• A= I/(1+k)
  • Investitsiyalarda qaltislik darajasi
  • Investitsiyalarda qaltislik darajasini bosqichma-bosqich baholash
  • Misol
  • 14-mavzu: investitsiya loyihalarida noaniqlik va qaltislikni tahlili




    Download 47,74 Kb.
    bet6/9
    Sana27.05.2024
    Hajmi47,74 Kb.
    #254548
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    14-mavzu

    BEP=FC+Annuity+Depreciation/P-VC


    Zararsizik nuqtasida puldagi ishlab chiqarish hajmi bo‘lib, u hajmda foyda va zarar nolga teng bo‘ladi

    (3) Depreciation =I/n


    D- depreciation –investitsiya amortizatsiyasi Misol uchun K=25%
    n

    A= I/(1+k)


    D=I/n
    Yuqorida keltirgan misolimizni eslab o‘tish kifoya. BEP=FC+Annuity+Depreciation/P-VC =
    =70 000+235 000+150 000/ (13-4)= $ 50 689
    =70 000+235 000+150 000/ (13-4)= $ 50 689


    otal cost (TC=FC+VC)

    Investitsiyalarda qaltislik darajasi


    Investitsiyalashda qaltis deganda investitsiya daromadlarining ko‘zda tutilgan miqdoridan kamayish holati tushuniladi. Daromad- larning o‘zgarishi shkalasi qanchalik keng bo‘lsa, investistiyalashda qaltislik darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Investitsiyalashda qaltislik manbalari bir-biri bilan juda bog‘liq bo‘lganligi sababli, ularning qaysi biri daromadga qanchalik ta’sir eganligini aniqlash juda mushkul. Investitsiyalashda qaltislikning asosiy turlari: ish bilan bog‘liq qaltislik, moliyaviy bozor tasodifi xavflari, aholining sotib olish
    qobiliyati bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy xavf, foiz xavfi va bosh- qalar hisoblanadi.


    Investitsiyalarda qaltislik darajasini bosqichma-bosqich baholash


    Loyiha amalga kirgunga qadar har xil bosqichlardan o‘tadi. Har bir bosqichda o‘ziga xos qaltislik bo‘lib, ularni bosqichma-bosqich baholash va barchasining yig‘indisini topish kerak. Oldingi mavzulardan ma’lumki, loyiha quyidagi bosqichlardan iborat:

    • loyihani vujudga keltirishdan oldingi, tayyorlash bosqichi;

    • qurilish: inshoot, uskunalar qurish, qurilish uchun zarur bo‘lgan materiallarni sotib olish va ularni montaj qilish;

    • loyiha asosida vujudga keltirilgan obyektni ishga tushurish va uni to‘liq quvvatga olib chiqish hamda shu asosda foyda olish.

    Hamma hisob-kitoblar ikki martadan, ya’ni:

    • loyihani vujudga keltirish paytida;

    • loyihaning xavfli elementlari aniqlangandan keyin amalga oshiriladi.

    Har bir ekspertga ehtimolli xavflar ustida chuqur tahlil ishlarini olib borish topshiriladi va ularga quyidagi baholash tizimidan foydalanish tavsiya etiladi:

    • 0 - xavf yo‘q deb qabul qilingan;

    • 25 - xavf asosan yuzaga chiqmaydi;

    • 50 - bu holat hali hech qanday mulohaza yuritishga asos bo‘la olmaydi;

    • 75 - har qalay xavf o‘z kuchini ko‘rsatsa kerak;

    • 100 - xavf yuzaga chiqsa kerak.

    Ekspertlar baholarining bir-biriga zid kelmasligi quyidagi qoidalarga ko‘ra tahlil qilinadi.
    1- qoida: ikkita ekspertning fikri orasidagi farq 50 dan oshishi kerak emas. Max ïai-biï £ 50
    Bu yerda: a va v ikkita ekspertning fikri.
    Agar ekspertlar soni uchta bo‘lsa, birinchi va ikkinchi, birinchi va uchinchi, ikkinchi va uchinchi ekspertlar fikrining natijasi olinadi. Masalan, alohida oddiy xavf bo‘yicha uchta ekspert quyidagicha fikr berdi a-0 , v-25, s-50, bunda av =25; as=50; vs=25 bu natijalar birinchi qoida talablarini qoniqtiradi.
    Biznes rejani tuzishda qaltisliklarni aniqlab ularni boshqarish usullarini ham ishonarli ko‘rsatib berish zarur. Qaltisliklarni boshqrishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin.

