1-topshiriq: Keys
Talaba o‘qituvchiga shunday dedi: «Mashg‘ulotlarda
aytayotgan
fikrlaringiz va himoya qilayotgan g‘oyalaringiz menga yoqmaydi. Menga
an’anaviy ta’lim usullari ko‘proq ma’qul. Men
interfaol metodlarda dars
o‘tishingiz biror natijaga olib kelishi mumkin, deb hisoblamayman. Talabalar
baribir o‘qimaydi».
Bu vaziyatda siz talabaga qanday javob qaytargan bo‘lar edingiz?
Javob variantlari:
a)
«Bu juda yomon»;
b)
«Siz balki ularning mohiyatini tushunmasangiz kerak?»;
s) «Men 5eying mashg‘ulotlar davomida sizning fikringiz o‘zgaradi, deb
ishonaman»;
d)
«O‘qimaydigan emas, o‘qishni xohlamaydigan talabalar bo‘ladi».
2-topshiriq: Matn tanlab oling, matn tarkibidagi
gaplarni morfologik hamda
sintaktik tahlil qiling.
Namuna:
Ishini yaxshi bajargan odam ipak qurti kabidir. Bir kuni o'rgimchak ipak qurtiga
bunday dedi:- Birodarim ipak qurt, ozgina pilla o'rash
uchun necha kun
tinmaysan. Men bo'lsam, bir devorni bir necha soatda o'rab tashlayman
.Ipak
qurti unga:-To'g'ri, o'rgimchak qardosh, sen qisqa vaqtda ishni bitira olasan,
ammo qilgan ishingning birovga foydasi tegmaydi. Vaqting zoye ketadi, vaqt
qadrini bilasanmi o'zi? Men sekin, shoshilmay ishlayman, ammo tolamdan ajib,
go'zal, betimsol matolar to'qiladi. Buni sen tasavvur qila olmaysan. Ipagim
ajoyib ishlarga qodir, insonlar mening mahsulimdan ko'p foyda ko'radilar. Oz
ish qilaman, ammo ishimni puxta, toza qilaman. O'z san'atimni yaxshi ishlata
bilaman
. Ishimni shunday puxta qilganimdan baxtiyorman.
Ishini yaxshi
bajargan, san'atini yaxshi qo'llaganlarni Olloh sevadi. Payg'ambarimiz sevadi.
Insonlar ham juda sevadilar, duo qiladilar.
Mana shuning uchun men juda
baxtiyorman
va
saodatmandman.
Ishimni,
vazifamni
yaxshi
bajaraveraman. Vaqtni bekor
o'tkazmayman, — deb javob berdi.