|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi
|
bet | 1/8 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 54,7 Kb. | | #109651 |
Bog'liq Buxoro davlat universiteti
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI
5111700-BOSHLANG’ICH TA’LIM YOʻNALISHI
9-1 BTUIM-19 GURUH TALABASI
Sobirova Mushtariybonuning
“ONA TILI O’QITISH METODIKASI”
FANIDAN
“Ona tili darslarida o’quvchilar nutqini oshirish”
MAVZUSIDAGI
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: Qodirova S.A
BUXORO-2021
Reja
Kirish
I B O B ONA TILI DARSLARIDA NUTQ O’STIRISH TAMOYILLARI
1. Ona tili darslarida nutq o’stirish tamoyillari
1.1. Ona tili darslarida nutq o’stirish tamoyillari haqida
1.2. Olmosh so’z turkumini o’rgatish jarayonida nutq o’stirish
1.3. Yordamchi so’zlarni o’rgatish jarayonida nutq o’stirish
II BOB FE’L SO’Z TURKUMINI VA SO’Z GAPLARNI O’RGATISHDA NUTQ O’STIRISH
2.Fe’l so’z turkumini va so’z - gaplarni o’rgatishda nutq o’stirish
va interfaol uslublar va pedagogik texnologiyalarni qo’llash
2.1. Fe’l mayllarini o’rgatish jarayonida nutq o’stirish
2.2. Zamon shakllarini o’rgatish jarayonida nutq o’stirish
2.3. So’z gaplarni o’rgatish jarayonida nutq o’stirish
Xulosa
K I R I S H
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. “Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo’lmish ilmuma’rifat, ta’lim va tarbiya inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan” deganida ham ta’lim va tarbiyaning inson ma’naviyatidagi o’rniga to’xtalgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Ayniqsa, umumta’lim maktablari o’quvchilarining ma’naviyat kamolotini o’stirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatishda, nutq o’stirish va noannanaviy dars o’tishning o’rni beqiyosdir. Badiiy asarlarni, she’riyatni, hikoya, roman va maqolalarni hamda matnlardagi so’zlarni tahlil qilish, shu asosda matndagi so’zlarning o’z o’rnida qo’llanishini aniqlash va belgilab borish o’qituvchidan katta bilim va salohiyatni talab etadi. Ishni tahlil qilish jarayonida biz darsliklardagi, badiiy asarlardagi, gazeta va jurnallardagi hamda she’riyatdagi matnlarni tahlil qilib, ularga ma’no va mazmun bag’ishlagan narsa so’zlar ekanligini ko’rsatishga harakat qildik. Biz ko’pgina misollarda so’zlardan va interfaol uslublar va pedagogik texnologiyalardan foydalanishni ham nazariy ham amaliy jihatdan yoritdik. Chunki har bir inson, ayniqsa, talaba va o’quvchilar shaxsning ismini, predmetning nomini (ot so’z turkumi orqali), rangini va sifatini (sifat so’z turkumi), sonini va sanog’ini (son so’z turkumi orqali), harakarini va holatini (fe’l so’z turkumi orqali) aniqlaydi. Shuningdek, gapda ravish, olmosh hamda yordamchi so’z turkumlarining o’z va muhim o’rni bor. Bular esa nutq o’stirishda bevosita ishtirok etadi. Bu esa ishimizning dolzarbligini belgilaydi. Ishning maqsad va vazifalari. Leksikologiya so’zlarni o’rganuvchi alohida bo’limdir. So’zlar va ularning ma’nolari imlo va izohli lo’g’atlarda aks etadi. So’zlarni yaxshi bilgan o’quvchi o’z nutqida undan keng va samarali foydalanadi. Morfologiya so’zlarning grammatik ma’nolarini ifodalovchi grammatik shakllarni o’rganuvchi bo’limdir. Morfologiya atamasi grekcha morfe (shakl) va logos (so’z, fan) so’zlaridan paydo bo’lgan. Hozirgi o’zbek adabiy tilini mustaqil va yordamchi so’z turkumlarisiz tasavvur qilish mumkin emas: so’z turkumlari milliy tilning tarkibi va uzviy qismi hisoblanadi. Ot so’z turkumi narsa-buyum, shaxslarni yoki joy nomlarini bildiradigan so’ zlardan iborat bo’lsa, sifat so’z turkumi predmetning belgisini bildiradi. Sonning nomini, narsa-buyumning son-sanog’ini, tartibini son so’z turkumi bildirsa, gap ichida ot, sifat, son, ravish, ba’zan so’z birikmasi gap o’rnida qo’llana oladigan, aniq lug’aviy ma’noga ega bo’lmagan so’zlar olmosh orqali ifodalansa, predmetning harakatini fe’l orqali bilib olinsa, ish-harakat va holatning belgisini ravish orqali aniqlanadi. Shuningdek, gaplarni, badiiy asarni hamda she’rlarni yordamchi so’z turkumlari: ko’makchi, bog’lovchi va yuklamasiz tasavvur etib bo’lmaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi
|