    1. Qaltisliklardan qochish. Kichik korxona ayniqsa yangi tashkil etilgan davrda tashqi qaltisliklarga duch kelishi mumkin. Ularni salbiy ta’sir kuchini kamaytirish mumkin bo‘lsa-da, ulardan umuman qutilishni imkoni bo‘lmasa unday qaltisliklardan qochish maqsadga muvofiq. Misol uchun mahsulotga xaridorlarning talabi keskin kamayishi va narxining kamayib ketishi mumkin. U holda mahsulot ishlab chiqarish korxonaning zararini ko‘paytirib yuborishi va korxona butunlay mushkul ahvolga tushib qolishi mumkin. U holda mahsulot ishlab chiqarishni to‘xtatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agarda ushbu muammo uzoq davom etsa biznesdan chiqish, korxonani yopish zarur. Shuning uchun ham korxonalar diversifikatsiya qilish strategiyasi ustida doimo izlanishi zarurdir.

    2. Qaltislikni taxmin qilish. Kelajakda korxonaga ma’lum qaltislik tahdid solsa uni oldini olish uchun xususiy moliyaviy imkoniyatlar, zaxira fondlarini tashkil etish mumkin. Agar kutilayotgan zararlar miqdori uncha katta bo‘lmagan hollarda, kichik korxonaning joriy aktivlari zararni qoplashga yetarli bo‘lgan hollarda qaltislikni qarshi qabul qilish mumkin.

    3. Biznes rejada qaltislikni oldini olish usulidan foydalanish yangi korxona uchun ma’qul usullardan hisoblanadi. Bu usul quyidagi hollarda qo‘llaniladi:a) zarar yuzaga kelish ehtimoli yuqori. b) Zararni miqdori unchalik katta emas. Misol uchun korxonada texnologik xavfsizlik mavjud, uning oldini olish uchun tegishli xodimlarni o‘qitish zarur bo‘ladi.

    4. Zararni kamaytirish. Misol uchun vaziyat qaltis, zarar yuzaga kelish ehtimoli bor. Bunga misol sifatida o‘simlikka zarakunandalar tusha boshladi. Uni oldini olish uchun himoya vositasini qo‘llash kerak. Shunda zararni oldini olish va qaltislikni boshqarish mumkin.

    5. Sug‘urtalash. Qaltislikni boshqarishda keng qo‘llaniladigan usullardan biri sug‘urtalash usulidir. Bu holda korxona qaltislikni bir qismini sug‘urta kompaniyasi zimmasiga o‘tkazadi. Sug‘urta kompaniyasi korxona ko‘rgan zararni bir qismini to‘lab beradi.

    6. O‘z o‘zini sug‘urta qilish. Buning uchun zararlarni qoplash uchun korxona o‘zining sug‘urta fondini tashkil etadi.

    Misol


    Korxona qaltislik darajasini aniqlab uni foizlarda quyidagicha baholadi deylik.
    Vaqtni yo‘qotilishi – 15% Mulkni yo‘qotish qaltisligi – 50% Pul bilan bog‘liq qaltislik – 40%
    Ishchi kuchi bilan bog‘liq qaltislik – 10% Sog‘likni saqlash bilan bog‘liq qaltislik – 8%
    Korxonaning ishonchini yo‘qotish bilan bog‘liq qaltisliklar – 60% Transport qaltisliklari – 15%
    Fors major bilan bog‘liq qaltisliklar – 40%

    Download 47,74 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 47,74 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    14-mavzu: investitsiya loyihalarida noaniqlik va qaltislikni tahlili

    Download 47,74 Kb.