shunday qiynchiliklardan biri – kompyuter juda sekin ishlashidir. Bunga asosiy sabab Adobe Photoshop dasturi RGB tizimiga sozlangan bo‘lib, har bir buyruqni bajarib, uni RGB -tizimidan CMYK sistemasiga almashtirguncha kompyuter qo‘shimcha vaqt talab qiladi. Bundan tashqari, skaner va monitor ham RGB sistemasida ishlashga mo‘ljallangan. Ranglar bilan ishlovchi barcha uskunalar (rangli printerdan tashqari) RGB sistemasida ishlaydi. Shuning uchun yaxshisi tasvirni chop etishdan avval CMYK sistemasiga o‘tkazib olish maqsadga muvofiq. Tasvir ustida barcha amallarni poyoniga yetkazib, menyular satrida Изображение – Настройка tarkibidagi CMYK buyrug’ini tanlang.
|
| |