Ekspert tizimlarni yaratishdagi qiyinchiliklar




Download 1.25 Mb.
bet15/20
Sana11.09.2022
Hajmi1.25 Mb.
#25801
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
14-ma\'ruza. Ekspert tizimlar turlari, yaratish bosqichlari va si
1-mavzu. Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari faniga kirish, 2.1-mavzu. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizim asoslari, Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari, Milliy va jahon tarbiya konsepsiyalarini qiyosiy tahlili.

9. Ekspert tizimlarni yaratishdagi qiyinchiliklar


ET ni yaratishda muayyan qiyinchiliklar uchraydiki, bularni nafaqat yaxshi bilish, balkim uni yengib chiqish kerak bo`ladi. Bu muammolarni batafsil ko`rib chiqamiz.



  1. Ekspertlardan bilimlarni olish muammosi. Birorta mutaxassis o`zining kasbiga oid bilimlarni va mahoratini hech qachon shundayligicha ochmaydi. U moddiy va ma’naviy jihatdan manfaatdor bo`lishi kerak. Hech kim o`zi o`tirgan daraxt shoxini kesishni hoxlamaydi. Ko`pincha bunday mutaxassis kompaniyalarga kerak bo`lib qolmaslikdan saqlanish uchun o`zining mavjud sirlarini ochishdan o`zini saqlaydi. Bunday vaqtda uning o`rniga ET ishlaydi. Bunday muammodan qutilishda hamkorlik qilishga qiziqishi bor yuqori malakaga ega bo`lgan expertlarni tanlash yordam beradi.

  2. Ekspert bilimlarini formallashtirish muammosi. Ba’zi bir predmet sohalarda expert-mutaxassislar o`zlarining bilimlarini yetarli darajada formallashtira olmaydilar. Ko`pincha ular intuitiv darajada to`g`ri qaror qabul qiladi va u yoki bu qarorni nima uchun qabul qilganligini asoslab bera olmaydi. Ba’zi hollarda qaror qabul qilishda expertlarning fikrlari bir-biriga to`g`ri kelmaydi. Bunday holatlarda o`zining fikrini aniq formallashtiradigan va boshqalarga oson tushuntiradigan expertni tanlash maqsadga muvofiq bo`ladi.

  3. Ekspert vaqtining kamligi muammosi. Yaratilayotgan ET uchun expertning yetarlicha vaqti etishmasligi mumkin. U juda band, hammaga kerak va muammolari bo`lishi mumkin. Bunday holatdan chiqish uchun loyihani boshlashdan oldin ekspertbilan ushbu loyixaga qancha vaqt sarflanishi, ishning hajmi oldindan kelishilgan bo`lishi kerak.

  4. Ekspert tomonidan formallashtirilgan qoidalarning kerakli aniqlikni bermasligi. Agarda ekspertbilan haqiqiy masalalar yechilsa, bu muammodan halos bo`lish mumkin. Masalalarni yechishda amaliy masalalardan olingan haqiqiy ma’lumotlar, ya’ni laboratoriya ma’lumotlari, hisobotlar, kundaliklar va boshqa ma’lumotlardan foydalanish kerak. Ekspert bilan bitta tabiiy tilda va muayyan bir predmet sohaga oid terminologiyada gaplashish kerak.

  5. Resurslarning etishmasligi. Resurslar sifatida bilimlar injeneri, instrumental vositalarni yaratuvchilar, expertlar va ET qurish vositalarini qarash mumkin. ET yaratish ko`p vaqtni talab etadi. Oxirgi yillarda ET yaratish texnologiyalarining rivojlanishi bilan ETni yaratish tez amalga oshirilmoqda, lekin yaratishga ketadigan vaqt muammoligicha qolmoqda. ET yaratishda qatnashadigan xodimlarni ko`paytirish ET yaratishga ketadigan vaqtni qisqartirmaydi, chunki ET yaratish jarayoni – bu teskari aloqalar to`plami jarayoni. Shuning uchun ETni loyihalashni rejalashtirishda yuqoridagilarni hisobga olish kerak bo`ladi.

  6. Yechiladigan masalada instrumental vositalarning noadekvatligi(mos kelmasligi). Ko`pincha aniqlangan bilimlar tiplarini(vaqtli yoki fazoli) bilimlarni namoyish etishning bitta tilida tasvirlash mumkin bo`lmaydi. Ba’zi bir masalalar ET texnologiyalari asosida yechishga yaroqsiz bo`ladi. Shuning uchun yechilayotgan masalaga ET texnologiyalarini qo`llash uchun ushbu masala puxta tahlil qilinishi va undan keyin to`g`ri qaror qabul qilinishi kerak.

ETlarni qurishda uchraydigan boshqa qiyinchiliklar haqidagi ma’lumotlar [15, 29, 34, 36, 38, 41] manbalarda keltirilgan.



Download 1.25 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 1.25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekspert tizimlarni yaratishdagi qiyinchiliklar

Download 1.25 Mb.