14-mavzu: investitsiya loyihalarida noaniqlik va qaltislikni tahlili




Download 47,74 Kb.
bet1/9
Sana27.05.2024
Hajmi47,74 Kb.
#254548
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
14-mavzu

14-MAVZU: INVESTITSIYA LOYIHALARIDA NOANIQLIK VA QALTISLIKNI TAHLILI




Loyihalarda noaniqlik va qaltislik tushunchalari


Loyihalarda noaniqlik va qaltisliklarni aniqlash va ularni boshqarish ularni har bir bosqichida juda muhimdir.
Biz xohlamagan narsa yoki voqeaning sodir bo‘lish ehtimolini qaltislik deb ataymiz. Investitsiya loyihalari uchun qaltislik – bu loyihalarda ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishmaslik ehtimolidir. Buning natijasida investorlarning loyihani moliyalashtirishga bo‘lgan qiziqishi pasayadi yoki loyiha umuman investorlarni qiziqtirmay qolishi mumkin.
Iqtisodiy qaltislik deganda, pul ko‘rinishida ifodalanishi mumkin bo‘lgan turli zararlarning yuzaga kelish ehtimolligi tushuniladi.
Ular quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

    • Zarar ko‘rish xavfi, ehtimolligi mavjud. Qaysidir mahsulotni ishlab chiqarish zarar keltirishi mumkin. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida hatto eng yirik xalqaro kompaniyalar ham ba’zi sohalarini yoki mahsulotlarini ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘ydi, uning o‘rniga ekologik sof va tannarxi arzon mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tdilar.

    • Noaniqlik, oldindan ko‘ra bilish imkoniyati yo‘qligi. Ya’ni bo- zorning o‘rganilmaganligi yoki boshqa sabablar tufayli ma’lum bir loyiha uchun yakuniy moliyaviy natija qanday bo‘lishini oldindan aytish qiyin bo‘ladi.

Firmada ro‘y berishi mumkin bo‘lgan qaltisliklar turli xil, lekin asosan ularning ikki turi ko‘riladi:

  1. Moliyaviy qaltisliklar.

  2. Firma xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq qaltisliklar.

Bu turdagi qaltisliklarni firma boshqara oladi va yechimini topadi. Ular ichki qaltisliklardir. Tashqi qaltisliklarga firma yoki firma rahbarlari ta’sir eta olmaydi. Shuning uchun tashqi qaltisliklarni identifikatsiya qilinishi va unga moslashib samarali faoliyat qilish chora-tadbirlarini belgilab olishi kerak.

Download 47,74 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 47,74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



14-mavzu: investitsiya loyihalarida noaniqlik va qaltislikni tahlili

Download 47,74 Kb.